Guruh: 1905 Fan: Jahon adabiyoti
Download 10.83 Kb.
|
Tilovova Dildora 1905 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu, Masaldurkim: «Charog‘ tubi – qorong‘u». Tuturmen ko‘zki, ko‘rsam orazingni, – Ki derlar: «Oqqan ariqqa oqar su(v)».
- Tilar vaslingni, Lutfiy, qil ijobat, – Ki ayturlar: «Tiloganni – tilogu
Talaba:Tilovova Dildora Guruh:1905 Fan:Jahon adabiyoti ORALIQ NAZORAT ISHI 1. Шеърнинг муаллифи ва номи.
LUTFIY :AYOQINGG‘A TUSHAR HAR LAHZA GISU...» G‘AZALI Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu, Masaldurkim: «Charog‘ tubi – qorong‘u». Tuturmen ko‘zki, ko‘rsam orazingni, – Ki derlar: «Oqqan ariqqa oqar su(v)». Yuzungni tuttum ortuq Oy-u Kundin, «Kishining ko‘zidur, ore, tarozu». Ko‘zing qonimdin iymanmas, ajabtur, – Ki: «Qo‘rqar, qaydakim qon ko‘rsa, hindu». Tilar vaslingni, Lutfiy, qil ijobat, – Ki ayturlar: «Tiloganni – tilogu». 1366-1465) XV asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotining eng mashhur lirik shoiri Lutfiy tomonidan ushbu g'azal yozilgan.Shuning uchun ham zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni «malik ul-kalom», ya’ni «so‘z podshosi» deb e’zozlagan. Manbalarda taxallusi oldidan «ulug‘ ustod» ma’nosidagi «Mavlono» sifatining qo‘shib tilga olinishi ham shundan.Lutfiy – yozma adabiyot vakili. Biroq so‘z san’ati tarixidan yaxshi bilamizki, dastlab og‘zaki adabiyot yuzaga kelgan. Yoz-ma adabiyot ana shu folklor zaminida paydo bo‘lgan. Shuning uchun o‘zbek mumtoz she’riyati taraqqiyotini xalq og‘zaki ijodi ta’siridan ayri tasavvur qilish aslo mumkin emas.Ayogingga tuahar har lahza gisu gazali XV asr ikkinchi yarmidan keyingi yillarda yozilgan aniq vaqti malum emas.Gazal goyasi shoirning yorga qanchalik oshiqligini naqadar go'zal yusinda tasvirlash bolgan va ayni antiqa yusinda maqollar bilan tasvirlab bergan.O‘qiganingiz g‘azal buning yorqin bir isboti yanglig‘ jaranglaydi. Uni muallif tamoman o‘zbek xalq maqollari asosiga qurgan. Har bir baytda shoir bittadan maqol qo‘llaydi. G'azal malum bir bir shaxsga qarata yozilmagan. Shoir oz mahoratidan foydalangan holda ijod namunasi sifatida yozgan. Maqollar go‘yo baytlar birinchi misrasida aytilgan krga bir isbot-dek keltiriladi. Shuning uchun barcha baytlarning ikkinchi satri maqol bilan tugaydi. Shundan ham bilib oldingizki, shoir beshta bir-biriga qo yadosh so‘z bilan tugaydigan maqol topgan. Demak, g‘azal janridagi bu besh baytdan iborat ekan.G‘azal hazaji musaddasi mahzuf (yoki maqsur), ya’ni«mafoiylun – mafoiylun – faulun (yoki mafoiyl)» vaznida yozil-gan. Taqte’si: V – – – / V – – – / V – – (yoki V – ~). Matla’ nihoyatda go‘zal, Lut yga xos lutf bilan qog‘ozga tushgan: har lahza soching oyog‘ing ostiga tushadi, shuning uchun, maqolda aytilganidek, «Chirog‘ tubi – qorong‘u». Bu yerda yorning yuzi aytilmagan holda oppoq nur taratib, yonib turgan chiroqqa qiyoslanyapti. Baytda keltirilgan maqol – juda mashhur. Biroq hozirgi zamonda shamchiroq deyarli ishlatilmagani uchun bu maqol kam qo‘llanadi. Holbuki, sham yoqilganda kuzating, rostdan ham uning tubiga nur tushmaydi, shuning uchun u yer qorong‘i bo‘ladi.Ikkinchi baytda lirik qahramon yorning yuzini (orazini) ko‘rishga ko‘z tutayotganini aytadi, axir, maqol bor-ku: «Oqqan ariqqa oqar su(v)». Bu maqol hozir ham ko‘p ishlatiladi. Faqat endi u «Oqqan daryo oqaveradi» shaklini olgan.Uchinchi baytda ham yuz tasviri izchil davom etadi. Shoir uni Oy bilan Quyoshdan ham ortiq deb ta’rifaydi, chunki «Kishining ko‘zi – tarozi» degan maqol bor-kuShu tariqa to‘rtinchi baytda tasvir yuzdan ko‘zga o‘tib oladi. Lirik qahramonning yor ko‘zi oshiq qonidan iymanmayotgani, ya’ni qo‘rqmayotganiga ajablanayotgani bejiz emas, axir: «Hindi qayda qon ko‘rsa, qo‘rqadi» degan maqol bor edi-ku! Bu yerda «ko‘zing – hindi» deyilayotgani yo‘q, lekin ko‘z tasviri bilan maqolda «hindi» so‘zi kelishi zimdan shuni yuzaga chiqazgan.Lutfiyning dardi – yor vasliga yetish, sababi u «Tiloganni tilogu» («Tilagan kishi tilagiga yetadi») degan maqolga umid bog‘layapti.Ko‘rinib turganidek, asarda boshdan-oxir irsoli masal san’a-tidan mahorat bilan foydalanilgan. Buning badiiy-tab’iy (badi-iy-estetik) jozibasi bor. Bir qofi ya tizimiga tushadigan shuncha maqolni topib, ularni ustalik bilan qo‘llashi shoirning yuksak mahoratidan dalolat beradi. Xulosa tarzida shu aytaolamanki,Lutfiy oz gazallarida ishqni yuksak o'ringa qo'ygan. Va oz mahoratidan judayam mahoratona ushbu gazalda maqollar bilan qofiyadosh qilib yozgan. Bunday gazal yozish ham bar kimning ham qo'lidan kelmaydi. Shoirning har bir baytida yorga qarata maqollar bilan murojat qilishi ham go'zal mahorat egasi ekanligidan dalolat beradi desam mubolaga bolmaydi.Yorni birinchi darajaga qo'yib chiroyli o'xshatishlar keltirishi ham gazalning ko'rkamligini oshirib bergan. Download 10.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling