Nazorat savollari
1. Molekula qanday zarra?
2. Molekulaning hosil bo‘lishini, tuzilishi turlarini tushuntiring va misollar keltiring.
3. Molekula hosil bo‘lishida ta’sir qiladigan kuchlar qanday kuchlar hisoblanadi?
4. Turli moddalar molekulalari o‘lchamlari orasida farq bormi? Misollar ketiring.
5. Atomlar orasidagi kimyoviy bog‘lanishlar qaysi electronlarning o‘zaro ta’siri bilan
tushuntiriladi?
6. Molekula hosil bo‘lishida energiya chiqariladimi yoki yutiladimi?
7. Molekula spektrining ko‘rinadigan va ultrabinafsha sohalaridagi spektral chiziqlar
qanday hosil bo‘ladi?
8. Molekulalar spektrlari qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?
9.
Molekulalarning aylanma,
tebranma, tebranma-aylanma
spektrlaridagi spektral
chiziqlar qanday hosil bo‘ladi?
10. Molekulaning biror stasionar holatdagi to‘liq energiyasi
qanday harakatlardagi
energiyalar yig‘indisidan iborat?
11. Molekula va atomlar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlari qanday kuchlardir?
12. Qanday molekulyar kuchlarni bilasiz?