1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja
Download 145.15 Kb.
|
Лекция текст узб СБ ушын
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Konfliktologiya»
Qarama-qarshilik deb esa, narsa, voqea-hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi tomonlari, kuchlarining o`zaro munosabatiga aytiladi.
Qarama-qarshiliklar o`rtasidagi munosabatni ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Ko`p hollarda ayniyat va tafovutning zidligi va ularning bir maxrajga kelishi, me`yoriy o`zgarishlar tufayli rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi. Taraqqiyot shu ma`noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo bo`lishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bo`lgan abadiy va azaliy murakkab jarayondir. Sobiq Ittifoqning mafkurasi darajasiga ko`tarilgan marksizmda asosan ziddiyatga ko`proq e`tibor berilar edi. U mutlaqlashtirilar va jamiyatga ko`chirilib, asosan, antogonistik ziddiyatlar to`g`risida gapirilar va ularning echilishi insoniyatni baxtli hayotga olib boradi, deya xayol qilinar edi. Holbuki, insoniyat paydo bo`libdiki, uning hayotida ayniyat va tafovut ham, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ham mavjud bo`lib kelmoqda. Odamzod ziddiyatlar kamroq bo`lgan, kishilarning xilma-xil intilish va maqsadlari, bir-biridan farq qiladigan g`oyalari uyg`unlashgan, barqarorlik ustuvor bo`lgan jamiyatni qurish uchun bosh qotirib kelmoqda.
Har bir ziddiyatning aniqlanishi, hal qilinishi o`zgarishga, yangilanishga, bir sifatdan ikkinchi sifatga, eskidan yangiga o`tishga sabab bo`ladi. Olam turli-tuman bo`lganligi uchun ziddiyatlar ham xilma-xildir. Masalan, ichki va tashqi ziddiyatlar, asosiy va asosiy bo`lmagan ziddiyatlar mavjud. Ular o`rtasida farq bo`lgani bilan birga, mutlaq chegara ham yo`q. Chunki amalda, hayotda ular bir-biriga o`tishi, birgalashib ketishi va taraqqiyotda turli xil o`rin tutishlari mumkin. Download 145.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling