1-Mavzu: Fanning asosiy maqsad va vazifalari


Download 74.98 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi74.98 Kb.
#1615098
1   2   3   4
Bog'liq
1 Мавзу Фаннинг асосий мақсади ва вазифалари Чизикли ночизиқли,изотроп

mi - i- chi molekulaning massasi, I – uning tezligi. Lekin gaz holatining Mendeleyev-Klapeyron tenglamasidan
(3)
(1), (2) va (3) dan
(4)

Bu yerda M – gaz massasi,  - molekulyar og‘irlik, R=8,31J/K*mol -universal gaz doimiysi, T- gazning absolyut temperaturasi. (4) formula modda temperaturasi bilan molekulaning kinetik energiyasini bog‘laydi. Bunday misollarni fizikada kо‘plab keltirish mumkin.


Ba’zan muhit xossasi molekulaning xossasiga aynan mos tushishi mumkin. Muhitning optik kattaligi, masalan, yorug‘likni sindirish kо‘rsatkichi n molekulaning doimiysi – qutblanuvchan-likning о‘rtacha qiymati bilan quyidagicha bog‘langan , bu yerda N1 -1 cm3 hajmdagi molekulalar soni. Molekulyar optika hodisalari shu bog‘lanish, ya’ni sindirish kо‘rsatkichi bilan qutblanuvchanlikning bog‘lanishi orqali xarakterlanganligi uchun bu bog‘lanishni quyida alohida kо‘rib chiqamiz.
Molekulyar optikada masalalarni hal etishda ayrim kattaliklarning molekulalarning fazodagi turli xil orentasiyasi bо‘yicha statistik о‘rtacha qiymatini olishga tо‘g‘ri keladi. Gazlarda bu ish qiyin emas, chunki molekulaning hamma yо‘nalishi bо‘yicha orentasiyasi teng ehtimolga ega. Suyuqliklarda esa yaqin tartib mavjudligidan molekulaning orentasiyasi bо‘yicha statistik о‘rtacha qiymatni olish qiyinlashadi. Agar muhit qandaydir maydon ta’sirida bо‘lsa, u holda bu sharoit ham hisobga olinmog‘i kerak.
Optikada eng avvalo molekula qutblanuvchanligi tenzorining tashkil etuvchilarining LK о‘rtacha qiymati olinadi. Buning uchun molekulaga mahkamlangan koordinata sistemasining (xuddi shu koordinata sistemasi uchun molekula qutblanuvchanligi elipsoidining bosh о‘qlari sistemasini olish mumkin) fazoda qо‘zg‘almas deb hisoblangan koordinata sistemasiga nisbatan joylashishi yо‘naltiruvchi cos-lar yordamida belgilanadi. Asosiy fazoviy sistemaning о‘qlarini X,Y,Z va molekulyar sistemani , ,  yoki 1.2,3 deb belgilaymiz. Asosiy fazoviy sistema о‘qlari X,Y,Z ni belgilash uchun i, K... indekslar, molekulyar sistema о‘qlari , ,  - ni belgilash uchun ,… indekslar olamiz. Yо‘naltiruvchi kosinuslar (i) ni Eyler burchaklari orqali belgilash mumkin.
Inson aql idrokini tanibdiki, tabiatni sir asrorlarini bilishga va uni о‘rganishga qiziqadi. Shunday ekan molekula tuzilishini о‘rganish zamonaviy tabiiy fanlar oldida turgan asosiy muammolardan bо‘lib hisoblanadi. Molekula tuzilishini о‘rganish orqali juda kо‘pgina fizikaviy hamda ximiyaviy hodisalarni sababini tushunamiz.
Yorug‘lik bilan modda ta’sirlashuvi natijasida molekula xossalari keng ochiladi. Har qanday optik hodisa yorug‘likni modda bilan ta’sirlashuvi natijasida namoyon bо‘ladi.
Masalan oddiygina yorug‘likni sinish hodisasi ham molekula tuzilishini e’tiborga olish kerakligini talab qiladi. Molekulyar optika fizikaviy optikaning bir qismi bо‘lib kristallar, suyuqliklar va eritmalar molekulalari tuzilishini о‘rganadi desak, xato qilmaymiz. Bu fanda biz kо‘proq dispersiya, molekulyar refraksiya, yorug‘lik sochilishi, intensivlik, qutblanuvchanlik ya’ni molekulaning optikaviy xossalarini о‘rganamiz.

Download 74.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling