Diqqatni ishga jamlashning 15 uslubi xabardor uz/diqqatni-ishga-jamlashning-15-uslubi


Download 370.56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.12.2023
Hajmi370.56 Kb.
#1799598
Bog'liq
Diqqatni ishga jamlashning 15 uslubi



20.02.2020
Diqqatni ishga jamlashning 15 uslubi
xabardor.uz/diqqatni-ishga-jamlashning-15-uslubi
1/5
Diqqatni ishga jamlashning 15 uslubi
Ba'zida ishda diqqatni jamlash qiyin bo‘ladi. Doimiy ravishda ijtimoiy
tarmoqlar yoki hamkasblar bilan suhbatga chalg‘iymiz. Vazifani maksimal
darajada tez va sifatli bajarish kerak bo‘lgan vaqtlar ham bo‘ladi. 
Sizlar uchun diqqatni ishga jamlashning 15 ta g‘aroyib usulini topdik,
ularning samaradorligi ilmiy tadqiqotlar bilan isbotlangan.
1. Bajarilayotgan vazifalar miqdorini kamaytirish. Michigan
universiteti olimlari tadqiqotlar davomida shunday xulosaga keldilar,
inson miyasi bir vaqtning o‘zida ikkitadan ortiq bo‘lmagan vazifani
bajarganidagina samarali ravishda ishlaydi.
2. Biroz meditatsiya qiling. Diqqatni ishga qaratishning yana bir usuli
– meditatsiya qilish. Olimlar fikriga ko‘ra, har kungi meditatsiya miya ish
faoliyatini yaxshilab, diqqatni jamlash xususiyatini oshiradi.


20.02.2020
Diqqatni ishga jamlashning 15 uslubi
xabardor.uz/diqqatni-ishga-jamlashning-15-uslubi
2/5
3. Sport bilan shug‘ullanish. Garvard tibbiyot maktabi olimlari
jismoniy mashqlar “miyaning neyrotrofik omili” (BDNF) deb ataladigan
oqsil ishlab chiqarilishiga ta'sir ko‘rsatishini aniqlashdi, u xotira va
e'tiborlilikni yaxshilaydi. Muvaffaqiyatning bosh kaliti - mashqlarni
doimiy ravishda bajarishda.
4. Ishlar ro‘yxati muhim vazifalar to‘g‘risida unutib
qo‘ymasligingizga yordam beradi. Olimlar bergan ma'lumotlarga
ko‘ra, biz oxiriga yetkazilmagan ishlarni yaxshi eslab qolamiz va ish
vaqtida ularga ko‘p marotaba chalg‘iymiz. Ro‘yxat esa joriy vaqt davomida
haqiqatan ham muhim bo‘lgan ishga diqqatni qaratishga yordam beradi.
5. Bir finjon qahva. AQSh milliy biotexnologiya ma'lumotlar markazi
tadqiqotlariga ko‘ra, kam dozadagi kofein charchagan vaqtingizda
e'tiboringizni jamlab olishga yordam beradi.
6. Kichik tanaffuslar. Illinoys shtati universiteti olimlarining
xulosasiga ko‘ra, dam olish uchun ajratilgan qisqa tanaffuslar kun
davomida quvvatni tejashga yordam berishi mumkin. Olimlar bunday
xulosaga bir necha tajribalarni amalga oshirganlaridan keyin kelganlar,


20.02.2020
Diqqatni ishga jamlashning 15 uslubi
xabardor.uz/diqqatni-ishga-jamlashning-15-uslubi
3/5
ya'ni unda bir guruh odamlar kompyuterda tanaffus bilan ishlaganlar,
boshqa guruhga esa bunday dam olish vaqtlari ajratilmagan.
7. Ishdan to‘laqonli dam olish. Ishdan ketayotib, qolib ketgan ishlarni
“unutish” va dam olish tavsiya etiladi. Bunday yo‘l tutsangiz, ofisga
qaytganingizda vazifaga yangicha ko‘z bilan qaray olasiz va tezroq yangi
yechim topishga muvaffaq bo‘lasiz.
8. Vazifachalarni hal etish. Mazkur usulni universal deb bo‘lmaydi,
biroq tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ba'zilar “miya uchun mashqlardan”
foyda oladilar.
9. Sukunat. Seton-Xill unversiteti tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, inson
organizmi shovqinga ko‘nika olmaydi. Shovqin qanchalik ko‘p bo‘lsa,
organizmda shuncha ko‘p kortizol ishlab chiqariladi, bu gormon esa
zo‘riqishlar vaqtida ajraladi.
10. «20/20/20» qoidasi. Shifokorlar doimiy ravishda kompyuterda
ishlaydiganlarga har 20 daqiqada uzoqligi 20 fut (6 metrga yaqin) nuqtaga
20 soniya davomida tikilib turishni maslahat beradilar. Bu ko‘rish bilan


20.02.2020
Diqqatni ishga jamlashning 15 uslubi
xabardor.uz/diqqatni-ishga-jamlashning-15-uslubi
4/5
bog‘liq bo‘lgan muammolarni chetlab o‘tishga yordam beribgina qolmay,
ishga diqqatni jamlashda ham qo‘l keladi.
11. Tiniqib uxlash. Parishonlik - doimiy ravishda miriqib uxlamaslik
oqibatlaridan biridir. Tiniqib uxlash zo‘riqishlarga chidamlilik va xotira
darajasini oshiradi.
12. “Offlayn” ishlash. Ba'zida ish vaqtida internetni o‘chirib qo‘ying. Bu
sizni chalg‘itayotgan omillarni kamaytirish va joriy vazifalarga diqqatni
qaratishga yordam beradi.
13. Ish joyini tez-tez o‘zgartirish, olimlar fikriga ko‘ra, diqqatni
oshirish va samaradorlikka ijobiy ta'sir ko‘rsatmaydi. Biz ish joyi
bilan bog‘liq masalalarga chalg‘ishga majbur bo‘lamiz, bu esa kuchimizni
oladi.
14. Aniq belgilangan ish vaqti. Oldindan qaysi vaqtda qanday ish
bilan mashg‘ul bo‘lishingizni belgilab oling. Eng murakkab vazifalarni


20.02.2020
Diqqatni ishga jamlashning 15 uslubi
xabardor.uz/diqqatni-ishga-jamlashning-15-uslubi
5/5
kuch va g‘ayratingiz ko‘p bo‘lgan vaqtga ajrating va mazkur grafik bo‘yicha
ishlashga harakat qiling. 
15. Bekorchilik. Bunday dam olish vaqtni smarfonga sarflashdan ko‘ra
yaxshiroq. Biroq Garvard universiteti olimlari bu hammaga ham qo‘l
kelmasligini aytishgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, ko‘plab odamlar o‘zlarining
qisqa tanaffuslarida smartfon va gadjetlar bilan ovora bo‘lganlarida
samaraliroq bo‘lishgan.

Download 370.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling