Gumanizm (lotincha humanitas "insoniylik", "odamiylik") insonni oliy qadriyat deb baholovchi dunyoqarashdir. 16 Adabiyotga xos xususiyatlardan biri. Gumanizm adabiyotning yetakchi,bosh omili bo’lsa


Download 34.19 Kb.
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi34.19 Kb.
#1164537
  1   2
Bog'liq
falsafa2


Mavzu: Uyg`onish davri falsafasi
Reja:
1. Gumanizm asosida falsafa roli
2.Uyg`onish davrida falsafiy namoyondalari qarashlari
3. Falsafaning yangi bosqichga ko`tarilishi va dastlabki tarmoqlar
4.Xulosa
5. foydalanilgan adabiyotlar

1. Gumanizm (lotincha humanitas - "insoniylik", "odamiylik") insonni oliy qadriyat


deb baholovchi dunyoqarashdir.16 Adabiyotga xos xususiyatlardan biri.Gumanizm
adabiyotning yetakchi ,bosh omili bo’lsa ,shu adabiyotning ijtimoiy qimmati va
tarbiyaviy ahamiyati yuksak bo’ladi.Shuning uchun ham gumanizm Navoiy
Jomiy,Pushkin,Lermontov,Gorkiy,Gyote kabi yozuvchi va shoirlar ijodining
muhim xususiyatlaridan biri bo’lgan. Gumanistlar dunyoviy axloq normalarini
targ‘ib etishadi.
Gumanizm — odamlarga mehr-muhabbat bilan qarash, ularni hurmat qilish,
insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilarda yuksak ma’naviy
fazilatlarni rivojlantirishga gamxorlik qilish –insonparvarlik demakdir.
Tor ma’noda — Uyg’onish davri (13 — 16-asrlar)da sxolastikaga va cherkovning
ma’naviy hukmronligiga qarshi turgan dunyoviy hurfikrlilik. G’arbiy Yevropadagi
bir necha mamlakatlarda Gumanizm ijtimoiy tafakkur sohasida, adabiyot, san’at
va ilm-fanda katolitsizmga va shaxsning qulligiga qarshi qaratilgan ilg’or harakat
edi. Gumanizm tarafdorlari o’z zamonasining taraqqiyparvar kuchlari bo’lgan.
Ular inson huquqi va olijanob fazilatlar, ilm-ma’rifat va hurriyat uchun,
kishilarning har tomonlama erkin rivojlanishi uchun kurash olib bordilar.Gumanizmning atoqli namoyandalari F. Petrarka, J. Bokkachcho, Leonardo daVinchi, J. Bruno, T. Kampanella (Italiya), M. Monten, F. Rable (Fransiya), T. Mor, F. Bekon (Angliya), E. Rotterdamlik (Niderlandiya), N. Kopernik (Polsha) va boshqalar edi.Ular va ko’pgina buyuk yozuvchilar o’z asarlarida, dindan farqli o’laroq, insonni, uning yer yuzidagi hayotini kuylaydilarInsonparvarlik g’oyalari G’arbiy Yuvropa adabiyotida 14 -15 asrlardaUyg’onish davri boshlanish munosabati bilan paydo bo’lgan edi. Italyan Franchesko Petrarka (1304- 1374) va Javanni Bokkacho (1313-1375), fransu Fransua Reble (1494-1553), gollandiyalik, Erazm Rotterdamskiy (1466-1536), nemis Ulrix fon Gutten (1488-1523),va boshqalar ko’pgina buyuk yozuvchilar o’z asarlarida, dindan farqli o’laroq, insonni, uning yer yuzidagi hayotini kuylaydilar, dinning (cherkovning) inson ongi ustidan hukumronligiga qarshi chiqadilar.19 Faqat adabiyotgagina emas, balki ilk burjua madaniyatining hamma sohalarida (sa’natda, ilmda, arxitekturada) maydonga kelgan bu fikriy harakat keyinroq (19asrda) “ gumanizm” nomini oldi .
2.
Download 34.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling