1-Mavzu: Fanga kirish Reja
Download 52.61 Kb.
|
1-MAVZU. FANGA KIRISH.
Qadimgi Xitoy iqtisodiy g‘oyalari
Qadimgi Xitoy iqtisodfy g‘oyalari. Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m.aw. 551 - 479-y.) alohida o‘rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy» («Suhbat va mulohaza») to‘plamida aks ettirilgan. Uning fikricha mehnat ham kishilaming, ham davlatning boyligini ko‘paytiradi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, ikkinchisini ko‘proq qo‘llaydi. Bu yerda u xususiy mulkni xo‘jalik yuritishda ustun qo‘yadi. Konfutsiy aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini ko‘rsatib, aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa, asosiy qismi qullardan iborat bo‘lgan «oddiy» kishilar shug‘ullanadi, deb qayd qilib o‘tadi. Konfiitsiy ta’limotiga ko‘ra bilimdon hukmdor- u «xalqning otasi», va boylikni ancha tekis taqsimlashning kafolatidir [2] . Uning tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomonidan jamiyat toifalarga ajratilgan, shu bilan birga u har bir odamni ma’naviy yuksalishga da’vat etgan, kattalarga bo‘lgan hurmat qoidalari to‘g‘risida, farzandlik burchi to‘g‘risida, aka-ukalar o‘rtasidagi do‘stlik to‘g‘risida qimmatli fikrlami ilgari surgan. Konfutsiy taMimotidan shu narsani ko‘rish mumkinki, agar reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda ustalik bilan xo‘jalik yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo bo‘ladi» deb ta’kidlangan. Xitoyda miloddan oldingi IY-III asrlarda xitoylik mualliflar birgalikda yozgan asar «Guan-tszi» g‘oyalari keng tarqalgan. Bu asarda ilgari surilgan ba’zi masalalar, garchi ular ziddiyatli bo‘lsada, bugungi kunda ham diqqatga sazovor. Masalan, asarda oltin, marvarid alohida boylik sifatida ko‘rilmaydi; bunday boylik deb eng awalo, moddiy ne’matlar (tovar) e’tirof etiladi. Asarda ko‘rsatilishicha, bir tomondan, «oltin davlat resurslarini hisoblash o‘lchovi hisoblanadi», ikkinchi tomondan, u «xalq ommasi uchun muomala vositasi bo‘lib xizmat qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi to‘g‘risida aniq fikr yuritiladi va qayerda nonning narxi tartiblanib turilsa, o‘sha yerda tinchlik, osoyishtalik bo‘ladi, deb qayd etiladi. Iqtisodiyotni tartibga solib turish uchun, asar mualliflari davlatning don zaxiralarini tashkil etishni, yer egalariga imtiyozli kredit berishni, temir va tuzga bo‘lgan to‘g‘ri soliqlami egri soliqlar bilan almashtirish, ya’ni ulardan foydalanib ishlab chiqariladigan tovarlarga bo‘lgan soliqni kengaytirishni tavsiya etadilar. «Guan-Tszi» mualliflari «davlatni boy, xalqni mamnun» holda ko‘rishni xohlaganlar. Asarda yer va suvlami davlat ixtiyoriga o‘tkazish, ulardan daromad olish yo‘lida foydalanish, baholami tartibga solish va boshqa hozirgi kunda ham e’tiborga molik iqtisodiy g‘oyaIar ilgari surilgan. Guan Tszining asarlari shuni ko‘rsatadiki, vaqt va makondan o‘tadigan taklif va talab g‘oyalari umumiy xarakterga ega. Ular boshqa madaniyatlarga kiritilgan harbiy g‘oyalar emas, balki hammasi institutsiya tuzumlarida ko‘rinadigan haqiqatdir. Iqtisodiy g‘oyalaming umumiy tuzimi umuminsoniydir. Lekin masala siyosatga kelganida Guan Tszida ham aks ettirilgan fikrlar iqtisodiy zakovotlar institutsional tizimdan mustaqil tarzda bevosita siyosiy oqibatlarga ega emas. Institutsional tizim o‘zgarganda siyosiy oqibatlar ham o‘zgaradi. Guan Tszi faol tarzda siyosatni o‘z zamonining institutsional tizimiga moslashtirish uchun bozor kuchlariga qarshi emas, balki bozor kuchlari bilan muvofiqlikda tizimlashtirdi. Hozirda Xitoy muhim iqtisodiy islohotlar jarayonlarini boshidan kechirmoqda va G‘arb iqtisodchilari uni qay tarzda tuzish va boshqarish bo‘yicha fikrlar olish uchun murojat qilmoqdalar. Xitoy an’analariga ko‘ra Guan Tszini o‘rganish G‘arbiy hamkorlaming ortodoksal tahlilidan ko‘ra Xitoy iqtisodiyotiga yuzlanish joiz.[3] Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy fikrlar Iqtisodiy fikrlar qadimgi Yunonistonda yanada rivojlantirildi. Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida iqtisodiy muammolar maxsus tadqiqot obyektiga aylandi. Buni Sokratning shogirdi, Platonning zamondoshi Ksenofont (m.av. 430-355) asarlarida yaqqol ko‘rish mumkin. Uning ko‘p sonli asarlari ichida «Daromadlar to‘g‘risida» va «Ekonomiks» nomli (xo‘jalik to‘g‘risida ta’lim) maxsus iqtisodiy asarlari alohida ahamiyatga ega. Download 52.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling