Xxv. Molekulalar. Vodorod molekulyar ioni. Vodorod molekulasi. Ikki atomli molekulalar termlari


Download 49.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi49.8 Kb.
#1830900
1   2   3   4
Bog'liq
Lekciya 29-30 (1)

Molekulalar spektrlari. Molekulalar spektri o‘z tabiati bilan atomlarning chiziqli 
spektridan farq qiladi. Molekulalar spektrlari o‘z xarakteriga ko‘ra
yo‘l-yo‘l spektrlar deb 
ataladi. Spektrda yo‘llar ma’lum bir tartibda joylashgan bo‘lib, yo‘llar seriyalarni tashkil 
qiladi. Spektrda bir qator seriyalar kuzatiladi. Molekulalar spektri atom spektriga 
qaraganda murakkab tuzilgan, bu esa molekulalarning tuzilishi murakkab ekanligini 
ko‘rsatadi.
Molekulalar nurlanishi spektrining hosil bo‘lishini quyidagicha tushuntirish mumkin: 
molekulalar nurlanishi molekulaning bir stasionar energetik sathdan undan quyiroqda 
joylashgan sathga o‘tishida hosil bo‘ladi. Molekula stasionar holatining energiyasi bir 
necha faktorlarga bog‘liq. Masalan, ikki atomdan tashkil topgan molekulaning energiyasi 
uch qismdan iborat: 1. Molekulaning elektron qobig‘ining energiyasi E
elek
; 2. Molekula 
tarkibidagi atomlar yadrolarining tebranish energiyasi E
tebr
; 3. Molekula o‘zining biror 
o‘q atrofida aylanish energiyasi E
ayl
.
Molekulaning bu uch xil energiyasidan hosil bo‘ladigan energetik sathlar 1-rasmda 
tasvirlangan. Rasmda molekulaning tebranma, aylanma, elektron energetik sathlari 
ko‘rsatilgan.


193 
1-rasm. 
Molekulaning tebranma energiyasi elektron bulut energiyasini orttiradigan qo‘shimcha 
kattalik qaralishi mumkin. Molekulaning aylanishi esa har bir tebranish energetik sathini 
bir necha bir-biriga yaqin joylashgan sathlarga ajralishiga olib keladi. Bu sathlar aylanma 
sathlar deb ataladi. 
Yuqoridagi mulohazalarga asosan molekulaning to‘liq energiyasi quyidagi energiyalar 
yig‘indisidan iborat bo‘ladi: 
Molekula bir energetik holatdan ikkinchi energetik holatga o‘tganda energiyasining 
uchala qismi ham bir vaqtning o‘zida o‘zgarishi mumkin. Energiyaning bunday 
o‘zgarishida chiqadigan nurlanish chastotasi Bor chastotalar qoidasi asosida aniqlanadi, 
ya’ni: 
Formulaga asosan molekula nurlanishi kvantining chastotasi quyidagicha ifodalanadi: 
bu formulada ∆E
elek
, ∆E
tebr
, ∆E
ayl
kattaliklar E
elek
, E
tebr
, E
ayl
energiyalarning 
o‘zgarishini bildiradi. E
elek
, E
tebr
, E
ayl
energiyalar diskret qiymatlarni qabul qiladi. 
Molekulalar spektrining turli qismlarida yo‘l-yo‘llar hosil qiladigan zich joylashgan 
chiziqlarning paydo bo‘lishi quyidagi munosabat bilan tushuntirilishi mumkin: 
Spektrning infraqizil qismida (λ=0,1-1 mm) molekulaning bir aylanma energetik 
sathdan boshqasiga o‘tishida molekulaning aylanma spektrining spektral chiziqlari hosil 
bo‘ladi. Molekulaning bir tebranma energetik sathdan ikkinchisiga o‘tishida spektrning 
infraqizil qismida molekulaning tebranma spektri chiziqlari hosil bo‘ladi. Molekulaning 
tebranma energetik sathlari energiyasi o‘zgarishida, bir vaqtda uning aylanma energetik 
sathlari energiyasi ham o‘zgaradi. Shuning uchun molekulaning tebranma energetik 
sathlari orasidagi o‘tishlari tebranma-aylanma o‘tishlar deb qaraladi.


194 
Bundan esa molekulaning chastotasi ν
tebr-ayl
bo‘lgan tebranma-aylanma spektri hosil 
bo‘ladi. Bu spektr bir-biriga yaqin chiziqlar guruhlaridan iborat bo‘ladi va berilgan 
tebranma o‘tishlar aylanma o‘tishlar bilan bir vaqtda bo‘lishi orqali aniqlanadi. 
Molekulalar spektrining ko‘rinadigan va ultrabinafsha sohalari molekulaning elektron 
energetik sathlari orasidagi o‘tishlarda hosil bo‘ladi. Har bir elektron energetik sathga 
molekuladagi yadrolarning mumkin bo‘lgan turli tebranishlari to‘g‘ri keladi, ya’ni 
tebranuvchi energetik sathlar to‘plami to‘g‘ri keladi. Elektron tebranma sathlar orasidagi 
o‘tishlar molekulaning elektron tebranma spektrini hosil qiladi, bu spektr chastotasi νelek-
tebr bo‘lgan alohida chiziqlardan iborat bo‘ladi. Har bir tebranma energetik holatga 
aylanma sathlar tizimi tegishli bo‘ladi, u vaqtda har bir elektron-tebranma o‘tishlarga 
spektrda qandaydir yo‘l-yo‘llar to‘g‘ri keladi. Molekula spektrining ko‘rinadigan sohasida 
elektron-tebranma spektri bir necha yo‘llar guruhidan iborat tizimni hosil qiladi. 
Molekuladagi tebranma-aylanma o‘tishlarda molekulaning elektron holati o‘zgarmaydi. 

Download 49.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling