1-Mavzu: Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


Download 408.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/26
Sana08.04.2023
Hajmi408.81 Kb.
#1342190
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati

belgilash funksiyalari mujassamlashadi.
Dunyoqarashning bilish funksiyasi insonda qiziqish uyg„otuvchi barcha savollarni, 
shuningdek muayyan yo„l bilan topuvchi javoblarni o„z ichiga oladi. Bilish 
odamlar dunyoqarashini boyitadi va kengaytiradi, u jamiyatning rivojlanishiga 
qarab yanada teranroq va mazmunan boyroq bo‗lib boradi.
Ammo dunyo juda rang-barang bo‗lib, muttasil o‗zgarish jarayonini boshdan 
kechiradi, qoniqarli javoblarga ega bo‗lmagan savollar esa, uzil-kesil javob berish 
mumkin bo‗lgan savollarga qaraganda, ko‗proqdir. Shu bois, muammolarga 
nisbatan muayyan tarzda yondashadigan har bir odamning dunyoqarashi, savollari 
va javoblari doim shaxsiy o‗ziga xoslik bilan ajralib turadi va hech bo‗lmasa shu 
sababga ko‗ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon o‗xshamaydi.
Dunyoqarashning intellektual, emotsional va ruhiy asoslarning uzviy bog„liqligi va 
ularning jamuljam holda har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual 
xususiyatlar sifatida amal qilishidir.
Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uyg‗unlikda e‘tiqodlar – 
odamlar faol qabul qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi mo‗ljallariga mos 
keladigan qarashlarni yuzaga keltiradi.
Dunyoqarashning muhim elementi shubha bo„lib, u dunyoqarashni dogmatizm
ya‟ni biryoqlama, notanqidiy fikrlash, u yoki bu qoidani shak-shubhasiz haqiqat 
deb qabul qilishdan asraydi. Dogmatizmning qarama-karshisi skeptitsizm bo‗lib, 
bunda shubha mutlaqlashadi, fikrlashning asosiy omiliga aylanadi, bilish va 
borliqni idrok etishning bosh tamoyili sifatida amal qiladi.
Dunyoqarashning tuzilishi dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni 
tushunish kabi eng muhim elementlardan iborat.
Dunyoni sezish – bu o„zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok 
etishdir. Bunda tuyg‗ular, kayfiyat dunyoni go‗yoki ranglarga bo‗yaydi, uning 
obrazini sub‘ektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi. Masalan, bemor 
odamga haddan tashqari yorug‗ bo‗lib tuyulishi mumkin bo‗lgan nur, sog‗lom 
odam uchun normal bo‗ladi; daltonik ranglar gammasini, ko‗rish qobiliyati normal 
bo‗lgan odamga qaraganda butunlay boshqacha idrok etadi. Bundan dunyoni 
sezishning har xil, xususan optimistik, pessimistik, fojeaviy tiplari kelib chiqadi.

Download 408.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling