9-sinflar uchun test savollari


Download 46.18 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi46.18 Kb.
#163614
Bog'liq
9-sinf test


9-sinflar uchun test savollari

  1. Mantiqqa oid fikrlar, tafakkur shakllari va usullari to‘g‘risidagi dastlabki ta’limotlar qadimgi qaysi mamlakatlarda vujudga kelgan?
    a) Hindiston va Xitoyda b)AQSH va Xitoyda d) Amerika va Hindistonda

  2. Mantiq atamasi qanday ma’noni anglatadi?
    a) gap, eslash, mulohaza yuritish b) so’z, fikr, mulohaza, nutq, aql d) his-tuyg’u, eslash, hayol

  3. Mantiq necha turga bo’linadi?
    a) Formal, Dialektik, Matematik b) Formal, fizik, Matematik d) Astronomik, Ximik, Matematik

  4. Tafakkur shakllari necha turga bo’linadi?
    a) Fikr, Mulohaza, Xulosa b) Tushuncha, Mulohaza, Xulosa d) Aql, Mulohaza, Xulosa

  5. Mulohaza ikki turga bo’linadi bular?
    a) oson va qiyin b) sodda va oson d) sodda va murakkab

  6. Mantiqiy o‘zgaruvchi deganda nima tushiniladi?
    a) istalgan mulohazani anglatuvchi, “rost” yoki “yolg‘on” mantiqiy qiymatni qabul qilishi mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchilar
    b) istalgan mulohazani anglatuvchi, faqat “rost” mantiqiy qiymatni qabul qilishi mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchilar
    d) istalgan mulohazani anglatuvchi, faqat “yolg‘on” mantiqiy qiymatni qabul qilishi mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchilar

  7. Mulohazalarning qaysi biri rost.
    a) Uchburchak burchaklarining yig‘indisi 160° ga teng.
    b) 5 ga bo‘lingan har qanday son 3 ga ham bo‘linadi.
    d) rost qiymat yo’q.

  8. Ikkita A va B sodda mulohazaning kamida bittasi rost bo‘lganda rost, qolgan holatlarda yolg‘on bo‘ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali nima deb ataladi?
    a) konyunksiya b) dizyunksiya d) implikatsiya

  9. Ikkita A va B sodda mulohaza bir paytda rost bo‘lgandagina rost bo‘ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali nima deb staladi?
    a) konyunksiya b) dizyunksiya d) implikatsiya

  10. A mulohazani qiymati rost bo‘lganda yolg‘on, yolg‘on bo‘lganda rost qiymatga o‘zgartira oladigan amal nima deb ataladi?
    a) inversiya b) dizyunksiya d) implikatsiya

  11. A mulohaza rost, B mulohaza yolg‘on bo‘lgandagina yolg‘on, qolgan holatlarda rost bo‘ladigan mulohazaga A hamda B mulohazalarning qaysi amali qo’llaniladi?
    a) inversiya b) dizyunksiya d) implikatsiya

  12. A va B mulohazalar bir vaqtda rost yoki bir vaqtda yolg‘on bo‘lganda rost bo‘ladigan mulohazaga A va B mulohazalarning qaysi amali qo’llaniladi?
    a) inversiya b) ekvivalensiya d) implikatsiya

  13. Mulohazalar to‘plami va unda bajariladigan barcha &, ∨, ⏋, =>, <=> amallar birgalikda nima deb yuritiladi?
    a) mulohazalar algebrasi b) mulohazalar matni d) mulohazalar guruhi

  14. A, B, C,…. mulohazalarni mantiqiy bog‘lovchilar bilan ma’lum tartibda birlashtirib hosil qilingan murakkab mulohazaga nima deyiladi?
    a) mantiqiy formula b) mantiqiy masala d) mantiqiy qoida

  15. Tafakkurni matematik usullar yordamida tadqiq etadigan turi qanday nomlanadi?
    a) dialektik mantiq b) matematik mantiq d) formal mantiq

  16. Ikkilik sanoq sistemasida qaysiraqamlardan foydalaniladi?
    a) 0 va 1 b) 0,1,2 d) 1 va 2

  17. Ikkilik sanoq sistemasida berolgan sonlarni qo’shganda chiqqan natijani toping. 111+101=
    a)1000 b) 1001 d) 1100

YOZMA SAVOLLAR











  1. Quyidagi berilgan ikkilik sanoq sistemasidagi misolni yeching
    111.01*101=

  2. 11.1001+111.1=

  3. 110001.1*1.1=

  4. 1100010101+111101=

Download 46.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling