Xxv. Molekulalar. Vodorod molekulyar ioni. Vodorod molekulasi. Ikki atomli molekulalar termlari


Download 49.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi49.8 Kb.
#1830900
  1   2   3   4
Bog'liq
Lekciya 29-30 (1)



191 
25-MA’RUZA. 
XXV. MOLEKULALAR. VODOROD MOLEKULYAR IONI. VODOROD 
MOLEKULASI. IKKI ATOMLI MOLEKULALAR TERMLARI 
 
Molekulalar va ularning hosil bo‘lishi. Molekula – bir jinsli moddaning eng kichik 
zarrasi bo‘lib, shu moddaning asosiy kimyoviy xossalariga ega bo‘ladi. «Molekula» 
tushunchasi kimyo faniga 1860-yilda kiritilgan bo‘lib, uning mavjudligi 1906-yilda 
J.Perren tomonidan tajribada tasdiqlangan.
Molekula atomlar orasidagi kimyoviy bog‘lanishlar orqali o‘zaro birlashgan bir xil 
yoki turli xil atomlardan tashkil topgan barqaror tizimdir. Masalan, vodorod molekulasi 
(H
2
), kislorod molekulasi (O
2
), azot molekulasi (N
2
), bir xil atomlardan tashkil topgan ikki 
atomli molekulalardir. Osh tuzi molekulasi (NaCl) ikki xil atomlardan tashkil topgan ikki 
atomli molekuladir. Molekulalar (H
2
, C
6
H
6
, NH
3
), atomlar, ionlar (SO
−4
, BF
−4
, NO
−3
), 
radikallar (CH
3
, OH, C
5
H
5
) orasida kimyoviy kuchlar ta’sir qiladi. Bu kuchlar 
molekulalarning erkin, ya’ni boshqa zarralardan ajralgan alohida holatidagi barqarorligini 
ta’minlaydi. Masalan, C
2
, CH
3
, I
2
molekulalari erkin, alohida holatda keraklicha uzoq vaqt 
mavjud bo‘la oladi. Lekin ular bir-biri bilan birlashsa, oddiy sharoitda ham tegishlicha 
grafit, etan, yod kristalliga aylanadi. Bunday molekulalar atomlar orasidagi kimyoviy 
bog‘lanishlar tufayli mustaqil mavjud bo‘la oladi. Kimyoviy bog‘lanishlar – ikki yoki bir 
nechta atomlarning o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida kimyoviy barqaror tizimlar 
(molekulalar, radikallar, kristallar va b.) hosil bo‘lishidir.
Atomlar orasidagi kimyoviy bog‘lanishlar atomning tashqi qobig‘idagi elektronlarning 
(valent elektronlarning) turli xil o‘zaro ta’sirlari orqali tushuntiriladi. Ichki qobiq 
elektronlari atomning kimyoviy xossalariga ta’sir qilmaydi. Elementlarning kimyoviy 
xossalari tashqi qobiq elektronlari bilan aniqlanadi. Atomlardan molekulalar hosil 
bo‘lishida ta’sir qiladigan kuchlar musbat zaryadlangan yadro va manfiy zaryadlangan 
elektronlar orasidagi elektrostatik o‘zaro ta’sir kuchlaridan iboratdir. Atom spektrlarini 
tahlil qilish, spektrlarda kuzatiladigan asosiy qonuniyatlar atom elektron qobig‘i tuzilishi 
va atom elektron holatlari bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. U yoki bu molekulaning hosil 
bo‘lishida atomlarning muhim bo‘lgan kimyoviy xossalari ham elektron qobiqlar xossalari 
bilan tushuntiriladi. Lekin
atomlarning kimyoviy xossasi bitta atomda emas, balki o‘zaro 
ta’sirlashib molekula hosil qiladigan atomlar to‘plamida namoyon bo‘ladi. Bu esa 
molekulani tashkil etuvchi atomlar o‘zaro ta’sirlashuvchi kuchlar bilan bog‘langanligini 
ko‘rsatadi. Molekulani atomlarga ajratish uchun ma’lum miqdorda ish bajarish kerak, 
ya’ni energiya sarflash kerak. Aksincha, molekula hosil bo‘lish jarayonida energiya 
ajraladi. Bu esa molekula atomlarini bog‘lab turuvchi kuch mavjudligini ko‘rsatadi. 
Molekula hosil bo‘lishida ajraladigan energiya molekulada atomlarni bog‘lab turadigan 
o‘zaro ta’sir kuchi o‘lchovi hisoblanadi. Molekulalar ikki atomdan, uch atomdan va ko‘p 
sondagi atomlardan tuzilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, osh tuzi bir natriy atomidan va bir 
xlor atomidan tuzilgan, ya’ni osh tuzi molekulasi ikki atomli molekuladir. Suv molekulasi 


192 
ikki vodorod atomidan va bir kislorod atomidan tuzilgan, ya’ni uch atomli molekulani 
hosil qiladi. Molekulalar o‘lchami turli moddalar molekulalari uchun turlicha bo‘ladi. 
Masalan, vodorod molekulasi (H
2
) o‘lchami 2,47
⋅10
–8
sm, kislorod molekulasi (O
2

o‘lchami 2,98
⋅10
–8
sm, suv molekulasi (H
2
O) o‘lchami 2,72
⋅10
–8
sm va h.k.
Molekulalar o‘lchami diffuziya, issiqlik o‘tkazuvchanlik, ichki ishqalanish hodisalari 
asosida aniqlanadi. Atomlarning molekulaga birikishi to‘ldirilmagan tashqi elektron qobiq 
bilan bog‘liq.
Molekuladagi atomlar aniq bir tartib bilan o‘zaro bog‘langan va fazoda ma’lum 
tartibda joylashgan bo‘ladi. Molekula tuzilishi fazoda va vaqt oralig‘ida barqarorligi bilan 
xarakterlanadi. Molekulaning barqarorligi uning boshqa zarralar bilan o‘zaro ta’siriga, 
temperaturaga, bosimga va boshqa tashqi faktorlarga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, juda 
yuqori temperaturalarda ko‘pchilik molekulalar atomlarga ajraladi, ya’ni molekulyar 
tuzilishi buziladi. Molekulaning asosiy xarakteristikasi bu uning ichki energiyasi bo‘lib, 
faqat kvantlangan qiymatlarni qabul qiladi. Molekula hosil bo‘lishida atomlar orasidagi 
kimyoviy bog‘lanishlarda atomlarning o‘zaro bog‘lanish sohasida elektronlar zichligining 
qayta taqsimlanishi muhim o‘rin tutadi. Atomlarning o‘zaro bog‘lanishi sohasida 
elektronlar zichligi taqsimlanishining qaydayligiga bog‘liq ravishda kimyoviy 
bog‘lanishlar asosan uch turga bo‘linadi – kovalent (gomepolyar), ion (geteropolyar) va 
metall bog‘lanishlar. Bunday bog‘lanishlarning har birining o‘z nazariyasi mavjud. 

Download 49.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling