1-Мавзу: Фаннинг мавзуи, максади ва вазифалари
Jarayonlarni boshqarishning moxiyati
Download 465.5 Kb.
|
4-Jarayonlar-menejmenti-2005-oquv-qollanma-A.-Sotvoldiyev-A.-Toxtaboyev
1.3. Jarayonlarni boshqarishning moxiyati.
Jarayonlarni boshkaruvchi menejerlarning kup sonli vazifalarini uch asosiy guruxga ajratish mumkin: 1.Tashkilotning operatsion faoliyatini umumiy strategiyasini va yunalishlarini ishlab chikish va amalga oshirish. 2.Jarayonni umuman yulga kuyish, quvvatlarni joylashtirish, mahsulotni loyihalashtirish, ishlarning bajarilishini standart va me’yorlarini ishlab chikishni uz ichiga olgan operatsion tizimni shakllantirish va joriy kilish; 3.Tizimning joriy faoliyatini rejalashtirish va nazorat kilish. Operatsion funksiyalarni bajarishda tashkilotning boshka sohalariga nisbatan kuprok odamlar band buladi va shu sababli xar kanday operatsion tizimning muvaffakiyati yoki inkirozi insonlarga boglik. Shunday kilib, jarayonlarning boshkaruvchisi taxlil, texnika tizimlari, texnologiya xamda ijtimoiy va psixologiya fanlari sohasida keng kamrovli bilim va kunikmalarga ega bulishi hamda ularni amalda kullay bilishi zarur. Jarayonlarni boshqarishda operatsion tizim faoliyatini samaradorligini ta’minlash zarur. Jarayonlar samaradorligi - bu ishlab chiqarilgan ne’mat yoki xizmatlarning bozor kiymatini tashkilot operatsion tizimining kirishidagi xarajatlarning umumiy mikdoriga nisbatidir.
1.Chiqarilayotgan mahsulotlar va kursatilayotgan xizmatlar turlarini (assortimentini) ularga bulgan talabga mosligiga. 2.Tizimning chikishdagi natijalari sifatiga. 3.CHikishda mahsulot va xizmatlarni uz vaktida ishlab chiqarishga, talabni xisobga olishga va iste’molchilarga etkazish bo’yicha majburiyatlarni bajarishga. 4.Aloxida iste’molchilarning turli talablarini kondirishda operatsion tizimining moslashuvchanligiga. Shuningdek, tashkilot kirishida sarflangan xarajatlar kirishdagi omillarning mikdorigagina emas, boshka kator omillarga xam boglik. Masalan, moddiy xarajatlarni taxlil kilishda quyidagilarni ham xisobga olish zarur: 1.Material va xom-ashyolar xarid kilingan narxlar. 2.Material va xom-ashyolarni foydalangunga kadar zaxiralar tar- kibida saklashga ketgan xarajatlar. 3.Materiallarni buyurtmasi va kabul kilinishiga ketgan xarajatlar. 4.Materialar etishmovchiligi natijasidagi xarajatlar. 5.Materiallar sifati masalasiga boglik xarajatlar. Inson mexnati kabi omilga nisbatan esa quyidagi savollarga javob topilishi zarur: 1.Ishning kaysi qismi ishdan tashkari vaktda bajarilgan, ularning kiymati kancha? 2.Xodimlar uz malakasi darajasiga mos xolda ishlatildilarmi yoki ularga ishlarni bajarish uchun mavjud malakaga nisbatan yukorirok malaka tariflari bo’yicha xak tulandimi? 3. Kadrlar kunimsizligi bilan boglik xarajatlar kanday? 4.Xodimlarning etarli darajada tayyorgarlikka ega emasligi yoki ustalar(brigada boshliklari)ning sifatsiz raxbarlik natijasidagi xatolarga boglik xarajatlar kanday? Operatsion tizimda ishlatiladigan boshka turdagi resurlar orkali tashkilotning umumiy xarajatlariga ta’sir etuvchi kuplab yukoridagilarga uxshash omillarni sanab utish mumkin. Jarayonlar samaradorligining ushbu kontseptsiyasi operatsion menejerlar oldida turgan masalalarni kup kirraligini kursatadi. Ushbu masalalarning ba’zilari bir-birlariga karama-karshi bulishi mumkin, masalan mahsulot ishlab chiqarishni uz vaktidaligini ta’minlash mumkin, fakat bu ishdan tashkaridagi mexnat xajmini kupaytirish xisobiga amalga oshiriladi. Jarayonlarni boshkaruvchisi doimo tizim faoliyatining umumiy samaradorligiga ta’sir etuvchi kuplab omillarning uzaro boglikligini xisobga olishi va e’tibordan qochirmasligi zarur. Download 465.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling