1-Мавзу: Фаннинг мавзуи, максади ва вазифалари


Jarayonlarni boshqarishning moxiyati


Download 98.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi98.66 Kb.
#1503285
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tizimning operatsion xarajatlari

1.3. Jarayonlarni boshqarishning moxiyati. 
Jarayonlarni boshkaruvchi menejerlarning kup sonli vazifalarini uch 
asosiy guruxga ajratish mumkin: 
1.Tashkilotning operatsion faoliyatini umumiy strategiyasini va 
yunalishlarini ishlab chikish va amalga oshirish. 
2.Jarayonni umuman yulga kuyish, quvvatlarni joylashtirish, 
mahsulotni loyihalashtirish, ishlarning bajarilishini standart va 
me’yorlarini ishlab chikishni uz ichiga olgan operatsion tizimni
shakllantirish va joriy kilish; 
3.Tizimning joriy faoliyatini rejalashtirish va nazorat kilish. 
Operatsion funksiyalarni bajarishda tashkilotning boshka sohalariga 
nisbatan kuprok odamlar band buladi va shu sababli xar kanday
operatsion tizimning muvaffakiyati yoki inkirozi insonlarga boglik. 
Shunday kilib, jarayonlarning boshkaruvchisi taxlil, texnika tizimlari, 
texnologiya xamda ijtimoiy va psixologiya fanlari sohasida keng kamrovli
bilim va kunikmalarga ega bulishi hamda ularni amalda kullay bilishi zarur. 
Jarayonlarni boshqarishda operatsion tizim faoliyatini samaradorligini 
ta’minlash zarur. 
Jarayonlar samaradorligi - bu ishlab chiqarilgan ne’mat yoki
xizmatlarning bozor kiymatini tashkilot operatsion tizimining kirishidagi 
xarajatlarning umumiy mikdoriga nisbatidir. 



? 
Operatsion tizim chikishidagi mahsulot va xizmatlarning bozor
kiymati mikdori bilan bir katorda boshka omillarga xam boglik. Masalan, 
quyidagilarga: 
1.Chiqarilayotgan mahsulotlar va kursatilayotgan xizmatlar turlarini 
(assortimentini) ularga bulgan talabga mosligiga. 
2.Tizimning chikishdagi natijalari sifatiga. 
3.CHikishda mahsulot va xizmatlarni uz vaktida ishlab chiqarishga, 
talabni xisobga olishga va iste’molchilarga etkazish bo’yicha 
majburiyatlarni bajarishga. 
4.Aloxida iste’molchilarning turli talablarini kondirishda operatsion 
tizimining moslashuvchanligiga. 
Shuningdek, tashkilot kirishida sarflangan xarajatlar kirishdagi 
omillarning mikdorigagina emas, boshka kator omillarga xam boglik. 
Masalan, moddiy xarajatlarni taxlil kilishda quyidagilarni ham xisobga olish 
zarur: 
1.Material va xom-ashyolar xarid kilingan narxlar. 
2.Material va xom-ashyolarni foydalangunga kadar zaxiralar tar-
kibida saklashga ketgan xarajatlar. 
3.Materiallarni buyurtmasi va kabul kilinishiga ketgan xarajatlar. 
4.Materialar etishmovchiligi natijasidagi xarajatlar. 
5.Materiallar sifati masalasiga boglik xarajatlar. 
Inson mexnati kabi omilga nisbatan esa quyidagi savollarga javob 
topilishi zarur: 
1.Ishning kaysi qismi ishdan tashkari vaktda bajarilgan, ularning 
kiymati kancha? 



2.Xodimlar uz malakasi darajasiga mos xolda ishlatildilarmi yoki
ularga ishlarni bajarish uchun mavjud malakaga nisbatan yukorirok
malaka tariflari bo’yicha xak tulandimi? 
3. Kadrlar kunimsizligi bilan boglik xarajatlar kanday? 
4.Xodimlarning etarli darajada tayyorgarlikka ega emasligi yoki
ustalar(brigada boshliklari)ning sifatsiz raxbarlik natijasidagi xatolarga 
boglik xarajatlar kanday? 
Operatsion tizimda ishlatiladigan boshka turdagi resurlar orkali
tashkilotning umumiy xarajatlariga ta’sir etuvchi kuplab yukoridagilarga 
uxshash omillarni sanab utish mumkin. 
Jarayonlar samaradorligining ushbu kontseptsiyasi operatsion 
menejerlar oldida turgan masalalarni kup kirraligini kursatadi. Ushbu
masalalarning ba’zilari bir-birlariga karama-karshi bulishi mumkin, 
masalan mahsulot ishlab chiqarishni uz vaktidaligini ta’minlash mumkin, 
fakat bu ishdan tashkaridagi mexnat xajmini kupaytirish xisobiga amalga
oshiriladi. Jarayonlarni boshkaruvchisi doimo tizim faoliyatining umumiy 
samaradorligiga ta’sir etuvchi kuplab omillarning uzaro boglikligini 
xisobga olishi va e’tibordan qochirmasligi zarur. 

Download 98.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling