1-Mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati. Reja


- mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi


Download 39.34 Kb.
bet6/13
Sana28.03.2023
Hajmi39.34 Kb.
#1303514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-семинар фалсафа Microsoft Word (2)

- mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;
- muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;
-mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.
O‘zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga oshirish quyidagi muammolarning echimini topishga bog‘liq:
-birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan tariximizni haqqoniy yoritish falsafiy g‘oyalar, qarashlar tarixini ham xolis ko‘rsatib berishni taqozo qiladi. O‘z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo‘q qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;
- ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning kamligi umuminsoniy ma’naviy merosdan bahramand bo‘lish va ulardan ijodiy foydalanishga to‘siq bo‘lmoqda;
- uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning sohta g‘oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chikarish, mafkuraviy bo‘shliqni yangi g‘oyalar bilan to‘ldishrish, istiqlol mafkurasini shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish bugungi falsafa masalalari bilan shug‘ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda katta mas’uliyat yuklaydi. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga aloqador har bir yurtdoshimiz dunyoqarashining milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan o‘zgarishi nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan hozirgi davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy ongning shakllanishiga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Dunyoqarash tushunchasi. Har bir kishining dunyoga nisbatan o‘z qarashi, o‘zi va o‘zgalar, hayot va olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, xulosalari bo‘ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. SHu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to‘g‘risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o‘zining undagi o‘rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir.
Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun jamiyatga xos dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dunyoqarash deb yuritiladi. Ijtimoiy dunyoqarash individual; dunyoqarashlar yig‘indisidan dunyoga keladi, deyish mumkin. Bunda ijtimoiy dunyoqarashning umumiy va xususiy shakllarini hisobga olish lozim.
Kundalik hayotiy tajribalar asosida jamiyatda, odamlarda oddiy, o‘z-o‘zicha rivojlanuvchi (stixiyali) mohiyatga ega bo‘lgan qarashlar, tushunchalar, g‘oyalar shakllanadi. Bu-dunyoqarashning o‘z-o‘zicha rivojlanuvchi (stixiyali) shakli hisoblanadi. Uni ko‘pincha hayotiy falsafa, deb ham ataydilar. Hayotiy falsafaning doirasi juda keng bo‘lib, ongning sodda namoyon bo‘lish shakllarini ham, oqilona va sog‘lom fikrlarni ham o‘z ichiga oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy dunyoqarashning o‘ziga xos turini inson faoliyatining turli soxalaridagi bilim va tajribalar ta’sirida shakllanayotgan qarashlar tashkil etadi. «Har kimning o‘z falsafasi bor» deyilganida ana shu hol anglashiladi. Demak, dunyoqarash kundalik ommaviy shakllarida chuqur va etarli darajada asoslanmagan stixiyali xarakterga ega. SHuning uchun ham ko‘p hollarda kundalik tafakkur muhim masalalarni to‘g‘ri tushuntirish va baxolashga ojizlik qiladi. Buning uchun olamni ilmiy tahdil qilish va bilish zarur.

Download 39.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling