1 Mavzu: Falsafaning mohiyati va inson dunyoqarashi shakllanishidagi o`rni. Falsafa va iqtisod. Reja
Download 92.47 Kb.
|
1-mavzu
Falsafaning yangi sohalari. Falsafiy bilimning tuzilishi o‘zgarmas, uzil-kesil shakllangan emas. Falsafaning rivojlanishi va u hal qilayotgan muammolar doirasi kengayishiga qarab falsafiy bilim tuzilishida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Ilmiy nazariyalar yoki falsafiy g‘oyalar inqirozga uchragan yoki o‘zining asossizligini namoyish etgan taqdirda, ularning bilim tizimidagi o‘rni va rolini qayta baholash amalga oshiriladi, bu esa ba’zan ularning nazariy va amaliy ahamiyati yo‘qolishiga olib keladi. Masalan, flogiston nazariyasi, «falsafa toshi»ni izlash, empiriokrititsizm falsafasi va o‘z ahamiyatini yo‘qotib, tarix mulkiga aylangan boshqa ko‘pgina g‘oyalar bilan shunday bo‘lgan. Bugungi kunda falsafa bilan ham shunga o‘xshash hodisa yuz beryapti, degan fikr mavjud. Hatto falsafa o‘lyapti deb hisoblaydiganlar ham yo‘q emas.
Darhaqiqat, o‘zini oqlamagan g‘oyalar, yo‘nalishlar va konsepsiyalar bisyor, ularning aksariyati hozir juda og‘ir ahvolda, ayrimlari esa kuchli inqiroz holatini boshdan kechirmoqda. Ammo falsafa o‘zining birinchi ma’nosida – «donolikni sevish» sifatida, haqiqatning tagiga etish usuli sifatida, jon holati sifatida va nihoyat, dunyoqarashning alohida shakli sifatida insoniyat turguncha mavjud bo‘ladi. Buni falsafiy bilimning ayrim nisbatan yangi sohalari ham tasdiqlaydi (ba’zan ular mustaqil falsafiy fanlar maqomiga da’vogarlik qiladi). Ular falsafa yondashuvlari va metodlari jamiyat hayotining ayrim jabhalari, murakkab ob’ektlar, muayyan fanlar va shu kabilarni o‘rganishga nisbatan qo‘llanilishi natijasida yuzaga keldi. Ularning aksariyati falsafaning eng yangi tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, asosan XX asrga tegishlidir. Bu erda avvalo tabiat falsafasi, huquq, fan, tarix, siyosat, san’at, din, texnika falsafasi, tanatologiya, gerontologiya va boshqalar nazarda tutilmoqda. O‘tgan asrning so‘nggi o‘n yilliklarida tadqiqotning yana bir yangi va o‘ta muhim sohasi – globallashuv va u yuzaga keltirayotgan global muammolar falsafasi paydo bo‘ldiki, uni o‘rganish ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Download 92.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling