1-mavzu. Fan ijtimoiy-madaniy hodisa reja: Fan tushunchasining tahlili. Fan taraqqiyotiga oid yondashuvlar tasnifi
Download 1.27 Mb.
|
1-маърузалотин-1
Tajribaviy amaliy matnlar
Texnogen sivilizatsiya, fanning mikrokonteksti va makrokonteksti, fanning funksiyalari, tavsiflash, tushuntirish, prognoz, dogmatizm, murosasizlik, falsifikatsiyalanmaslik. Fanlarning tasnifi. Insoniyat taraqqiyotining muayyan davridagacha “Falsafa” olam haqidagi bilimlar tizimi sifatida shakllangan, mutafakkirlarning ilmiy, falsafiy g‘oyalari sifatida taqdim etilgan, jamoatchilik tomonidan ularga munosabat bildirilgan. Falsafa olamni bilishga ehtiyoj maxsuli sifatida namoen bo‘lsa fan shu ehtiejga javob izlash maxsuli sifatida namoen bo‘lgan. XVI-XVII asrlarda dastlabki fandan mumtoz fan bosqichiga o‘tilishi, ilmiy bilimlarning tizimlashtirilishi va nazariy asoslanishi natijasida tabiiy fanlar falsafadan ajralib chiqqan. Bugungi kunda fanlarning uchta katta turkumi: tabiiy-ilmiy, texnikaviy fanlar va ijtimoiy- gumanitar fanlar farqlanadi. Tabiiy fanlar – tabiat haqidagi fandir (yunoncha, tabiat-physis, lotincha, natura). Tabiiy fan ob’ektlari aksariyat hollarda moddiydir (makon va vaqt bundan mustasno, biroq ba’zi konsepsiyalarga ko‘ra, makon va vaqt moddiy ob’ektlarning xossalari bilan bog‘liq ravishda o‘rganiladi). Moddiy ob’ektlar narsa va maydondan iborat. Maydon (gravitatsion, elektromagnit) – hajmga ega bo‘lmasa-da, lekin makon va vaqt o‘lchoviga ega. Predmetiga ko‘ra, tabiiy fanlarning fundamental, nazariy, amaliy, texnikaviy va eksperemental kabi shakllari faqrlanadi. Fundamental fanlar tabiiy voqelikning rivojlanish qounniyatlarini o‘rganadi: fizika, kimyo, biologiya, geologiya va qator xususiy sohalar (fanlar)ga bo‘linadi. Mexanika, elektrodinamika, molekulyar fizika, organik kimyo, analitik kimyo, ornitologiya, fiziologiya, biogeoximiya, ekologiya kabilar shular jumlasidandir. Nazariy fanlar - tabiiy borliqning nazariy asosi matematika; amaliy fanlar - amaliy ahamiyati ustivor bo‘lgan fanlar: geometriya, tibbiyot, bioetika; eksperimental fanlar - nanotexnologiya, gen injeneriyasi, biologik identifikatsiya qilish texnologiyalari; texnika fanlari informatika, ijtimoiy informatika, tarmoq texnologiyalari, biotexnologiyalar, axborot texnologiyalari kabilardir. Texnika fanlari inson va jamiyatning tabiatni o‘zgartirishga qaratilgan sun’iy, moddiy ne’matlarni yaratishdagi ilmiy faoliyatdir. Ayni paytda tabiatshunoslikning turli bo‘limlarida sun’iy, moddiy narsalar yaratiladi: elementlarning yadro-fizikaviy asoslarining sintezi, kimyoviy narsalarning sintezi, gen injeneriyasi va boshqalar yordamida biotizimlarni yaratadi, ayni paytda ulardan jamiyat manfaatini ko‘zlab, tabiatni o‘zgartirishga qaratilgan amaliy maqsadda emas, balki ma’naviy maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun foydalanish mumkin. So‘nggi e’tirof bizga aynan «tabiatshunoslik» va texnika tushunchalarining ma’lum darajadagi teng kuchli bo‘lishi uchun birinchisi bilan mujassamlashgan holda texnika fanining ikkinchi belgisini shakllantirish uchun imkoniyat beradi. Bu belgi bilish faoliyatidir. Tabiatshunoslik uchun bunday asos inson va tabiat bilan maxsus aloqadan tashqarida tabiatning turli-tuman amaliy masalalarini bilish, texnika esa inson hamda jamiyat uchun tabiatni amaliy o‘zgartirish maqsadida tabiiy va sun’iy yaratilgan moddiy ob’ektlarni bilishdir. Texnikaviy bilimning bu ikki belgisi texnikaviy fan uchun umuman tabiatshunoslik va texnikaning o‘zaro ta’siri muammosini o‘rganishga hamda tabiatshunoslik va texnikaviy bilimlarning ma’lum texnika sohasidagi o‘zaro ta’siri muammosini o‘rganish uchun muhim metodologik asos bo‘ladi. Bu erda bir vaqtning o‘zida ham o‘zaro ta’sirni, ham texnikaviy bilimlarning tabiiy-ilmiy bilimlar bilan tarixan o‘zaro ta’siri jihatidan o‘rganilishi nazarda tutiladi yoki aksincha. G‘arbda texnika fanlari tahlili alohida yo‘nalish sifatida ajralib chiqqaniga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. CHarlz Snou o‘z vaqtida shunday deb qayd etgan edi: «Sof fan sohasida ishlaydigan odamlarda muhandislar va texniklar haqida butunlay noto‘g‘ri fikr shakllangan. Nimaiki fandan amalda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lsa, barchasi mutlaqo qiziqarsizdek bo‘lib tuyuladi. Ular muhandislikning ko‘pgina vazifalari aniqlik va izchillik jihatidan o‘zlari ustida ish olib borayotgan vazifalardan kam emasligi, bu vazifalarning echimi eng talabchan olimni ham qanoatlantirishi mumkinligini tasavvur qilishga qodir emaslar»15. Texnika fanlari doim ham munosib baholanmagan. XIX asrgacha tadqiqot, loyiha va uni amalga tatbiq etish o‘rtasida 150 yilga yaqin vaqt o‘tgan. Garchi oliy texnika o‘quv yurtlari (masalan, Parijdagi Politexnika maktabi) XVII asrdayoq yuzaga kelgan bo‘lsa-da, YA.Bekman taklif qilgan texnika jarayonlarining rivojlanishiga yo‘l ko‘rsatuvchi umumiy texnologiya dasturi olimlar e’tiboridan chetda qolib keldi. Faqat XIX asr oxirida, professional muhandislik faoliyati ilmiy hamjamiyat shakl-shamoyiliga ko‘ra tashkil etilganidan keyingina texnika fanlarining o‘ziga xos jihatlarini anglab etish uchun imkoniyat yaratildi. Biroq olimlar klassik tabiiy fan va texnika fanlari o‘rtasida yuzaga keluvchi qarama-qarshilikni qayd etar edilar. Bular klassik fan vakili sanalgan olim ko‘proq moyil bo‘lgan sxemalar va tuzilmalarning mavhumligi va analitikligi hamda texnolog ish olib borgan real ob’ektlarning tor ixtisoslashganligi. Texnika fanlarini o‘rganish bilan bog‘liq yo‘nalish asosan an’anaviy muammolar, chunonchi: texnikaning mohiyatini o‘rganish, texnika fanlarining o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etish, texnika va tabiatshunoslikning o‘zaro nisbati, fan-texnika taraqqiyotini baholashdan iborat edi. Texnika falsafasining otasi Fridrix Rapp bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarning natijalarini ancha tanqidiy baholadi16. Uning fikricha, o‘n tadqiqotdan faqat bittasini professionallik darajasi yuqori bo‘lgan tadqiqotlar qatoriga kiritish mumkin edi. Texnika fanlari ikki tarmoqqa: texnikada yuz berayotgan jarayonlarni tavsiflashga qaratilgan deskriptiv tarmoq va o‘z faoliyatida rioya qilishi lozim bo‘lgan qoidalarni ta’riflovchi normativ tarmoqqa bo‘linadi. Biroq texnika fanlari asoslarini metodologik tahlil qilishning teranlik darajasi uncha yuqori emas. Olimlar fikriga ko‘ra, bu jabhaga uni anglash shakllarining «oqsashi» xos. Ayni vaqtda, texnika fanlari va muhandislik faoliyati tabiiylik va sun’iylik dunyolarining o‘zaro aloqasi muammosining ahamiyati va ko‘lamini hisobga oluvchi aniq mo‘ljallarga muhtoj. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling