Reja: Bozor tushunchasi va uning vazifalari
Download 91.5 Kb.
|
1355648560 41161
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor tushunchasi va uning vazifalari
www.arxiv.uz Reja: 1. Bozor tushunchasi va uning vazifalari 2. Bоzоr iqtisodiyoti tushunchаsi vа uning mohiyati 3.Erkin va monopollashgan bozor 4. Bozorning turlari va unsurlаri Bozor tushunchasi va uning vazifalari Bozor deganda kishilar ko`z oldida ko`pchilik yig`ilib savdo-sotiq yuz beradigap joy gavdalanadi. "Bozorga boraman" deganda xam o`sha joyga borish tushuniladi, lekin ko`pchilik magazin, birja yoki auktsionni bozor tarzida xayoliga ham keltirmaydi. Bu tabiiy. Chunki, odamlarda shunday ko`nikma hosil bo`lgan. Aslida "Bozor" tushunchaciga boshqacharoq qarash kerak. Bozor iqtisodiyoti va bozor tushunchalari o`zaro bog`liq bo`lsa-da, ular aynan bir narsa emas. Agar bozor iqtisodiyoti yaxlit bir organizm hisoblansa, bozor uning muhim a`zosidir. Bozor faqat savdo sotuvdan iborat faoliyatni bildiradi. Bozor sotuvchilar bilan haridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan o`zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir. Bozorda sotuvchilar va haridorlar bir-birini topadi. Bozor ularni bir-biriga bog`lab turuvchi mexanizm hisoblanadi. Bozor bu barter emas, balki oldi-sotdi qilish, ya`ni tovarlarni pul vositasida ayriboshlashdir. Pulsiz bozor bo`lishi mumkin emas. Bozor bo`lishi uchun oldi-sotdi ham haridorga, ham sotuvchiga manfaatli bo`lishi talab qilinadn. Sotuvchi o`z tovarini yaxshi qo`llasa, haridor esa kerakli tovarni ma`qul narxda topa biladi, shuning uchun ham ular muhim aloqada bo`lishga intiladi. Хo`sh, kim sotuvchi-yu, kim haridor? Bozorning har bir ishtirokchisi, u kim bo`lishidan qati nazar (iste`molchi, fuqaro, firma, davlat), bir bozorda sotuvchi bo`lsa. boshqa bozorda haridor vazifasini o`taydi. Хaridorda tovarni malum narxda sotib olish ishtiyoqi bor. Sotuvchilar esa tovarlarni bozorga chiqarib ularni ma`lum narxda haridorlarga taklif etuvchilardir. Хaridorlar va sotuvchilar har doim bir-birlarining hojatini chiqarib, hamkorlik qiladilar, kerakli tovariing narxini kelishib, o`zaro iqtisodiy murosaga keladilar. Bu bozordagi murosa deyiladi. Uy xo`jaliklari, birinchidan, oddiy iste`molchilardan (masalan,oila yoki yakka odamdan), ikkinchidan, resurs egalaridan iborat. Ular haridor sifatida bozordan tovarlar va xizmatlarni olsa, sotuvchi sifatida ish kuchi, er va pul mablag`ini bozorga chiqarib sotadilar. Ish kuchi mehnat bozorida, er ko`chmas mulk bozorida, pul esa moliya bozorida (bank orqali) sotiladi (bular birgalikda resurslar bozori deyiladi). Uy xo`jaliklari resurs bozoriga tovar chiqarib, u erdan pul oladilar. Bu pulni tovarlar bozoriga chiqarib, u erdan ists`mol buyumlari oladilar. Tovar ishlab chiqaruvchi firmalar, fermer xo`jaliklari yoki yakka tartibda ishlab chiqaruvchilardan iborat. Ishlab chiqaruvchilar ham ikki bozorda ish ko`radilar. Ular resurs bozoridan ish kuchi, xomashyo, er va qarz puli topadilar, ya`ni ularni sotib oladilar. Ayni paytda ular bozorga tovar chiqarib, u erdan pul oladilar. Davlatga kelsak, u ham uy xo`jaliklaridan va tovar ishlab chiqaruvchilardan tovar olib, ularga pul beradi, ammo ulardan yana pul ham oladi. Bu undirilgan soliqlardir. Davlat tovarlarni maxsus buyurtma orqali oladi. Bunga misol qilib mamlakatimizda amalda bo`lgan paxtakorlarga beriladigan davlat buyurtmasini olish mumkin. Unga binoan belgilangan miqdordagi paxta davlatga etkazib beriladi, paxtaning qolgan qismi erkin narxlarda sotiladi. Bozordan tovarni sotib olish uchun pul kerak, buning uchun esa nimanidir sotish kerak. Demak, haridor, albatta, sotuvchi vazifasini ham o`tashi lozim. Uy bekasi bozor qilganda pul bilan chiqib, uyiga tovar bilan qaytadi. U go`yo hech narsa sotmadi. To`g`ri, u shu damda tovar sotmadi, lekin uning hamyonidagi puli oldin sotilgan tovarning xaqi. Masalan, uning oila a`zolari o`z ish kuchini firmaga yoki davlatga sotib, ish xaqi olgan. Shu pulni beka bozorga olib chiqadi. Mazkur oila bankka pul quygan bo`lsa, unga ham haq oladi, uyini ijaraga bersa, ijara xaqi oladi. Uy bekasi uchun sotish operatsiyasi oldin bo`lib, xarid etish operatsiyasi keyin bo`lgan, xolos. Demak, bozorda oldi-sotdi har xil vaqtda kechishi mumkin. Bozorda davlatning ishtiroki boshqacharoq. Agar davlatning korxonasi bo`lsa, u ham tovar sotadi. Ammo aksariyat davlat idoralari va mahkamalari bozorda o`z xizmatini sotadi. Bu xizmatning xaqi olinadigan soliqlar hisoblanadi. Tushgan pulga davlat bozordan resurslar va tovarlar sotib oladi. Bozorning afzalligi ham shuki, u oldi-sotdidan iborat iqtisodiyaloqalarni o`rnatadi. Download 91.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling