1-Mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati. Reja


Falsafiy dunyoqarashning vazifalari (funkstiyalari)


Download 39.34 Kb.
bet11/13
Sana28.03.2023
Hajmi39.34 Kb.
#1303514
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-семинар фалсафа Microsoft Word (2)

Falsafiy dunyoqarashning vazifalari (funkstiyalari). Fal­safiy dunyoqarashning zikr etilgan tamoyillari, uning vazifalarini belgilab beradi. Ya’ni, bu vazifalar jamiyatning umumbashariy ruhdagi maqsad-muddaolaridan, manfaatlaridan kelib chiqadi hamda boshqa dunyoqarash shakllari uchun uslubiy ahamiyat kasb etadi. Dunyoqarash, avvalo insoniy munosabatlar ifodasidir. SHu nuqtai nazardan, u insonning borliqqa munosabatida, dastlab uning bahosi tarzida ko‘zga tashlanadi.
Bu - falsafiy dunyo qarashning baholash vazifasini anglatada. YA’ni, inson, o‘z ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib, narsa-hodisalarni: yaxshi-yomon, foydali-zararli, savob-gunoh, oriyat-benomuslik kabi qarama-qarshi mezonlarga ajratadi.
Inson narsa-hodisalarga baho berar ekan, buning zamirida uning ijtimoiy hayoti, ya’ni ongli munosabatlari yotadi. Bun­da inson yoki jamiyat munosabatlari dunyoqarashning o‘zi tayanadigan omillarga (ideallariga) moslantiriladi. Orzu-havaslarga erishishning usullari, vositalari, amaliy yo‘nalishlari belgilanadi.
Dunyoqarash inson faoliyatini axloqiy me’yor, diniy qadriyat, huquqiy hujjat va siyosiy mehanizmlar kabi usul-vositalar orqali boshqarish vazifasini ham ado etadi. Bunda falsafiy dunyoqarashning o‘zicha nisbatan mustaqil bo‘lgan har bir yo‘nalishi o‘ziga xos boshqarish usuliga ega bo‘ladi. Masalan, insonni ezgulikka yo‘naltirish uchun axloq uning aql-zakovatiga; din - iymon-e’tiqodiga; huquq - qonunlarga, jazo idoralariga; siyosat-davlat funkstiyalariga tayanadi va o‘ziga xos ta’sir yo‘nalishlariga ega bo‘ladi.
Falsafiy dunyoqarashning inson faoliyatini nazorat qilish vazifasi ham bor. Bunda dunyoqarashning jamoatchilik fikri tarzidan ko‘rinishi nazarda tutiladi. Masalan, o‘zbek xalqining tarixiy rivojlaniish va ma’naviy hayot tarzida mahalla ijtimoiy nazoratning muhim instituti tarzida faoliyat ko‘rsatgan.
Masalan, tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsa, muayyan davrlarda falsafiy dunyoqarash inson tub manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lganligini, millat kelajaggini belgilaydigan ozodlik g‘oyasi atrofida kishilarni birlashgirganini ko‘ramiz. Bu hol mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurash davrida yaqqol namoyon bo‘lgan. Ushbu g‘oya (ozodlik falsafasi) dunyoqarashning tarkibiy qismi sifatida millatning turli tabaqalarini, e’tiqodi, iqtisodiy ahvoli va siyosiy mavqeidan qat’i nazar, birlashtirgan va umumiy kurashga safarbar qilgan.
Har qanday dunyoqarash inson ehtiyojlaridan kelib chiqadi uning manfaatlariga mos keladi. SHu bilan birga, bir tomondan, dunyoqarash o‘z-o‘zidan, ya’ni stixiyali ravishda shakllanib qolmaydi. Aksincha, u turli ta’lim-tarbiya vositalarining maqsadga muvofiq holdagi faoliyati natijasida vujudga keladi. Ikkinchi tomondan esa, falsafiy dunyoqarash, umuminsoniy tamaddun (stivilizastiya) ta’siri o‘laroq shakllangan bo‘lsa, muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki millatni tarbiyalashning turli imkoniyatlari va vositalarining mushtaraklashgan shaklidir.
Binobarin, falsafiy dunyoqarashning tarbiyaviy vazifasizni yuqorida zikr egilgan boshqa vazifalarning asosi sifatida qarash kerak. Bu - kishilarda keng va teran fikrlash qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag‘rikenglik, murosa, qanday ziddiyatlarni madaniy yo‘l bilan hal qilish, kelajak va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat.



Download 39.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling