O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Download 4.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana19.11.2023
Hajmi4.29 Mb.
#1786413
  1   2   3   4
Bog'liq
MUSTAQIL ISH fALSAFA



 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
 
 
 
MUSTAQIL ISH
 
 
 
MAVZU:

Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy 
funksiyalari. 
 
Bajardi:
13/23 guruh talabasi Mamatov Bekzod
QARSHI-2023
 


Reja

Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalar.

Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning 
paydo bo‘lishi.

I
lk o‘rta asr Sharq falsafasi va uyg‘onish davri. O‘rta asr 
Sharq falsafasi va uyg‘onish davri xususiyatlari. Yangi davr 
Sharq tasavvufi.
Dunyoqarashning mohiyati va tuzilishi: 
Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan 
dunyoqarash oddiy dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi 
tasavvurlarining tizimsiz majmui sifatida amal qiladi. U har qanday 
dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti
faoliyatida yo‘l ko‘rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini 
belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi. Keng ma’noda, dunyoqarash 
– insonning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘z-o‘ziga nisbatan yondashuvlar 
tizimi, shuningdek uning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy 
ideallari, e’tiqodlari,, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va 
mo‘ljallaridir.
Dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni belgilash 
funksiyalari mujassamlashadi.Dunyoqarashning bilish funksiyasi insonda 
qiziqish uyg‘otuvchi barcha savollarni, shuningdek muayyan yo‘l bilan 
topuvchi javoblarni o‘z ichiga oladi. Bilish odamlar dunyoqarashini boyitadi 
va kengaytiradi, u jamiyatning rivojlanishiga qarab yanada teranroq va 
mazmunan boyroq bo‘lib boradi.Dunyoqarashning qadriyatlarga munosabat 
funksiyasi – insonnning hayotni va o‘zini oliy qadriyat deb hisoblagan holga 
shakllanadi. Zero, o‘z qadrini bilmagan inson o‘zgalar qadrini bilmaydi va 
hayotda o‘z o‘rnini topa olmaydi. Dunyoqarashning xulq atvorni belgilash 
funksiyasi – insonda o‘z-o‘zini tarbiyalash, ma’naviy madaniyatini 
takomillashtirish va faqat o‘zining ma’naviy dunyosiga munosib muhit 
tanlash 
malakalarini 
shakllantiradi.. 


Dunyoqarashda intellektual, emotsional va ruhiy asoslar uzviy bog‘liq bo‘lib, 
ular jamuljam holda har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual 
xususiyatlar sifatida amal qiladi. Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar 
iroda bilan uyg‘unlikda e’tiqodlar – odamlar faol qabul qiladigan, ularning 
ong darajasi va hayotdagi mo‘ljallariga mos keladigan qarashlarni yuzaga 
keltiradi. Dunyoqarashga sub’ektning yoshi, jismoniy va ruhiy holati, fe’l-
atvori xususiyatlari, odatlari va e’tiqodlari, shuningdek milliy madaniyat 
tipi, etnos xususiyatlari va ijtimoiy-madaniy omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Dunyo haqidagi tasavvurda ob’ektiv va sub’ektiv tomonlarni ajratish ham 
o‘rinli bo‘ladi. 
Dunyoqarash - bu insonni o‘rab turgan dunyo va uning unda tutgan o‘rniga 
nisbatan qarashlar majmuidir. Dunyoqarashning asosiy masalasi - «Men» 
(subyekt dunyosi) va «Men - emas» (subyektga nisbatan tashqarida bo‘lgan 
dunyo) o‘rtasidagi munosabatdir. Dunyoqarash dunyo to‘g‘risidagi umumiy 
g‘oyalar, qarashlar, insonning dunyoda tutgan o‘rni, hayotiy yo‘nalishi, 
ishonch-e’tiqodi, ideali, bilim tamoyillari, o‘zi va boshqalarning hayotdagi 
o‘rnini belgilab olishi, inson mohiyatini, o‘zligini anglashi haqidagi qarashlar 
tizimidir. 
Dunyoni sezish – bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy 
idrok etishdir. Bunda tuyg‘ular, kayfiyat dunyoni go‘yoki ranglarga bo‘yaydi, 
uning obrazini subyektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi. 
Masalan, bemor odamga haddan tashqari yorug‘ bo‘lib tuyulishi mumkin 
bo‘lgan nur, sog‘lom odam uchun normal bo‘ladi; daltonik ranglar gammasini 
ko‘rish qobiliyati normal bo‘lgan odamga qaraganda butunlay boshqacha 
idrok etadi. Bundan dunyoni sezishning har xil, xususan, optimistik, 
pessimistik, fojeaviy tiplari kelib chiqadi.
Tarixiy taraqqiyot turlari jihatidan: 1) afsonaviy (mifologik), 2) diniy, 3) 
falsafiy qarashlardan va 4) ilmiy dunyoqarashdan iborat. 
1) Mifologiya (yunoncha – metos naql, rivoyat logos fikr ta’limot degani) - 
ibtidoiy ongda voqelikning xayoliy in’ikosidir. Mifologik dunyoqarashda 
olamning kelib chiqishi, tuzilishi, tabiat va jamiyatning turli hodisa va 
voqealarini umumlashtirib xayoliy shakllarda tasvirlanishidir. Mifologiya 


tabiat va ijtimoiy turmushning shunday shaklini o‘zida xalq xayolan 
g‘ayritabiiy ongsizlarcha badiiy qayta ishlab chiqqan. 
2)Diniy dunyoqarash. Dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir. Din 
so‘zi arabchadan tarjimada “e’tiqod, ishonch, ishonmoq” degan ma’nolarni 
anglatadi. Mif kabi, din zamirida ham e’tiqod, tuyg‘ular va emotsiyalar 
yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining 
dastlabki bosqichlarida, ya’ni taxminan 40-60 ming yil muqaddam paydo 
bo‘lgan bo‘lsa-da, umuman olganda u dunyoqarashning mustaqil shakli 
sifatida keyinroq, jumladan mif ta’sirida insonning abstrakt fikrlash 
qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan davrda vujudga kelgan.
3) Falsafiy dunyoqarash dunyoni, borliqni aqliy jihatdan umumlashtirib 
tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimidir. U diniy dunyoqarashdan farqli 
ravishda insonning aqliy intellektual faoliyatiga ko‘proq e’tibor beradi. 
Falsafiy dunyoqarash - bu mantiqiy tahlil va umumlashtirishlar, mantiqiy 
muhokamalar va xulosa chiqarishlar, mantiqiy asboblar va raddiyalar 
asosida nazariy fikr dunyoni, borliqni tushunish, tushuntirish, baholash va 
izohlashdir. 

Download 4.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling