1-mavzu: falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati reja
Download 37.25 Kb.
|
1-dars
Falsafaning axloqiy funksiyasi odamlar xulq-atvori va u yoki bu jamiyatda yuzaga keluvchi munosabatlar bilan bog’liq. Bunda, masalan, axloqiy qadriyatlar, ularning tabiati, asoslari va jamiyatdagi amaliy roli falsafaning tadqiqot predmeti hisoblanadiki, bu jamiyatda yuzaga keladigan va tabiiy yo’l bilan, ya’ni real hayot amaliyotida o’rnatiladigan me’yorlar va qoidalarga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Bunday me’yorlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim dastak hisoblanadi va odamlarning o’zaro aloqalari, ularning munosabatlari va o’zaro til to’ish darajasida namoyon bo’ladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, falsafa doimo axloqda, jamiyatning barcha a’zolari xulq-atvorida namoyon bo’ladi va Shu tariqa yana bir muhim funksiya – axloqiy funksiyani bajaradi.
Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi haqida fikr yuritilganda bu masalaning xalqaro darajadagi keng va har tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda so’z yuritish o’rinli bo’ladi. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati o’z-o’zini anglab etishga yo’naltirilgan falsafaga muhtojdir. Buni 2002 yildan Yunesko qaroriga binoan, butun dunyoda har yili noyabr oyining uchinchi ‘ayshanbasida o’tkaziladigan “Jahon falsafa kunlari” ham, hozirgi kunda dunyo uchun eng muhim masalalarga e’tiborini qaratadigan Jahon falsafa Kongresslari ham tasdiqlaydi. Darhaqiqat bunday kongress birinchi marta 1900 yilda Fransiyada o’tkazilgan, 1948 yildan boshlab uni har besh yilda bir marta o’tkazish an’anaga aylangan. Xususan, 1998 yilda Boston shahrida (AQSH) bo’lib o’tgan XX jahon falsafa kongressi “‘aydeyya: insoniyatni tarbiyalashda falsafa” mavzusiga bag’ishlangan bo’lsa, Turkiyaning Anqara shahrida o’tkazilgan XXI Jahon falsafa kongressida “Falsafa jahon muammolari bilan yuzma-yuz” mavzusi atroflicha muhokama qilindi. XXII jahon falsafa kongressi birinchi marta Osiyo mamlakati bo’lmish Koreya Respublikasining Seul shahrida “Hozirgi davrda falsafani qayta anglash” degan umumiy mavzu ostida bo’lib o’tdi. Kongresslarning mavzularidan ko’rinib turganidek, falsafa real hayot bilan uzviy bog’liq va eng muhim muammolarni anglab etishga xizmat qilib keldi. Shunday muammolardan biri – insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol to’tirishda falsafaning roli va ahamiyati masalasidir. Buning uchun esa, albatta, qadimgi davr mutafakkirlarining asarlariga yana bir bor murojaat etish taqozo etiladi. Falsafa dunyoni anglash usuli sifatida. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati falsafaga, o’zining hayotdagi o’rni va vazifasini falsafiy anglab etishga ayniqsa muhtojdir. Falsafa real hayot bilan uzviy bog’liq va doim inson borlig’ining eng muhim muammolarini anglab etishga qarab mo’ljal oladi. Ayni Shu sababli hozirgi davrning muhim muammosi – globallaShuv va uni falsafadagi butunlay yangi mavzu sifatida falsafiy anglab etish muhim ahamiyatga ega. Falsafa predmeti va muammolarini muhokama qilishda alohida diqqatga loyiq bo’lgan boshqa bir mavzu insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol to’tirishda falsafaning roli va ahamiyatidir. Hozirgi vaqt faylasuflari bunday muammolarni yechish ustida ishni davom ettirar ekanlar, “Falsafa nima? U kimga va nima uchun kerak?”, “Falsafaning vazifasi nimadan iborat?”, “Falsafadan qanday, qaysi yoshdan va nima maqsadda tahsil berish lozim?” qabilidagi bir qarashda allaqachon o’z yechimini to’gan masalalarni yana kun tartibiga qo’ymoqdalar. Bu haqda ko’p va atroflicha so’z yuritilgan jahon kongresslari dunyoda falsafa predmet iga, Shuningdek u ijtimoiy rivojlanishga izchil ta’sir ko’rsatishga qodir yoki qodir emasligiga, agar qodir bo’lsa, buni u qay tarzda amalga oshirishi mumkinligiga nisbatan yagona yondashuv avvalgidek mavjud emasligini tasdiqlaydi. Fikrlarning bunday rang-barangligi, yuqorida qayd etib o’tilganidek, falsafaning o’ziga xos xususiyati, ya’ni u fikrlar plyuralizmi, har xil fikrlash imkoniyati bor joydagina mavjud bo’lishi mumkinligi bilan belgilanadi. Falsafaning unga yaxlit ta’limotga aylanish va tilning birligiga, umumiy qonunlar va metodologiyaga tayanish imkonini bermaydigan bu kamchiligi ayni vaqtda, u fanlararo kompleks muammolarni yechish talab etiladigan murakkab tizimlar bilan ish ko’rgan holda uning afzalligiga aylanadi. Quyidagilar hozirgi vaqtda insoniyat uchun eng muhim fanlararo kompleks muammolar hisoblanadi: barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash; ekologiya muammolari; jamiyat hayoti barcha jabhalarining globallaShuvi. Bu muammolarni falsafiy nuqtayi nazardan anglab etish alohida ahamiyat kasb etadi. Ilmiy yondashuvlardan farqli o’laroq, muammoga nisbatan falsafiy yondashish dalillarni talqin qilishda ko’proq erkinlik berilishi, ilgari surilayotgan qoidalarni isbotlashga nisbatan yengilroq talablar qo’yilishi, mushohadaga asoslangan ta’riflar berish, sub’ektiv baholash huquqi va Shu kabilar bilan tavsiflanadi. Bunday tadqiqotlar bir qarashda uncha katta ahamiyatga ega emasdek bo’lib tuyulishi ham mumkin. Lekin amalda bunday emas. Download 37.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling