Xxv. Molekulalar. Vodorod molekulyar ioni. Vodorod molekulasi. Ikki atomli molekulalar termlari


Download 49.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana31.01.2024
Hajmi49.8 Kb.
#1830900
1   2   3   4
Bog'liq
Lekciya 29-30 (1)

Molekulyar kuchlar. Molekula va atomlar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlari musbat 
zaryadlangan yadro va manfiy zaryadlangan elektronlar orasidagi Kulon tortishish va 
itarishish kuchlari deb qaraladi. Birinchidan, molekulyar kuchlarga kimyoviy yoki valent 
kuchlari kiradi. Bu kuchlar kichik masofalarda ta’sir qiladigan kuchlar bo‘lib, atom 
yadrolari spinlarining qarama-qarshi oriyentasiyasi bilan bog‘liq va ta’sirlashuvchi 
atomlar elektronlari to‘lqin funksiyalarining bir-birini qoplashi darajasi bilan aniqlanadi. 
Atom markazigacha bo‘lgan masofaning ortishi bilan elektronlar zichligi eksponensial 
kamayib boradi. U vaqtda atomlar orasidagi masofa ortishi bilan kimyoviy kuchlar 
eksponensial ravishda kamayadi. Ikkinchidan, molekulyar kuchlarga qisqa ta’sir etuvchi 
itarishish kuchlari kiradi. Bu kuchlar o‘zaro ta’sirlashuvchi zarralarning yaqinlashishida 
elektron qobiqlarining bir-biriga kirishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday kuchlar 
ta’sirlashuvchi zarralar orasidagi masofaga bog‘liq ravishda eksponensial kamayadi. 
Uchinchidan, neytral atomlar va molekulalar orasida o‘zaro tortishish kuchlari ta’sir 
qiladi. Bu kuchlar masofaga bog‘liq ravishda eksponensial qonun bilan emas, balki 
darajali qonun asosida, ya’ni sekin kamayadi. Bunday kuchlar uzoq ta’sir etuvchi kuchlar 
deyiladi. Bu kuchlar atomlar va molekulalar elektr dipol momentlari o‘zaro ta’siri yoki 
ularning elektron qobiqlari deformasiyasi natijasida hosil bo‘ladi. Agar molekulalar 
qutblangan bo‘lsa, ya’ni dipol momentiga ega bo‘lsa, bunday o‘zaro ta’sir tushunarli 
bo‘ladi. Lekin molekulalar doimiy dipol momentiga ega bo‘lmasa ham o‘zaro ta’sir 
mavjud va qutblangan molekulalar o‘zaro ta’sirdan katta bo‘ladi. Bunday holda o‘zaro 
ta’sir kuchlar Van-der-Vaals yoki dispersion kuchlar deyiladi. Molekulalar dipol 
momentiga ega bo‘lmasa, ular orasida dipol o‘zaro ta’sir qanday paydo bo‘ladi? Gap 
shundaki, uyg‘otilgan molekula va atomlarda dipol momentlari paydo bo‘ladi. Agar atom 
va molekulalar uyg‘otilmagan bo‘lsa, klassik nuqtai nazaridan uyg‘otilmagan molekula va 
atomlar nolinchi energiyaga ega bo‘lib, nolinchi tebranishlarni hosil qiladi. Nolinchi 
tebranishlarning mavjudligi Van-der-Vaals kuchlarining kelib chiqishi bilan bog‘liq. 


195 
Nolinchi tebranishlar issiqlik harakati bilan bog‘liq emas, ya’ni temperaturaga bog‘liq 
emas. Shuning uchun Van-der-Vaals kuchlari temperaturaga bog‘liq bo‘lmaydi. Shunday 
ekanligi tajribada tasdiqlangan. Qutblanmagan molekulalar uchun dispersion kuchlar 
asosiy rol o‘ynaydi. Dispersion kuchlar lahzali elektr dipollarining o‘zaro ta’sirini 
xarakterlaydi. Molekulalar orasidagi o‘zaro ta’sirning barcha hollarida potensial energiya 
molekulalar orasidagi masofaning oltinchi darajasiga teskari proporsional bo‘ladi, ya’ni: 
Bu formulada r – molekulalar orsidagi masofa, a – molekulaning qutblanuvchanligi. 

Download 49.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling