O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi va Uyg‘onish davri. O‘rta asr Sharq


Download 4.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana19.11.2023
Hajmi4.29 Mb.
#1786413
1   2   3   4
Bog'liq
MUSTAQIL ISH fALSAFA

Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi va Uyg‘onish davri. O‘rta asr Sharq 
falsafasi va uyg‘onish davri xususiyatlari.
Sharq fani va madaniyatining Uyg‘onish davri yoki “oltin davri” deb 
e’tirof etadilar. O‘sha davrda arab xalifaligi tarkibiga kirgan 


Movarounnahr va Xuroson mintaqasi yuz bergan madaniy-ma’rifiy 
yuksalishni ta’minlovchi va harakatlantiruvchi asosiy kuchlardan biri 
edi. Bu xulosa, birinchi navbatda, bu ilmiy yuksalishda ishtirok etgan 
mutafakkirlarning asosiy qismi ushbu zamin farzandlari bo‘lgani bilan 
izohlanadi
7
. Ushbu davrning tamal toshi islom dinining vujudga kelish 
omili, Abbosiylar xalifaligi davriga borib taqaladi. Mazkur davrda 
Bag‘dod shahriga asos solinib, u xalifalikning siyosiy markazi bo‘libgina 
qolmay, balki saltanatning iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy markaziga 
aylantirilgan edi. Abbosiy xalifalar Mansur (754-776), Xorun ar-Rashid 
(786-809) va Ma’mun (813-833) davrida ilm-ma’rifatga katta e’tibor 
berilgan. Yirik ilmiy markazga aylangan “Bayt ul-hikma”ga asos solinib, 
bu joyda o‘z davrining mashhur olimu faylasuflari, tabib, 
munajjim,  musiqachi, me’mor, muhandislari to‘plangan. Bu davrda 
arablar, yahudiylar, nasroniylar, forslar, movarounnahrlik va 
xurosonliklar tomonidan yahudiy, yunon, suryoniy, fors, hind va boshqa 
tillardagi riyoziyot, falakiyot, mantiq, alkimyo, handasa, tarix, tibbiyot 
fanlariga oid madaniy, ilmiy-falsafiy asarlar arab tiliga tarjima qilingan. 
Qadimgi yunon faylasuflari Ptolemeyning “Almajistiy” (Almagest), 
Evklidning handasa (geometriya), Aflotun va Arastuning qator asarlari 
arab tiliga o‘girildi. Ayniqsa, Arastuning mantiqqa oid asarlarining 
tarjima qilinishi Bag‘dod ziyolilari dunyoqarashining butunlay 
o‘zgarishiga olib kelgan edi. 
Arab xalifaligi davrida O‘rta Osiyoni Tohiriylar (821-873), 
Safforiylar (873-904), Somoniylar (875-999), G‘aznaviylar (977-1186), 
Qoraxoniylar (999-1212) va Xorazmshohlar (1077-1231) kabi sulolalar 
boshqargan. Saljuqiylar (1033-1300) XII asrning boshlariga kelib, 
bugungi O‘rta Osiyo hududini butunlay o‘z nazorati ostiga oladilar
8

Ma’lumki, saljuqiylar sulolasi ilgarigi mavqei yo‘qolgan xalifalikni 
boshqarayotgan Bag‘dod xalifasining rasmiy hukmronligini saqlagan 
holda, amalda markazlashgan davlatning dunyoviy ishlarini boshqarar 
edilar. Saljuqiy Malikshoh davrida uzoq vaqt vazirlik qilgan fan homiysi 
Nizomul Mulk Abu Homid G‘azzoliy va Mahmud az-Zamaxshariy kabi 
olimlarni ham qo‘llab-quvvatlagan. U Bag‘dodda rasadxona ishini 
rivojlantirib, mashhur falakshunos olimlarni to‘playdi. Nizomul Mulk 


tashabbusi bilan Buxoro, Hirot, Nishopur, Samarqand, Bag‘dod kabi 
shaharlarda “Nizomiya” nomidagi madrasalar ochilgan. Ushbu davr ilm-
fan taraqqiyotining e’tiborli tomoni shundaki, ko‘pgina olimlar o‘z 
sohalarida yangiliklarga asos soladilar. Masalan, birinchi bo‘lib, Umar 
Xayyom taqvimiga tuzatish kiritadi. Ayniqsa, bu davr arab va fors 
adabiyotining taraqqiyot davri bo‘lgan. Umuman olganda, ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy jabhalarda ko‘plab o‘zgarishlar falsafa, tabiiy-ilmiy 
bilimlar rivojida muhim ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarni vujudga 
keltirgan. O‘z navbatida Movarounnahr diyorida ham ilm-fan ravnaqi 
uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan. 

Download 4.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling