Hozirgi kunga kelib, avtomobil transporti yangi rivojlanish va transport sohasidagi o’zgarishlar davrida turibdi


Download 72.5 Kb.
Sana20.01.2023
Hajmi72.5 Kb.
#1103617
Bog'liq
varaqlar









KIRISH
Hozirgi kunga kelib, avtomobil transporti yangi rivojlanish va transport sohasidagi o’zgarishlar davrida turibdi. Mamlakatimizning bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy sherikchilik qoidalariga etibor bergan holda, transport sohasida ham, olib borayotgan oqilona siyosati natijasida, davlat tasarrufidagi avtotransport korxonalarining mulkchilik shaklini o’zgarishiga olib keldi. Bu esa o’z novbatida, xususiy mulkchilikning shakllanisiga sabab bo’ldi.
Prezidentimiz taklif etgan iqtisodiy islohotlar natijasida, bugungi kunga kelib, xususiy tashuvchilar jamiyatlari va korxonalari tashkil topmoqda. Buning natijasi o’laroq, transport vositalari tobora yangilanib, aholiga transport xizmati ko’rsatishning sifati yaxshilanib bormoqda.
Avtotransportning yo’lovchi tashish sohasida, aholining yo’lovchi transportiga bo’lgan talabini to’la qondirish maqsadida, hukumatimiz va tegishli idoralar tomonidan Yo’lovchi transportini rivojlantirish bo’yicha, keng qamrovli dasturlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilmoqda. Yuqorida aytilgan, xususiy mulkchilikning shakllanishi va raqobatchilik sharoitining shakllanishi bunga yaqqol misol bo’la oladi.
Shunga qaramasdan, hozirgi kunga kelib, transport sohasida bir qator qulayliklar bilan bir qatorda, yechimini kutib turgan muammolar ham vujudga keldi. Yo’lovchi avtomobil transportidagi rivojlanish darajasi, tashishga bo’lgan ehtiyojni to’la qondira olmaydi. Yo’lovchilarning avtobuslarni kutish vaqtini kamaytirish, avtomobil taksi xizmatidan unumliroq foydalanish, tig’iz paytlarda avtobuslar ishini to’g’ri tashkil etish(aholi zich joylashgan shahar va tumanlarda) harakat oralig’i, yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish sifati va madaniyatini yaxshilash va umuman, transport xizmati korsatish darajasini yaxshilash kabi masalalar hamon talab darajasida emas. Bu muammolar yo’lovchi avtomobil transporti ishini chuqur o’ylab tashkil etishni, aholiga transport xizmati ko’rsatish sohasidagi ilmiy izlanishlarni o’rganishni, harakat tarkibidan samarali foydalanish va yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish darajasini oshirish maqsadida yo’lovchi avtotransportini boshqarish asoslari sohasida bilim va malakalarni talab etadi.


AVTOTRANSPORT KORXONASINING TAVSIFNOMASI


Korxonaning maqsadi va vazifalari:
yuk va yo’lovchi tashish transportini boshqarish tizimini takomillashtirish;
yo’lovchi tashish xavfsizligini taminlash ,transport xizmatidan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish mulkchilik shaklidan qatiy nazar barcha yo’lovchi tashuvchilarga sog`lom raqobat uchun shart-sharoit yaratish department faoliyati maqsadi hisoblanadi.
-tuman hududida yo’lovchi hajmi transportining bir maromda ishlashini muvofiqlashtiradi;
-yuk va yo’lovchi tashish yo’nalishlarini ishlab chiqadi ba yo’nalishlarni yol harakati xavfsizligi xizmati bilan kelishadi ,yo’nalish xujjatlarini tasdiqlaydi;
-yuk va yo’lovchi tashuvchilar bilan har bir yo’nalish harakat jadvallarini va yo’nalishni yo’lga qo’yish va yo’nalishni yo’lga qo’yish va yo’nalishni yopish boyicha kelishadi ;
-yuk va yo’lovchilar oqimini o’rganib chiqadi ba shu ma’lumotlar asosida turli xil transport yo’nalishlarini ishlab chiqadi;
-yuk va yo’lovchi tashuvchilar o’rtasida yo’nalishlarini joylashtirish uchun tender hujjatlarini tayyorlash va tender tanlovlarini o’tkazishni tashkil etadi;
-tuman hududida yo’lovchi tashuvchilarga yagona chipta tizimini joriy etadi;
-imtiyozli yoki bepul yurish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarga bepul yoki imtiyozliyurish uchun huquq beradigan chiptalarni beradi.
majburiyatlari

  • tuman hokimligi bilan aholiga yo`lovchi va yuk tashish transporti bilan xizmat ko`rsatish to`g`risida tuzilgan shartnoma shartlarini bajarish;

  • mulkchilik shaklidan qat`iy nazar barcha yo`nalishlarni dispetcherlik nazoratini olib borish.





Mavzu: № _____ ____________________________________
______________________________________________________
______________________________________________________

Kafedrasi mudiri : ____________ Sh.K. Imomov


Amaliyot rahbari : ____________ H.Qurbonova







Download 72.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling