1-Mavzu. Fanga kirish. Asosiy tushunchalar. Reja


Linux OT ma’muri quyidagilarni bilishi talab qilinadi


Download 132.75 Kb.
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi132.75 Kb.
#1587267
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'ruza-1

Linux OT ma’muri quyidagilarni bilishi talab qilinadi:

 Linux yadrosi bazasidagi operatsion tizimlar oilasi haqida ma’lumotlar;
Linux OT yadrosi, distributivlari va utilitalarini o‘rnatish;
 tizimlarni yuklash va to‘xtatish (lilo va grub kabi yadro yuklovchilari va darajalari - runlevels, tizimdagi jarayonlar – init, initrd, konfiguratsion fayllar - /etc/inittab, log fayllar - syslog);
 fayl tizimi bilan ishlash (mount, fdisk, cfdisk, mkfs, mkswap, dump, restore kabi utilitalar);
 foydalanuvchi va guruxlarni qo‘shish va o‘chirish (useradd, usermod);
 yangi qurilmalarni qo‘shish (drayverlar, modullar, yadro kompilyatsiyasi);
 tarmoq bilan ishlash (ifconfig, ifup, ifdown, route utilitalari, /etc/sysconfig/network* konfiguratsiya fayli);
 tizimni yangilash (rpm, yum, apt paketlar va paketlar menejeri);
 vaqtni va vazifalarni sozlash (ntpdate, cron.daily, cron.weekly);
 jarayonlarni boshqarish va tizimni sozlash (ps, top, free, iostat);
 tarmoq xavfsizligini o‘rnatish (firewall, iptables);
 tarmoq xizmatlarini boshqarish (bind – DNS-server , dig, host – mijoz dasturlari, DNS va apache konfiguratsiyalashlar).


Linux OT ni administratsiyalashga namuna

Linux OT ni o‘rnatilganch tushunarsiz xarflar chiqmasligi uchun komandalar qatoriga


sudo nano /etc/rc.local
Fayliga exit 0ni
#exit 0
Keyingi qatorga :
setupcon
yozamiz , faylni saqlaymiz perezagruzka qilamiz
shutdown -r now
Va bizga kirilcha so‘zlar chiqa boshlaydi.
Login va parolni kiritib tarmoq interfaysini to‘g‘irlashga o‘tamiz u
sudo nano /etc/network/interfaces
Faylida bo‘ladi.
Interfaces faylida bo‘lishi mumkin axborotlar:
#The loopback network interface
auto lo
iface lo inet loopback
#The primary network interface
auto eth0
iface eth0 inet static
address 192.168.0.103
netmask 255.255.255.0
network 192.168.0.0
broadcast 192.168.0.255
gateway 192.168.0.1 (IP-adres i lokal tarmoqdagi mening routerim)
dns-nameservers 192.168.0.1 8.8.8.8 8.8.4.4
Yopamiz va sudo /etc/init.d/networking restart qilamiz.
Ifconfig komandasi orqali tekshirishimiz mumkin.
Bundan tashqari /etc/resolv.conf faylda xam DNC server axborotlarini yozamiz va saqlaymiz.
sudo apt-get update
Komandasi bilan yangilaymiz (obnovit)
sudo apt-get install rcconf
sudo apt-get install dialog
Bilan rcconf va dialog utilitalarini ustanovka qilamiz. Bu utilitalar zagruzka xizmatini konfiguratsiyalash uchun xizmat qiladi.
sudo rcconf – komandasini bersak utilita ishlasa demak o‘rnatilgan bo‘ladi.
Fayillar bilan ishlashni yaxshilash uchun fayl menedjeri Midnight Commander ni o‘rnatamiz:
sudo apt-get install mc
Tekshiramiz
Mc
Serverni masofadan turib boshqarmoqchi bo‘lsak SSH server OpenSSH o‘rnatamiz.
sudo apt-get install ssh
Buni tekshirish uchun uni ishlatamiz. U qo‘yidagicha bo‘ladi:
sudo service ssh restart
Agar ssh tizim perezagruzka bo‘lganda doim ishlash uchun
sudo rcconf ishlatib unga ssh ga yulduzcha qiyamiz.
sudo shutdown -r now – perezagruzka qilamiz.
Shu bilan Ubuntu Serverning boshlang‘ich nastroykasi tugaydi.
Repozitorlar ro‘yxatini obnovit qilamiz.
sudo apt-get update
sudo apt-get upgrade

Download 132.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling