Islom dinida vatanparvarlik g'oyalarining talqini reja: Vatan va vatanparvarlik tushunchalari. Vatanni ona kabi ulug’lab “Ona Vatan” deyilishining mohiyati
Download 21.29 Kb.
|
1 2
Bog'liqISLOM DINIDA VATANPARVARLIK G\'OYALARINING TALQINI
ISLOM DINIDA VATANPARVARLIK G'OYALARINING TALQINI Reja: 1. Vatan va vatanparvarlik tushunchalari. Vatanni ona kabi ulug’lab “Ona Vatan” deyilishining mohiyati. 2. Insonning o’zini-o’zi anglashi insonparvarlikning ma’naviy mezoni vatan ravnaqi xalq farovonligi masalalari. 3. Iymon, adolat, e’tiqod tushunchalari. Yoshlar dunyoqarashlari va hatti-harakatlarida inson fazilatlarining ahamiyati. I. Yuksak ma’naviyatning yetakchi, asosiy tarkibiy qismlaridan biri bu – vatanparvarlikdir. Shu bois vatanparvarlik tushunchasiga turli tomondan yondashadilar va talqin qiladilar. Bizningcha, vatanparvarlik deganda, insonning o’z ona yurtini qadrlab shu ona yurt uchun, uning qanday sohasi bo’lmasin o’z kuchi va g’ayratini ayamasdan sarflashidir. Bu ta’rifda vatanparvarlikning barcha qirralari qamrab olinmasa ham, ammo vatanni qadrlash so’zining o’ziga keng ma’noda yondashilsa ta’rif to’g’ri tushuniladi. Vatanparvarlik tushunchasini yanada kengroq tushunish uchun Furqat, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Abdulla Avloniy, Usmon Nosir, Hamid Olimjon, G’afur G’ulom, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov asarlarini mukammal o’rganish lozimdir. Vatanparvarlik insonning qon-qoniga singgan bo’lishi lozim. Shu o’rinda I.A.Karimovning: “Yurtga, Vatanga muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdir. Ana shu noyob azaliy fazilatlarni asrab-avaylash va yanada takomillashtirish farzandlarimizni ozod va demokratik O’zbekistonning munosib o’g’il-qizlari etib tarbiyalash masalasi ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning asosiy yo’nalishini tashkil etmog’i kerak”, -degan so’zlari o’rinlidir. Har bir insonning o’z vatani bo’lgandagina u haqiqiy vatanparvar bo’la oladi. Vatanparvarlik, o’zi tug’ilib o’sgan yurtini, yerini, elinie’zozlash, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy taraqqiyoti haqida qayg’urish, g’amxo’rlik qilish, taraqqiyotga o’zining munosib hissasini qo’shish, o’z davlati, mamlakatining mustaqilligini saqlash uchun jon kuydirishi va kerak bo’lganda unga o’z hayotini bag’ishlashidir. Vatanparvarlik Vatan so’zi bilan chambarchas bog’langan bo’lib, Vatan, ana shu vatanparvarlikni paydo qiladi. Vatan so’zi arabcha so’z bo’lib, “ona yurt” ma’nosini bildiradi. Bu tushunchani ikki-keng va tor ma’nolarda tushunish mumkin. Kishi tug’ilib o’sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma’noda tushunishdir. Agar, bir xalq vakillari doimiy holda yashagan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, uni keng ma’noda tushuniladi. Vatanparvar bo’lish bu – vatanni sevish, xalqiga munosib ish qilish, o’z vatanituprog’ini e’zozlash, qadriga yetish demakdir. Sababi, Vatan har bir shaxsning o’tmishi va buguni, kelajagidir. O’z Vatani va millati oldidagi burchini anglab yetish har bir shaxsning oliy maqsadi bo’lishi zarur. Avvalo, shu shaxs o’z Vatanining bir bo’lagi ekanini his etishi, bu bilan faxrlanishi lozim. Vatanda kamol topganligini unutmasligi, o’z o’rnida aynan Vatan undan mehr va oqibat kutajagini esda saqlashi tabiiy holda bo’lishi kerak. Shunday qilingandagina shaxs baxt-saodatga erishishi mumkin. Prezident Karimov.I.A. “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat” nomli asarida: “O’zbekistonning har bir asl farzandi o’zini ota yurtining ajralmas bo’lagi deb his etayapti va bundan faxranyapti. Istiqlol bergan eng katta boyliklardan biri ana shu desak yanglishmagan bo’lamiz”, - deb yozgan edi. Ha vatanparvarlik mustaqillik bilan chambarchas bog’langandir. Bular bir-birini to’ldirsagina shaxs ma’naviyati yetuk hisoblanadi. Ma’naviyat, xulqni yaxshilash va yuksak darajaga ko’tarish Vatan tuyg’usini mustahkamlash bilan hamohangdir. Zero, Vatan va xalq oldidagi vazifani anglash yuksak ma’naviyat belgisidir. Darhaqiqat, ma’naviyat va ma’rifatda kuch-qudrat mujassamlashgan. Ma’naviy jihatdan yetuk bo’lmagan shaxs o’z Vatanining nima ekanini anglab yetmaydi. Ushbu jihatni anglamagan shaxs, o’zini ham anglamaydi. Vatanparvarlik inson ma’naviyati bilan bog’langan. Sababi ma’naviyat ham o’z tarixiga ega. U tarixiy madaniyatimizga, merosimizga borib taqaladiki, birinchi navbatda mazkur jarayonni ham unutmasligimiz lozim. “Ma’naviyat o’z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Хotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, o’ztarixini bilmgan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi”. Demak, vatanparvarlik ma’naviy xislatlar bilan bir butunning ikki qismidir. Insonparvarlik tushunchasi ham keng qamrovli tushunchadir. Insonparvarlik– bu insonga bo’lgan mehr-oqibat, sadoqat, samimiyatdir. Insonparvarlik tushunchasida juda ko’plab tushunchalar o’z ifodasini topadi. Bu tushunchalarga misol qilib insoflilik, iymon-e’tiqod, ishonch, mehmondo’stlik, hurmat-izzat, odillik, adolatparvarlik, saxiylik, sabr-toqatlilik, o’zi va o’zgalarni tushunish, sadoqatlilik, mehnatsevarlik, sidqidillik kabilarni olish mumkin. Binobarin, bu tushunchalar insonparvarlikning shakllanishida muhim omillardandir. Insonlar o’rtasida adolat va tinchlikni ta’minlash ham vatanparvarlik va insonparvarlikdir. O’z navbatida bu jarayonlar insonlarning ma’naviy va ma’rifiy axloqiy holatlariga ta’sir etadi. Shu bilan birga bu, yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim bir vositasidir. Insonparvarlik normalari va burchlarining buzilishi o’zaro tenglikka salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ma’naviy tarbiyani izdan chiqaradi. Insonparvarlik insoniyat tarixida hayot tajribasiga ega bo’lgan buyuk shaxslar, sarkardalar, allomalar tomonidan o’rtaga qo’yilgan va targ’ib qilingan. Ayniqsa, diniy kitoblarda insonparvarlikka katta e’tibor qaratilgan. Insonparvarlik g’oyalarini mukammal o’rtaga qo’ygan dinlardan biri Islom dinidir. “Qur’oni Karim” va hadislarda aytilgan ko’plab hikmatlar ushbu fikrimizni tasdiqlaydi. Insonparvarlik insonlarning o’zaro hurmatida, bir-birini qadrlashida, mehr-oqibatli bo’lishida, ko’maklashishida, hamdardligida, qayg’uga sherik bo’lishida ko’rinadi. Insonparvar bo’lgan shaxs Vatan tuyg’usini o’zida mujassamlashtirgan bo’ladi. U Vatandek ulug’ ne’mat yo’qligini boshqalardan ko’proq tushunib yetgan bo’ladi. Vatan tuprog’i lazzatdir. Shu sababli ham insonparvar bo’lgan shaxs o’z manfaatlaridan Vatan manfaatini ustun qo’yadi. Shu manfaat bilan yashaydi, ijod qiladi. U o’z ijodidan boshqalarni bahramand qiladi. U o’z ijodidan boshqalarni bahramand qiladi, o’zi esa qanoatli, ya’ni sabr toqatli bo’ladi. II. O’z-o’zini anglash – bu o’z Vatani va shu Vatanda yashagan xalqning, millatning o’tmishi, uning madaniyati, urf-odati, hamda qadriyatlarini bilishi demakdir. O’z-o’zini anglash bu – o’z xalqining azaldan jahon hamjamiyati taraqqiyotiga qo’shgan hissasini anglashdir. O’z-o’zini anglash bu – o’tgan ajdodlar tarixini mukammal bilish, ularning ruhlari hurmatini o’rniga qo’yish demakdir. Milliy o’z-o’zlikni anglash natijasida o’z mamlakati taraqqiyotini belgilash, uning mustaqilligi uchun kurashning namunasini beradi. O’z-o’zini anglash kelajakda o’z taqdirini o’zi belgilash uchun foydalaniladi, u mas’uliyatini oshiradi. Ajdodlar fidoyiligi, jonkuyarligidan xulosalar qilinadi. O’z-o’zini anglash shunday bir noyob jarayonki, uning mohiyatiga yetish insonda bitmas-tuganmas mehr-muhabbat, shafqat, umumiy insonparvarlikni shakllantiradi. Insonlarda milliy anglash bo’lmasa, milliy manfaatlarni tushunish qiyin. Qachonki, milliy anglash yuksak bo’lgandagina kerakli vaqtda, ya’ni o’z millatining qadr-qimmatini pasaytirayotgan hodisa va harakatlar bo’lsa, uning ma’naviy va moddiy boyligiga zarar keltirsa, g’ururi poymol etilaversa, o’shanda birlashish, himoya qilish namoyon bo’ladi.Milliy istiqlol g’oyasini tushunib yetish ham talabaning burchidir. Ammo, burch elementlarini, mas’uliyat jarayonlarining shakllanishini talabaning shaxsiy ishidir, deb qo’yish ham o’rinsizdir. Kundalik faoliyatda har bir o’qituvchi tomonidan bu burch va mas’uliyatlar ma’lum imkoniyatlar topib”Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” darsining ongiga singdirilishi lozim. Fuqaroning shaxs sifatida shakllanishiga yordam beradigan omillar turlichadir. Bular quyidagilardan iborat: · fuqarolarga qonuniy hujjat va me’yorlarni “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” doirasida o’rgatish; · urf-odatlar, qadriyatlar, allomalar fikrlarini tushunarli qilib singdirib borish; · milliy burch tafakkurining dunyoviy burch tafakkuri bilan bog’liqligini uqdirish; · burch va mas’uliyat haqida referat mavzularini tayyorlash hamda tegishli paytda fuqarolarga tarqatish, ulardan shu sohada referat yozishni talab qilish; · jamiyat tarixida fuqarolar burchi va mas’uliyatlarini solishtirgan holda, ularni o’zgaruvchanligiga diqqatni tortish; · burch va mas’uliyatning milliy istiqlol g’oyasini shakllanishi va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini eslata borish; · shaxsiy manfaat bilan jamoat manfaatlarining mushtarakligi haqida suhbatlar o’tkazish, shu sohada yozilgan asarlar, yaratilgan filmlar tavsiya etish va boshqalar. III. “Iymon” arabcha so’z bo’lib, uning lug’aviy ma’nosi “ishonch” demakdir. Iymon mo’min musulmon kishi tomonidan islom dinidagi 5 farzdan birinchisini aql bilan idrok etishi demakdir. Shu bilan bir qatorda muqaddas kitob Qur’oni Karim, Hadisi shariflar orqali Olloh to’g’risidagi barcha-barcha vahiylarni, payg’ambarimiz orqali bandalariga yetkazilganiga ishonish, ham ishonch-iymondir. E’tiqodli, iymonli bo’lish uchun inson turli ijobiy jihatlarni o’zida mujassamlashtrib ongli ravishda anglab yetsa, u insonni e’tiqodli deb e’tirof etadi. E’tiqod – bu o’z fikr va qarashlariga ega bo’lgan va biror sohaga hamda kishilarga nisbatan hurmatsizlik qilmasdan, ularni ham o’zidek bilib, ularga qat’iy rioya qiladigan kishilar fazilatidir.E’tiqod, harakat qilish, tanlagan yo’lida faoliyat ko’rsatib o’z g’ayratliligini hayotda ko’rsatishidir. Insonlarda haqiqiy iroda, oliy fazilatlar: e’tiqod, iqror va amal o’zaro bog’langanda, u kelajakka aql ko’zgusi bilan boqadi. Davlatiga, xalqiga mehr-muhabbat bilan qaraydi, kerak bo’lsa, jonini ham fido qiladi. Kelajakka ishonch, iymon, e’tiqod, diyonat mehr-shafqatli bo’lishga bog’liq. Aslida “Iymon alohida bir fazilat emas, balki insonga xos bo’lgan yetuk ma’naviyat normalarining muayyan tizimidir. Iymonli odam komil inson bo’ladi. Demak, iymon komil insoniylikni ifodalovchi barcha fazilatlarni o’z ichiga oladi:. Masalan, bordi-yu, bir kishi ikkinchi bir kishidan biror narsa bilan qarzdor bo'lib qolgan bo'lsa, bu qarzni qaytarib olish shariatda ikkinchi kishining huquqi hisoblanadi va shu ikkinchi kishi o'zining qarzini qaytarib olish huquqidan foydalanishi mumkin bo'ladi. Qarz olgan kishining uni qaytarib berishi esa, uning huquqi hisoblanmaydi. Shunga ko'ra, islomda va uning manbalarida insonning huquqlari uning haqi misolida berilganligini ko‟ramiz. Jumladan, Imom Buxoriy farzandlar ota-onalarini rozi qilish huquqiga ega ekanligini quyidagi bir hadisda shunday bayon qiladi: “Kim ota-onasini rozi qilsa, unga tubo (jannat) nasib bo‟lib, Alloh Taolo uning umrini ham ziyoda qiladi”. Bunda farzandning ota-onasini rozi qilishi kerakligi Alloh nomi bilan har bir insonning u foydalanishi mumkin bo„lgan huquqi ekanligi nazarda tutilgan. Inson huquqlari va uni himoya qilish masalasi at-Termiziy qarashlarida ham o‟zining chuqur ifodasini topganligini ko„ramiz. Ulzot to„plagan ko'pchilik hadislarda hamda Muhammad payg„ambar alayhissalomning siyratlari madh etilgan asarlarida janob Rasulullohning inson huquqlarini himoya qilish borasida qilgan amallari va yo‟l-yo„riqlari to„g‟risida qimmatli fikrlar bayon qihnadi. Chunonchi, At-Termiziy tomonidan yozilgan “Ash-shamoyil an-nabaviya” (Payg„ambaming alohida fazilatlari) asarida Rasulullohning inson huquqini himoya qilish borasidagi amallaridan biri quyidagicha ta‟riflab beriladi: “Muhammad payg„ambarimiz (s.a.v.)...qachon bir kishining haqiga tajovuz qilinsa, ul holda g'azablarini hech bir narsa bosolmas erdi. Andin intiqom olmay qo„ymas erdilar”. Imom Buxoriy, at-Termiziy va boshqa ko„plab hadis ilmining fidoyilari inson, uning sha‟ni, obro„ va martabasi muqaddas ekanligini, uning haq-huquqlari Alloh taolo va uning rasuli Muhammad payg„ambar (s.a.v.) tomonidan shariat yo„li bilan himoya qilinishi zarurligi haqida ta'lim berganlar. Bu mutafakkirlaming har biri o„zlarining butun hayotini hadis ilmini o‟rganishga bag„ishlash bilan birga, m o'min musulmonlami birovga zulm o„tkazmaslikka, birovning haqini yemaslikka, birovning haqhuquqlari poymol etilishiga yo‟l qo„ymaslikka undab keldilar.Hadisi Shariflarda insonning qadrqimmatini kamsitishga y o i qo„ymaslik, uning sha‟ni va obro„siga tajovuz qilmaslik, har kimning sir saqlashi, erkin fikr yuritishi, erkin so‟zlashishi singari shaxsiy huquqlari bilan birga, uning mulkka ega bo'lishi, turar joyli bo'lishi va uning daxlsizligi singari turli xildagi ijtimoiy huquqlari ham shariat talablariga va qonunlariga muvofiq tarzda himoya qilinishi zarurligi o 'z ifodasini topgan. Masalan, insonning sir saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligini Imom Buxoriy, Muhammad payg'am barning xotinlari Oysha ona qizlari Fotimadan “janob Rasululloh senga qanday sir aytdilar?” deb so'raganlarida Fotima “o 'z onalariga otalari aytgan gapni oshkor qilmasliklarini aytdilar”, degan hadisni keltiradi4.Imom Buxoriy, at-Termiziy, al-Mavraziy, alBarakatiy, an-Nasafiy va boshqa ko'plab hadisnavis allomalar to'plagan hadislarda ham insonning huquqlari va ulami himoya qilishning zarurligi bilan bog'liq masalalar haqida muhim m a‟lumotlar keltiriladi. Inson huquqlari masalasining hadislarda berilishi bejiz emas. Chunki, islom dinida insonning sha‟ni, qadr-qimmati yuksak darajaga ko'tarilgan bo'lib, uni tahqirlashga qaratilgan har qanday urinish qoralanadi. Islomda barcha m o'm in-m usulm onlar Allohning bandalari ekanligi va ular Alloh taolo oldida teng huquqqa ega ekanligi, Alloh taolo o 'z bandalarini ularning qilmishlariga yarasha himoya qilib turishi to'g 'risid a muhim g'oyalar ilgari suriladi. Islomda Alloh taolo har bir m o'm inning haq-huquqini kamsitmaslik va uni oshirib ham yubormaslikni buyurishi haqida muhim ma‟lumotlar beriladi. Ulamolaming ta‟biriga qaraganda, islomda insonning haq-huquqlari o'nta bo'lib, ular: 1. Alloh taoloning haq-huquqlari; 2. Payg'am bar alayhissalomning haq-huquqlari; 3. Ota-onaning haq-huquqlari; 4. Farzandlaming ota-onalardagi haq-huquqlari; 5. Qarindosh-urug'laming haq-huquqlari; 6. Er-xotinning haq-huquqlari; 7. Hokimiyat va raiyatning haq-huquqlari; 8. Q o'shnining haq-huquqlari; 9. Musulmonlaming haq-huquqlari; 10. G 'ayridin xalqlaming haq-huquqlaridan iborat. Bu haq-huquqlarda insonning jam iyatdagi huquq va burchlari islom va shariat qonunqoidalari asosida ko'rsatib beriladiki, ulardan foydalanishda har bir inson to 'la erkinlikka egadir. Bunday erkinlik insonlarga Alloh taolo tomonidan berilgan bo'lib, uni tahqirlashga qaratilgan har qanday urinish inson huquqlarini kamsitishdan boshqa narsa emas.Islom ulamolari tomonidan tasn if qilingan haq-huquqlar orasida eng muqaddasi - bu Alloh taoloning haq-huquqlaridir. Alloh taolo tomonidan insonlaming tinch va osoyishta hayot kechirishlari, ularning o'ziga va birbirlariga yaxshi munosabatda bo'lishlari, hech kimning haq-huquqini kamsitish mumkin emasligi to'g'risidagi vahiylari Q ur‟oni Karim oyatlari orqali nozil qilingan. Musulmonchilik haq-huquqlari orasida Payg'am bar alayhissalomning haq-huquqlari ham Alloh taolo haq-huquqlaridan keyingi oliy haq-huquq hisoblanadi. Chunki, payg„ambarimizning barcha amallari va pand- nasihatlari, ul zotning yo'riqlari insonning haq-huquqlarini hurmat qilish va uni kamsitishga yo‟l qo'ym aslikdan iborat. Inson huquqlari masalasi islomda shuhrat qozongan tasavvuf ilmining asosini tashkil etadi. limning bu turi Sharqda keng tarqalgan bo‟lib, 0‟rta Osiyoda uning vujudga kelishi va rivojlanishiga Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G‟ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, X o„ja Ahror singari buyuk siymolar katta hissa qo„shdilar. Ulaming ta ‟limoti islomda tariqat (Tariqat islomda y o‟l-yo„riq, yo„nalish degan m a‟nolami anglatadi) deb atalib, bu tariqatlarda falsafiy, diniy-axloqiy, huquqiy masalalar to‟g‟risidagi muhim g‟oyalar ilgari suriladi. Bu tariqatlardagi g'oyalar uzoq yillardan buyon insonning jamiyatdagi o 'z haq-huquqlarini anglab olishlarida va uni himoya qilishlarida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Yassaviy, G'ijduvoniy, Naqshbandiy tariqatlarida insonning shaxsiy va ijtimoiy huquqlari masalasi insonning Alloh taolo va uning rasuli Muhammad alayhissalom oldidagi tengligi misolida bayon qilinadi. Islom tariqatlarida har bir kishining dinga e ‟tiqod qilishi, uning foydali mehnat bilan shug„ullanishi, ilm olishi, aybsiz jazolanmasligi, qiynoqqa solinmasligi singari masalalar b o„yicha ilgari surilgan g‟oyalar muhim ahamiyatga egadir. Alisher Navoiy o'zining “Nasoyim ul-muhabbat” asarida m o'm in- m usulmonlaming dinga e ‟tiqod qilish huquqiga ega ekanligi to‟g‟risida Naqshbandiya tariqatida berilgan fikrlarga yuqori baho beradi. Uning yozishicha, Bahouddin Naqshband islom shariatiga va uning talablariga rioya qilish ixtiyoriy ekanligini qayd qiladi va bu talablarning ijrosida insonning qadrqimmati kamsitilishiga yo‟l qo„yib bo'lm asligi zarurligini ta ‟kidlaydi. Tasavvuf ilmida bir qancha yo'nalish bo„lib, ularning islomda birmuncha keng tarqalgan yo„nalishlaridan biri Naqshbandiya tariqatidir. Unda ilgari surilgan “dil ba yom dast ba kor” (dil - Allohda, qo„l - ishda) mavzusidagi g‟oya insonni mehnat qilishga undash bilan birga, uning mehnat qilish huquqiga ega ekanligini ham bildiradi. Haqiqatan ham, Naqshbandiya ta‟limotiga amal qilgan kishilar halol mehnat bilan kun kechirish, Allohning marhamatlaridan bahramand bo‟lish, o‟z oilasini obod qilish, savdosotiq bilan shug„ullanish va boshqa shular singari shaxsiy va ijtimoiy huquqlardan foydalanishga harakat qilganlar. Tasavvuf ilmida musulmonlik haq-huquqlariga doir masalalar o'zining chuqur ifodasini topgan. Alloh oldida barchaning tengligi g‟oyasi tasavvuf ilmining asosini tashkil qilganligi uchun ham unda Alloh taolo va uning rasuli Muhammad alayhissalomning haq-huquqlari juda keng va chuqur ifodalab berilgan. Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar”, Abduxoliq G‟ijduvoniyning “Vasiyatnoma”, Imom G‟azzoliyning “Oxiratnoma” asarlarida inson zoti Alloh buyurgan amallami bajarish bilan uning oldidagi o‟z haqini ado etishi, Alloh va uning payg„ambari Muhammad alayhissalomning inobati bilan berilgan shariat huquqlaridan foydalanishi va shu yo‟l bilan har bir m o„min komil inson bo‟lib hayot kechirishi mumkinligi to‟g‟risida qimmatli flkrlar yozilgan. Shuningdek, ulaming asarlarida ota-onalaming, farzandlaming, qarindosh-um g„laming, em xotinning, davlat rahbarlari va raiyatning, qo'shnilarning haq-huquqlari o‟zining aniq ifodasini topgan. Insonning erkin bo„lishi g‟oyasi Tasavvuf ilmining asosini tashkil etadi. Chunki, tasaw u fd a insonning xatti-harakatlari, uning jam iyatdagi mavqei qanday bo„lishi mumkinligi Alloh taoloning irodasiga bog'liq ekanligi bilan asoslab beriladi. Har bir insonning Alloh taolo visoliga yetishi g'oyasi Tasavvuf ilmida uning insonga xos bo'lgan haq-huquqlaridan biri sifatida qaraladi. Bu huquq islomda shariat talablariga asoslangan bo'lib, unga to'sqinlik qilish Alloh taologa shak keltirish bilan barobardir. Shuning uchun ham, Tasavvuf ilmining namoyandalari o'zlarining asarlarida musulmonlik haq-huquqlari orasida insonning Alloh taologa iymon keltirishi zarurligini ta‟kidlaydilar. Download 21.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling