Reja: Bozor tushunchasi va uning vazifalari
Ishlab chiqarish vositalari va resurslar bozori
Download 91.5 Kb.
|
1355648560 41161
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish kuchi yoki mehnat bozori
- .Moliya bozori
Ishlab chiqarish vositalari va resurslar bozori — ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan narsalar bozori. Bu bozorda ulgurji savdo-sotiq yuz beradi. Mazkur bozor savdo firmalari, savdo uylari, birjalar faoliyatida, er va boshqa ko`chmas mulk savdosida namoyon bo`ladi. Bunday bozorda resursga talabgorlar resurs etkazuvchilar bilan koitrakt-shartnomalar asosida aloqa qiladilar. Resurs bozorining bosh bo`g`ini tovar birjasi hisoblanadi.
Tovar birjasi ulgurji savdo bilan shugullanuvchi tijorat korxonasidir. Birjadagi savdo-sotiq opsratsiyalari quyidagi belgilarga ega: a) birjada tovarlarni etkazib berish haqida bitim tuzishib, ularning pulini to`lash birjadan tashqarida yuz beradi; b) birjada sotiladigan tovarlarning o`zi emas, ularning namunasi va naqdligini tasdiqlovchi xujjat qo`yiladi; v) birjada hali yo`q tovarlarni sotish haqida ham bitim tuzidadi, bu qishloq xo`jaligi mahsulotlariga taalluqlidir. Bo`lg`usi hosil yuzasidan savdo bitimi ilgariroq tuzilib, tovarni etkazib bsrish hosil yig`ilganidan keyii yuz beradi; g) birja uyushgan bozor bo`lib, bu erdagi savdo-sotiq operatsiyalari belgilangan tartibda o`tkaziladi. Universal birjalar har xil mollar bilan savdo qilsa, ixtisoslashgan birjalar ayrim tovarlarni (don, paxta, metall va hokazo) sotadi. 3. Ish kuchi yoki mehnat bozori — ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Ish kuchi maxsus tovar bo`lganidan uning bozori o`z xususiyatiga ega. Ish kuchi insonning ishlash qobiliyati. Agar oddiy tovar sotilganda uning egasi o`zgarsa, ish kuchi necha marta sotilmasin, o`z egasi bilan birga qoladi. Chunki,b uni inson jismidan ajratib bo`lmaydi. Mehnat bozori mehnat birjalari, ishchi yollovchi vositachi firmalardan va nihoyat, kishilarni bevosita ishga jalb etuvchi korxonalarning o`zidan iborat. Sharqqa xos bo`lgan tartibsnz mehnat bozori - bu mardikor bozoridir. 4.Moliya bozori ham bozorning maxsus turi. Moliya bozori deganda moliya resursiga (vositasiga) aylangan pul mablag`lari va ularga tenglashtirilgan qimmatbaho (qiymatli) qog`ozlar bozorini tushunish kerak. Moliya bozori tarkiban kredit (qarz puli) bozori, qimmatbaho qog`ozlar bozori va valyuta bozoridan iborat (bu masala keyingi boblarda batafsil yoritiladi). Valyuta auktsioni, kredit pullari auktsioni, banklar, moliya kompaniyalari, fond birjalari (qimmatli qog`ozlar birjasi) va boshqalarning faoliyati bu bozorning yaqqol ko`rinishidir. 5. Download 91.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling