Ekstremizm va terrorizm yoshlar kelajagiga tahdid


Download 1.32 Mb.
Sana19.02.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1213866
Bog'liq
EKSTREMIZM VA TERRORIZM


“EKSTREMIZM VA TERRORIZM – YOSHLAR KELAJAGIGA TAHDID”
2020-02-21  4666

Joriy yilining 20-fevral kuni universitetimizning katta majlislar zalida “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida ma’naviy-profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.



Bugungi kunga kelib, ekstremizm va terrorizm xavfi shu qadar keng ko‘lam va xilma-xil ko‘rinishlar kasb etmoqdaki, odamlar, ko‘pincha, unga e’tiborsiz hatto, loqayd bo‘lib qolmoqdalar. Boshqacha aytganda, «diniy ekstremizm» va «xalqaro terrorizm» degan tushunchalar hayotiy voqelikning ajralmas qismidek qabul qilinmoqda. Bu - nihoyatda achinarli hol, albatta.



Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi dunyoda 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Zamonaviy terrorizmning ikkita alohida xatarli belgisini ajratib ko‘rsatish mumkin; bir tomondan, u tobora shafqatsizroq g‘ayriinsoniy mohiyat, ikkinchi tomondan, aqlga sig‘dirish qiyin jug‘rofiy ko‘lamlar kasb etib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda dunyoda har yili 650 dan ortiq bunday hodisalar sodir etilmoqda. Bu degani - har kuni dunyoning u yoki bu burchagida kimlarnidir qo‘rquvga solish orqali muayyan maqsadlarga erishishni ko‘zlagan, kamida ikkita qo‘poruvchilik amalga oshirilmoqda. Xatarli jihati shundaki, ularning soni muntazam oshib bormoqda.


Ekspertlarning fikricha, dunyoda faoliyat ko‘rsatayotgan terror¬chilik tashkilotlarining yuzdan oshig‘i eng zamonaviy qurollar bilan yaxshi ta’minlangan yirik uyushmalardan iborat. Ular turli qo‘poruvchiliklarni sodir etish jarayonida o‘zaro hamkorlik qiladilar, ma’lumotlar almashadilar, zarur hollarda, bir-birlariga harbiy, moliyaviy va boshqa shakldagi yordamni ko‘rsatadilar. Bunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga «al-Qoida», «al-Jihod al-Islomiy», «at-Takfir val-Hijra», «Hizbulloh», «XAMAS», «Abu Sayyof», «Ozod Achex» va «Lashkari jihod», «Qurolli islomiy harakat» kabilarni kiritish mumkin. Masalaning yana bir taassufli jihati shundaki, diniy liboslarga o‘ralgan terrorchi tashkilotlarning mutlaq ko‘pchiligi muqaddas islom dinini o‘ziga niqob qilib olgan. Dinni qurol qilib olgan bunday ekstremistik harakatlar bugun umuman kishilik jamiyati hayotiga jiddiy tahdid solmoqda deyish mumkin. Shuning uchun, bugun, siyosatshunoslikda «jamiyatning diniy xavfsizligi» degan yangi tushuncha shakllanmoqda.

“Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida “Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi “virusi“ tarqalishining oldini olishdir”, - deya ta’kidlab o‘tgandi. Shu ma’noda davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatlarga BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish hamda BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi kiritildi. O‘zbekiston barchani e’tiborini musulmon olami uchun muhim yo‘nalish - “ma’rifatli islom” g‘oyasiga qaratdi.


Universitetimizda tashkil etilgan tadbir ham shu fikrlarni talaba yoshlarga tushuntirish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda Andijon viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari Farhodjon Rahmonov, respublika “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” Andijon viloyat bo‘limi mutaxassisi O‘tkirbek Rahmonov, Andijon viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Qahramonjon Ergashev, Andijon shahar “Devonaboy” masjidi imom-xatibi Miftohiddin Rojiddinov, Andijon viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Oybek Abdug‘aniev, Andijon davlat universiteti Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Zoxidjon Hayitmatovlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Unda professor-o‘qituvchilar hamda 310 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni Andijon davlat universiteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A’zamjon Hamraqulov kirish so‘zi bilan ochib berdi va olib bordi. U o’z so’zida “diniy ekstremizm” va “terrorizm” mavzusining naqadar dolzarb ekanligi, tinchligimiz, taraqqiyotimiz uchun o‘ta xavfli bo‘lgan bunday illatlarga qarshi murosasiz kurash olib borish barchamizning muqaddas burchimiz ekanligini ta’kidlab o‘tdi., - dedi A.Sh.Hamraqulov.



S hundan so’z olgan Andijon viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari Rahmonov Farhodjon Begijanovich quyidagi fikrlarni bildirib o’tdi. “Siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan terrorizm qadimdan mavjuddir. XX asr oxiri XXI asr boshlariga kelib terrorchilik alohida olingan davlat yoki mintaqa doirasidan chetga chiqib, halqaro miqyosda uyushgan tashkilot darajasigacha ko‘tarildi. Ular ezgulik g‘oyalariga qarshi, muxolif g‘oya sifatida uyushib insoniyat taraqqiyotiga xavf solayotgan xalqaro tashkilotga aylanib ulgurdi. Hozirgi davrdagi shakllangan xalqaro terrorizm tushunchasi davlatlar, halqaro tashkilotlar, siyosiy partiyalarni beqarorlashtirish va xalqaro ijtimoiy – siyosiy nufuzga ega bo‘lgan alohida siyosiy arboblarni qotil qilishga yo‘naltirilgan buzg‘unchi siyosiy xususiyati bilan xarakterlanadi. Terrorizm iqtisodiy, siyosiy, diniy, g‘oyaviy, milliy, guruhiy va individual shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ta’qib qilish, zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik va qotillik terrorizmning har qanday ko‘rinishi uchun umumiy xususiyat bo‘lib, u gumanizm, demokratiya, adolat tamoyilillariga ziddir. Shuning uchun terrorizm qanday «bayroq» ostida amalga oshirilmasin, mohiyati insoniyatga, jamiyat taraqqiyotiga, ezgulikka qarshi jinoyatdir.”

Muqaddas islom dinining asl mohiyatini bilmagan holda ayrim jangari to‘dalarning soxta g‘oyalariga ergashayotgan yoshlar tanlagan yo‘li sarob ekanini, afsuski, kech anglab yetmoqda, – deydi Andijon shahar “Devonaboy” masjidi imom-xatibi Miftohiddin Rojiddinov. Vaholanki, ular Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy singari buyuk allomalar kamolga yetgan, diniy ma’rifat yuksak darajaga ko‘tarilgan zamin farzandlari hisoblanadi. Bu haqda ularga ko‘proq gapirib berish, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlashga biz o‘zimizni mas’ul, deb bilishimiz lozim. Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishimiz zarur.”

Birin ketin so’z olgan ma’ruzachilar ekstremizm va terrorizm tahdidlarini oldini olish, bunga faqat ilm-ma’rifatga chaqirish, bilim egallash orqaligina erishish mumkin ekanligini bildirdilar.


Bahs-munozaralarga boy o‘tgan tadbir yakunida ishtirokchilar din va diniy munosabatlar, islom madaniyatining asl qadriyatlari, farzand tarbiyasida islom dinining o‘rni va boshqa shu kabi o‘zlarini qiziqtirgan barcha masalalar yuzasidan mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.
Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling