Техnologiya ta’limining shakl va metodlari p f. f d. Pulatova Dildora Turgunovna


Download 74.64 Kb.
Sana18.10.2020
Hajmi74.64 Kb.
#134358
Bog'liq
Маърузага шал ва методлари

Техnologiya ta’limining shakl va metodlari p.f.f.d. Pulatova Dildora Turgunovna

Reja: 1. Texnologiya va uni o`qitish metodikasi fanining amaliy asoslari 2. Texnologiya va uni o`qitish metodikasi fanining nazariy asoslari

Texnologiya ta’limi tamoyillari ta’lim berish nazariyasini boshlang’ich qoidalari bo’lib ular o’quv ishlarining mazmunini uning tashkiliy formalarini va o’qituvchi mehnat darsini tayyorlash va o’tkazish vaqtida amal qilish lozim bo’lgan metodlarini belgilab beradi. Texnologiya ta’lim tamoyillari o’quvchilarning tarbiya maqsadlaridan kelib chiqadigan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Yana shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki ta’lim jarayoni mohiyati turli olimlar tomonidan turlicha tushunishganligi sababli didaktikaning ayrim tamoyillarini talqin qilish ham shunnigdek ularni bayon qilish tuzilishi ham turlicha bo’ladi. Mehnat ta’limi tamoyillarini bayon qilishda uni juftlab o’rganish prinsipini to’g’ri deb xisoblamoq kerak. Shunday qilganda mehnat ta’limi didaktikaning ayrim tamoyillari o’rtasidagi muayyan obyektiv mavjud aloqani ko’rsatish imkoniyati tug’iladi.

Didaktika pedagogikaning ta’lim jarayonini umumiy qonuniyatlarini o’rganadigan qismidir. Didaktika grekcha so’z bo’lib saboq bermok so’zidan kelib chiqkan. So’zma-so’z tarjima qilinganda didaktika ta’lim nazariyasi demakdir. Didaktika hususiy metodikalar bilan bog’langan holda barcha o’quv fanlari uchun umumiy qonun qoidalarini belgilab beradi. Mehnat ta’limini o’qitish uslubiyati fanidan tamoyillar mehnat darsi jarayonida qanday tadbiq etilishi ko’rib chiqamiz ular quyidagicha: 1. Onglilik va faollilik. 2. Ilmiylik sistemaliligi 3. Nazariya bilan amaliyot birligi. 4. Ta’lim va tarbiya birligi. 5. Ko’rsatmalilik 6. Mustaxkamlash va o’zlashtirish 7. Yosh va individual hususiyatlarini xisobga olish. 8. Izchillik. 9. Politexnik.

O’quv dasturlarini yaratishda: ilmiylik; g’oyaviylik; amaliyot va nazariya birligi; ta’lim va tarbiyaning o’zaro aloqadorligi; tizimlilik; tarixiylik; o’quv predmetlarining o’zaro bog’liqligi; o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish; o’quvchilar tarbiyasining ijtimoiy maqsadlarga mos kelishi kabi tamoyillar ustuvor o’rin tutadi.

O’qituvchi tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi: 1. rejalashtirish; 2. tashkil etish; 3. boshqarish; 4. nazorat qilish; 5. natijalarni baholash va tahlil qilish.

Materialni og’zaki bayon qilish bu o’quv materialni shunday bayon qilishni nazarda tutadiki buning natijasida Yangi texnika va mehnat tushunchalari ochib beriladi. MehnAat va texnologiya jarayonlari haqidagi tehnik iqtisodiy ma’lumotlar o’rganib chiqiladi, umuman mehnat usullari va topshiriqlarini bajarish yuzasidan tushuntirishlar beriladi. Bu metod asosida o’qituvchining jonli so’zi yotadi. Bu esa o’quvchilarga kuchli imoisiolnat ta’sir ko’rsatadi ularning tasavvurlarini boyitadi. Ijodiy fikr yuritishga undaydiu ko’pgina shahsiy ijobiy sifatlarni tarkib toptirishga yordam beradi. O’quv materialini bayon qilish muntazam, mantiqan, izchil va tuggalangan bo’lishi kerak. Bunda o’quvchilar materialini oson anglab olishi uchun o’qituvchi vaqti-vaqti bilan o’z tushuntirishini o’quvchilarga savollar berish bilan bulib turishi ularning o`zlashtitishiniva diqqatini tekshirish kerak

O`qitish metodlari – bu o`qituvchi rahbarligida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarni egalashlariga erishiladi. O`qituvchi o`z amaliyotida o`qitishning xilma xil usilaridan foydalanish mumkun. Bitta darsning o`zida turli usillarning qo`lashi mumkin. Talim metodlari quydagi asosiy talablarga mos kelishi kerak. Mazmunning to`g`riligi. O`qtuvchilarga aytiladigan faktlar o`quv pragrammasining mazmuniga mos kelishi va ilmiy asoslangan bo`lishi kerak. Aniqlik va isbotlilik. Mehnat ta’limining mazmuni odatda o`quvchilar tanishadigan nazorat qoidalarni va mehnat usullarni bajarish qoidalarini qiska, ammo aniq va ishonchli asoslash emosionnaliggi. Bayonning emosionalligi. Agar o`qituvchi uzi bayon qilayotgan materialga loqayd munosabatda bo`lsa, bu xol o`quvchilarga ham o`tadi va aksincha, o`qituvchi materialni ta’sirchan yo`sinda bayon qilsalar faktlar to`gri tanlash bunga yordam beradi, u holda o`quvchilar yangi ma’lumotlarni yaxshi idrok qiladilar va xotiralarida yaxshi saqlab qoladilar.

Instruktaj – mehnat ta’limining samarali metodlaridan biridir. Instruktajning maksadi o`quvchilarning amaliy faoliyatlarini uyushtirish va yo`naltirish orqali ularning amaliy-bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lishlari xamda ularda mehnatga ongli ijodiy yondoshishni tarbiyasini ta’minlashdir. Instruktaj olgan o`quvchiga ishning maqsadi va usullari ravshan bo`lishi kerak. instruktajning vazifasi o`quvchilarga texnologik jarayonni ongli va to`g`ri tanishtirishni o`rgatishdan iboratdir. Instruktaj olgan o`quvchilar: ishni rasional usullarda va to`g`ri izchillikda bajara bilishlari, mehnatni tashkil etishning belgilangan formalari va xavfsizlik texnikasi qoidalarining amalga oshirilishlari, yul qo`yilgan xatolarni ish jarayonidda tuzatishlari va ularning paydo bo`lish sabablarini bartaraf eta bilishlari kerak.

E’tiboringiz uchun tashakkur!


Download 74.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling