“ Sarob “ romanida davr va shaxs talqini
Download 1.34 Mb.
|
Presentation (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Sarob” romanida yetakchi qahramonlar talqini
- E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!
“ Sarob “ romanida davr va shaxs talqiniBajardi: Donayeva Mahliyo“Sarob” ning o’tmishi va buguniO’zbek adabiyotshunosligida yaratilgan eng ko’p bahslarga sabab boʻlgan asarlardan biri, shubhasiz “SAROB” romanidir. Roman 1930-1934-yillarda yozib tugatilgan va 1937-yil chop etilgan.
“SAROB” romani shu kunga qadar yetti marotaba chop etildi. Xronologik jihatdan qaralganda,bular:1937, 1957,1967,1987,1995, 2017, 2021-yillardir.Shulardan uch nashr adib hayotligida chop etilgan. “SAROB” romani adabiyotshunos va tarjimon Vera Smirnova tomonidan rus tiliga tarjima qilinib, “MIRAJ” deb atalgan va Moskvada nashr etilgan. Sarobning 2017-yilgi nashri filologiya fanlari nomzodi, manbashunos olim Otabek Joʻraboyev tomonidan nashrga tayyorlagan. Romanni yozilishi uchun hayot va voqelik hal qiluvchi asos bo’lib xizmat qilganini Abdulla Qahhor o’z tarjimai holida maxsus ko'rsatib o’tadi. Saidiy, Munisxon, Murodxoʻja domla va boshqa tipdagi personajlarni yozuvchi hayotda ko’rgan. “SAROB” romani murakkab davr 20-30-yillardagi ijtimoiy siyosiy, tarixiy davrni qamrab olgan. Kommunistik mafkurani sotsialistik tuzumni barpo etish uchun turli islohotlar oʻtkazilayotgan, targʻibot-tashviqot ishlari avjiga chiqqan bir payt edi. Mana shunday murakkab davr manzaralari yosh yozuvchi Abdulla Qahhorning “Sarob” romanida aks etmasligi mumkin emas edi. Adabiyotshunos N. Karimov “Sarob” romaniga baho berar ekan, yosh bo'lishiga qaramasdan, bunday katta romanni yaratishi biroz shubhali, deb yozadi. “Sarob” romanida yetakchi qahramonlar talqiniMunisxon –Salimxonning singlisi. Munisxon bilan Saidiy muhabbati zavol topgandan soʻng, Munisxon vaziyat taqozosi va akasining amri bilan ma’naviy tuban, ko’rimsiz, jirkanch odamga zo’rlab uzatiladi. Munisxon bu vaziyatga ko’nikish, jirkanch kishidan”fazilat “qidirish azobini chekadi. Ojiz qolgan Munisxon alamini yig’idan oladi. MUNISXON Saidiy izzattalab shaxs. Ehson, Sharif, Kenjalar bilan yaqin bo’ladi. Saidiy yozuvchi bo’lmoqchi. “Allaqanday qudratli dori” ga umidvorlik uni o’sha davr tushunchasi bilan aytganda, “millatchilar” guruhi orasida e'tiborli Abbosxon bilan yaqinlashtirib qo’ydi. Abbosxon bilan yaqinlik uni Murodxoʻja domla va Salimxonlar guruhiga olib kiradi . Shu bilan Saidiy Sharif va Ehsonlar bilan orani tamom uzadi va Abbosxonlar guruhiga kelib qo’shiladi. Saidiy tabiatiga xos xudbinlik illati hali hayotda barham topgan emas, bugungi kunda ham eng o’tkir ma’naviy-axloqiy muommolardan bo’lib qolmoqda. SAIDIY Soraxon Munisxonga nisbatan o’ta xunuk qiz. Adib Soraxon shaxsiga tegishli xislatlarni shunday mahorat bilan chizadiki, bular faqat Abdulla Qahhor qalamigagina mansub bo'lishi mumkin. “Soraxon – eng oriq qizlarga qaraganda ham oriq, shuning uchun bo’lsa kerak, odatdan tashqari novcha ko’rinadi, yurganda xuddi ikki-uch yeridan bukilib ketayotgandek tuyuladi:shundan o’zi ham xavfsiraganday, gavdasini olg’a tashlabroq yuradi. Ma’naviy xunuklik Soraxon ko’rinishidagi xunuklikda ham oshib tushadi. U na ro’zg’or uchun, na jamiyat uchun biror ish bilan band. Ba’zi qiliqlari esa esi past bolalarning harakatini eslatadi. SORAXON Murodxoʻja domla – o’rta bo’yli, yo’g’on gavdali, qirq besh yoshlardagi kishi. Domla harakatda ayiq, yurishda o’rdakni xotirlatadi. U maktabda-muallim, qishloqda-yer egasi, mehmonxonasida, garchi oshkora bo'lmasa ham, savdogar. Salimxon –Munisxonning akasi. Madrasayi oliyada tahsil ko’rgan. Salimxonni Husaynov Qozonga olib borib, o’zining yosh kuyovi bilan Ufa madrasasiga yuboradi. Abbosxon- SALIMXON MURODXO‘JA domla ABBOSXON Ehson-Saidiyning do’sti KENJA EHSON SHAFRIN ASARDAGI ASOSIY OBRAZLAR RAHIMJON SAIDIY ABBOSXON MURODXOʻJA KENJA SHAFRIN SALIMXON MUNISXON E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling