Ko’mir changini yoqish gorelkasi. - Ko’mir changini yoqish gorelkasi.
- Changsimon yoqilg’ining tez va tejamli yonishi hamda hosil bo’ladigan mash’alaning barqarorligi asosan, ko’mir changining yonish kamerasiga purkab beradigan gorelkalarning ishlashiga bog’liq. Gorelkalar quyidagi talablarga javob berishi kerak: yoqilg’i bilan havoni yaxshi aralashtirishi lozim; yonuvchi aralashmaning yondirilishi puxta bo’lishi kerak; mash’ala o’txona kamerasini butunlay to’ldirishi kerak va gorelkani sozlash oson bo’lishi lozim. Changsimon yoqilg’ini yoqishda, asosan, gorelkalarning ikki xili:
- uyurmali (aralashma va ikkilamchi havo shiddat bilan uyurma hosil qilib harakatlanadi) va to’g’ri oqimli tirqishli gorelkalar ishlatiladi. Tirqishli gorelkalarda chang – havo aralashmasi o’txonaga tor tirqish orqali uzatiladi. Aralashmaning bunday uzatilishida mash’alaning uzoqqa otilishi ancha ortadi. Bunday gorelkalar o’txona kamerasida qarama-qarshi yoki burchaklarga o’rnatiladi. Uyurmali gorelkalarda mash’ala uzunligi katta bo’lmaydi va ular o’txona kamerasining ro’parasidagi devorga o’rnatiladi.
Etiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |