1-Mavzu: Fanning asosiy maqsad va vazifalari
Download 74.98 Kb.
|
1 Мавзу Фаннинг асосий мақсади ва вазифалари Чизикли ночизиқли,изотроп
Molekula: Hozirgi zamon tushunchasida moddaning barcha ximiyaviy xossalarini о‘zida jamlagan eng kichik zarrachadir.
Molekula mustaqil bо‘la olish xususiyatiga ega. U bir xil atomlardan masalan: O2, N2, H2, O3 fosfor R4, oltin gugurt S6 yoki turli atomlardan tashkil topishi mumkin. Masalan: CN4, GeH4, C6H6, C2H2, SiH4 va hokazo. Eng sodda molekula bitta atomdan tashkil topgan, bо‘lar inert gazlardir. Fransuz fizigi J.Pyerren 1906 yilda Braun harakatini о‘rganayotganda birinchi bо‘lib molekulalarning mavjudligini eng ishonchli tarzda eksperimental isbot qilib berdi. Molekulalar muayyan о‘lcham va shakl bilan harakterlanadi. Agar molekulyar og‘irlik va ushbu modda zichligi ma’lum bо‘lsa, uning molekulalari о‘lchamini aniqlash mumkin. Buning uchun moddaning gramm-molekulasi egalaydigan hajmni Avogadro soniga (6,021023) bо‘lish lozim. Avogadro sonining о‘zi mikrodunyoning kо‘lami, molekulalarning о‘lchamlari haqida tasavvur beradi. Masalan: 1 sm3 suvni olaylik uning massasi 1 g, u suvning 1/18 moliga teng. Demak: 1 sm3 suvda suv molekulasi bor ekan, bundan kо‘rinadiki, bir molekula hajmi ga teng Molekulaning chiziqli о‘lchami, ya’ni hajmning kub ildizidan chiqadigan kattaligi taxminan 310-10 m yoki 0,3 nm ga teng bо‘ladi. Bu kattalik molekula diametri kattaligini beradi. Molekulalarning shakli atomlararo bog‘lanish uzunligi hamda bog‘lanishlar orasidagi burchak orqali aniqlanadi. Masalan suv molekulasida bog‘lanishning uzunligi taxminan ni, ikkita bog‘lanish orasidagi burchak ni tashkil qiladi. О‘z navbatida bog‘lanishlar uzunliklari va ular orasidagi burchaklar, atomlar elektron qobiqlarining tuzilishiga va ularning bir-biriga ta’siriga bog‘liqdir. Molekulalarning tuzilishi rentgenografiya, elektronografiya va netronografiya, molekulyar spektroskopiya yordamida о‘rganiladi. 1869 yilda Mendeyelev elementlar davriy sistemasini yaratdi. Tarixan molekulaning tuzilishi haqida kо‘p ma’lumot mavjud. Butlerovning ximiyaviy tuzilish nazariyasi katta ahamiyatga ega. Bu nazariyaning asosiy mohiyati quydagilardan iborat (1862). Atomlar molekulada qat’iy qonuniyatlar asosida joylashadi. Atomlar valentliklari asosida birlashadi. Molekuladagi nafaqat yonma-yon turgan atomlar bir-birovi bilan ta’sirlashadi, balki hamma atomlar orasida о‘zaro ta’sirlashuv mavjud. Molekulalar о‘zlarining geometrik kо‘rinishlari jixatdan har-xil bо‘lishi mumkin, ya’ni chiziqli molekulalar, piramida va tetroyedr hamda egri-bugri molekulalar mavjud bо‘ladi. Molekulaning razmeri qancha katta bо‘lsa tashkil etuvchi atomlar soni ham shuncha kо‘p bо‘ladi. Umuman olganda yadrolar orasidagi masofa bо‘ladi. Agar yadrolar orasidagi bog‘lanish qancha kuchli bо‘lsa ular orasidagi masofa shuncha kichik bо‘ladi. Hamma ikki atomli molekulalar va kо‘pgina 3 atomli molekulalar atomlari bir chiziqda joylashadi. Shuning uchun ham bunday molekulalarga chiziqli molekulalar deyiladi. Masalan: CO2, C2H2, N2, H2,O2 … Bog‘lanishlar orasidagi burchak =180 ga teng. Nochiziqli yassi molekulalarga (uchburchakli) yadrolari bitta tekislikka joylashgan va uch atomli molekulalar kiradi. H2O NO2 O3 Noyassi molekulalarga eng kamida turtta atomi bо‘lgan molekulalarni misol qilib kо‘rsatish mumkin. NH3 CH4 tetroedr Egri bugri molekulalarga normal parafinlarni misol qilib kо‘rsatish mumkin. Bularda bog‘lanishlar orasidagi burchak taxminan 900 ga teng . Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki: Yorug‘likning moddalar bilan о‘zaro ta’sirlashuvi natijasida kelib chiqadigan hodisalar molekulyar – optik hodisalar deyilib, bu hodisalarni о‘rganishga bag‘ishlangan fizikaning bо‘limi molekulyar optika deyiladi. Molekulyar optikaning bosh masalasi: muhitning xossalarini shu muhitni tashkil etuvchi molekulalarning doimiy kattaliklari orqali aniqlashdan iborat yoki aksincha. Download 74.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling