1-Mavzu: Fanga kirish Reja


Download 52.61 Kb.
bet6/10
Sana05.01.2022
Hajmi52.61 Kb.
#230392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-MAVZU. FANGA KIRISH.

Absolyut va nisbiy yondashuvlar

Absolyut yondashuvchilar iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishida iqtisodchilar kasbiy mahoratining o‘sishi kabi ichki omillar ahamiyatiga urg‘u berishgan.

1950 - yillardan oldin iqtisodiyot nazariyasining ko‘plab nufuzli tarixchilari nisbiy yondashuvni yoqlab chiqishdi.

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi faniga yangi iqtisodiy nazariyalar olib keluvchi tashqi va ichki omillaming bir-biriga o‘zaro ta'sirining dinamik





(doimiy o‘zgaruvchi) jarayoni sifatida qarash zarur. Ayrim hollarda bu rivojlanishlar fan ichidagi qarama-qarshiliklar natijasi sifatida tushuntirilishi mumkin, boshqa joylarda esa o‘sha davming iqtisodiy va siyosiy muammolarini yaxshilab o‘rganib chiqish muhimroq, deb aytiladi. Ayrim hollarda yangi nazariyalami keltirib chiqaruvchi omillar shu qadar chalkashib ketadiki, nazariyaning yuzaga kelishida qaysi nazariya (nisbiymi yoki absolyutmi) muhimroq ekanligini aytish qiyin.

Iqtisodchilar har xilligini tushunishning bir yo‘li iqtisodiy ta'limotlar tarixining bir segmentini ko‘rib chiqishdir. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi bu o‘zgarishlar tarixiydir va bir vaqtlar noortodoksal bo‘lgan fikrlar boshqa bir davrga kelib asosiy ortodoksal fikrga aylanadi. Misol uchun, noortodoksal bo‘lgan Maltus, Tugan-Baranovski va Marksning fikrlari Keyns nazariyasida qisman aks ettirilgan. Bu o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga sabab ba’zi iqtisodchilar noortodoksal fikrlami qabul qilishni xohlaydilar, keyin esa uning to‘g‘riligiga boshqalami ham ishontiradilar. Shunday tarzda ulaming fikrlari asosiy ortodoksal yo‘nalishga qo‘shilib ketadi.

Noortodoksal maktablar fanning evolyutsiyasi tarixida muhim rol o‘ynaydi. Ular asosiy oqimni tanqid qilishda nuqson, nomuvofiqliklarini ko‘rsatib, ulaming sof va benuqson bo‘lishiga yordam beradi. Noortodoksal tushuncha va asosiy ortodoksal maktab rivojining o‘zaro ta’siri Alfired Marshallning iqtisodiy rivojlanishi misolida ko‘rish mumkin. U tarixiy maktab iqtisodchilari va abstrakt g'oyachilar qarashlariga qarshi chiqib neoklassik iqtisodiy yo‘nalishga asos soldi. Lekin Marshall nazariyasi XIX asr oxirida yashagan Amerika iqtisodchilari uchun o‘ta rasmiy va abstrakt nazariya edi. Amerika Iqtisodiyot Assotsiatsiyasi 1885-yilda tashkil topganda u asosan nemis tarixiy maktabi tarafdorlari tomonidan nazorat qilinar edi. Tarixiy- institutsional metodologik yo‘nalish tarafdorlari va iqtisodiyotning kelajagi abstrakt matematik tahlil modellarida, deb takidlovchilar o‘rtasida ochiqcha qarama-qarshilik mavjud edi. Ulaming qarama- qarshiligi hozirgi kun iqtisodiyotining shakllanishida muhim rol o‘ynagan. Amerika universitetlarida tarixiy-institutsional yo'nalishning ahamiyati yigirmanchi asr birinchi yarmi davomida pasayib bordi, neoklassik iqtisod esa (awal Marshal nazariyasi keyinchalik Valras nazariyasi) aksincha, Amerikada asosiy oqimga aylandi.[1]

Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar

Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari (ajdodlarimiz) miloddan ancha ilgari rivoj topgan. Buni dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri - Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan «Avesto» ham isbotlaydi. Olingan ma’lumotlarda «Avesto» kitobining muallifi Zardusht (m.         av. 589- 512-y.) bo‘lganligi qayd etiladi. U Markaziy Osiyo hududida    faoliyat ko‘rsatgan ilohiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo‘lgan.

«Avesto» boshidan oxirigacha yer yuzida adolat qaror topishi uchun kishilaming rangidan, tilidan va urf-odatlaridagi farqlaridan qat’iy nazar ulaming ro‘shnoli hayoti uchun kurashuvchi jasur, halol, pok insonlami shakllantirish va tarbiyalash g‘oyasi bilan sug‘orilgan. Unda xalqlaming qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari,
olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o‘z aksini topgan. «Avesto»da yer dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi okeanlar bilan o‘ralganligi haqida yozilgan. Unda 16 mamlakatning nomi ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan to‘qqiztasi (masalan, Sug‘diyona, Marg'iyona, Nisoya, Gurgon, Varana va boshqalar) Markaziy Osiyo hududida joylashgan.


«Avesto» shakllanishi davrida kishilik jamiyati yanada rivojlana bordi. Ko‘chmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush tarzi o‘mini o‘troq yashash egallay boshladi va dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik borgan sari taraqqiy etdi. Yangi-yangi shaharlar, obod qishloqlaming paydo bo‘lishi o‘troq yashash turmush tarzining afzalliklarini ko‘rsata bordi. Ana shu o'troqlik turmush tarzining odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan ko‘chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini ko‘rsatib berishda «Avesto»ning ahamiyati katta.

«Avesto»da: «... yeigayaxshi, sog‘lom urug‘lar sepishdan ortiq savob ish yo‘q...» deyilib, xalq xo‘jaligi sohasida dehqonchilikning muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib beriladi. «Olam go‘zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, kimki yeiga urug‘ qadabdiki, u odamiylikka iymon keltiradi, yagona shu yo‘lgina haqiqat bo‘lib, qolgani sarobdir», -deyiladi unda. Qo‘riq va bo‘z yerlami o‘zlashtirish, uni jamoa o‘rtasida adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Asarda oziq-ovqat tayyorlash, uy hayvonlarini va chorva mollarini ko‘paytirishga ham alohida e'tibor berilgan.

«Avesto»da yer, suv, havoni bulg‘ash, ifloslantirish og‘ir gunoh hisoblanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlami ham tabiatga, atrof-muhitga aslo vahshiyona munosabatda bo‘lmaslikka chorlaydi.

Kitobda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda shunday deyiladi: «Yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va na sog‘lom baquwat bolalarga ega bo‘ladi... Yomon ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib ketadi. Agar non mo‘l-ko‘l bo‘lsa, muqaddas so‘zlar ham yaxshi qabul qilinadi». Bu yerda biz sog‘lom avlod to‘g‘risida, iqtisodiy va madaniy, ma'naviy yuksalish o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi to‘g‘risida fikr yuritilganligini ko‘ramiz. 0‘sha davrda aytilgan bunday fikrlar ajdodlarimiz Qadimgi Dunyo madaniyatida yuqori yutuqlarga erishganligidan dalolat beradi.

Bu noyob kitobda patriarxal urug‘ jamoasi haqida, uning tugatilishi davrida iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqida qimmatli ma'lumotlar beriladi. Demak, «Avesto» miloddan awalgi IX-VII asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma'naviy hayoti haqida g‘oyat muhim ma'lumotlar beruvchi bebaho obida, xalqimizning merosiy boyligidir.


Download 52.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling