1-mavzu: farmatsevtika bozori va uni tartibga solish bo‘yicha xalqaro amaliy tajriba


Download 17.28 Kb.
Sana06.09.2023
Hajmi17.28 Kb.
#1673632
Bog'liq
FITQ 1-mavzu tarqatma material


1-mavzu: FARMATSEVTIKA BOZORI VA UNI TARTIBGA SOLISH BO‘YICHA XALQARO AMALIY TAJRIBA
Reja:
1. Farmatsevtika tarmogini rivojlantirish bo‘yicha prizident farmonlari
2. Tarmoqni tartibga soluvchi normativ hujjatlar
3.Farmasevtika faoliyatini yuritishining huquqiy asoslari.
Tayanch iboralar: Qayd etish byurosi,farmakologiya ko‘mitasi,farmakopeya ko‘mitasi,yangi tibbiy texnika ko‘mitasi,narkotiklar nazorati ko‘mitasi
Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.MIRZIYOEV Toshkent shahri, 2017-yil 7-noyabr. Farmatsevtika faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning ishlab chiqarilishi, olib kirilishi va sotilishini muvofiqlashtirishning yagona tizimini joriy etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi) tashkil etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazini; O‘zbek kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot institutini; Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutini; “SHarq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutini Agentlikka berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Farmonda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ro‘yxatga olish, narxini belgilash tartibini takomillashtirish, qonunchilikka “in bulk” mahsulotning aniq belgilangan tushunchasini kiritish, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining qat’iy narxini belgilash tartibiga alohida e’tibor qaratildi. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLAS VAZIRLIGI HUZURIDAGI FARMATSEVTIKA TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI FAOLIYATINI TASHKIL eTISH TO‘G‘RISIDA (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2017 y., 09/17/993/0427-son) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 7 noyabrdagi PF-5229-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 40 nafardan iborat bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish boshqarmalarining (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 8 TASHKILIY TUZILMASI Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish boshqarmalarining NAMUNAVIY TUZILMASI 9 Xozirgi vaqtda O‘zbekistonda farmatsevtika bozori MDX davlatlari orasida tezlik bilan o‘sib borayotgan soxa xisoblanadi.2011-2014 yillarda taxminan bu o‘sish 8-10% tashkil qiladi. Uning 77% chet elda ishlab chiqarilgan dori vositalariga bog‘liq. Xozirgi vaqtda chet elda ishlab chiqarilgan farmatsevtik preparatlar turli segmentlarda bozorning 60-95% ini tashkil qiladi. YAqin 5 yillikda chet el dori vositalarini ishlab chiqarishni 8-12 % ga oshirish kutulmoqda. O‘zbekiston asosan quydagi chet el davlatlardan dori vositalarini qabul qiladi : Ukraina, Rossiya, Xindiston, Vengriya, Xitoy, SHveysariya, Fransiya, Germaniya. 2014 yilda o‘sish 18,1% ni tashkil qilgan, bu esa 573,6 mlrd.so‘mni tashkil etadi.425,4 mlrd.so‘m dori vositalarini ishlab chiqarishga,48,5 mlrd so‘m tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarishga, 82,3 mlrd yordamchi materiallar ishlab chiqarishga 17,3 % boshqa maxsulotlar ishlab chiqarishga sarflangan. Xalq iste’moli uchun tovarlarni ishlab chiqarishga 468,1 mlrd so‘m sarflangan. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish me’yoriy texnik xujjatlarga mos ravishda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida tibbiy va farmatsevtik maxsulotlar sifatini davlat nazorat tizimi takomillashtirilmoqda. Dori vositalarini qayd qilish tizimi birinchi darajali o‘ringa ega, registratsiya guvoxnomasini olishni Dori vositalari va 10 tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Davlat markazi DUK o‘zining nazoratiga olgan. U erda ma’lumki faoliyatni koordinatsiya qilish 4 ta ko‘mita zimmasiga yuklatilgan. Farmakopeya, Farmakologiya, YAngi tibbiy texnika, Narkotiklar nazorati qo‘mitalari fikrimizning dalilidir. Farmatsevtik maxsulotlarning registratsiya qilishi natijalari 2014 yilda quydagi ko‘rsatgichlarida aks ettirilgan: dori vositalari 76%, tashxis vositalari 4%, tibbiy texnika vositalari 20% Qayd etish byurosi - dori vositalari va uning na’munalarini birlamchi ekspertizadan o‘tkaziladi, birlamchi ekspertizaning ijobiy natijalari asosida Davlat markazi va ariza bergan shaxs orasida kelishuv xulosasini beradi. Davlat markazi laboratoriyasi - me’yoriy xujjatlarni baxolaydi,me’yoriy xujjatlar talablariga moslikni aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazadi, tekshiruv bayonnomalarini, dori vositalari xujjatlarini, farmakopeya, farmakologiya yoki narkotiklar nazorati ko‘mitasiga berib yuboriladi. Farmakologiya ko‘mitasi - toksikologik, farmakologik ma’muriy ekspertiza o‘tkazadi, dori vositalarining xujjatlarini ekspertiza qiladi, klinik tekshiruvlari turlarini aniqlaydi. Farmakopeya ko‘mitasi – ekspert sovetiga dori vositalarini qabul qilinishi yoki rad etilishi xaqida tavsiyalar beradi. Narkotiklar nazorati ko‘mitasi – tarkibida giyoxvand dori vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bo‘lgan dori vositalar ustida ekspertiza o‘tkazadi. Ekspert soveti – 5 yilga registratsiya guvoxnomasini beradi yoki rad etadi. Dori vositalarini qayd qilish uchun xujjatlar ro‘yxatiga vaqt o‘tishi bilan yangi puktlar qo‘shilib bormoqda. O‘zbekistonda dori vositalarining qayd qilishning muammoli masalalari mavjud. Agar qayd etilayotgan preparat chet elda ishlab chiqarilgan bo‘lsa, qo‘shimcha moliyaviy va vaqtinchalik xarajatlar bo‘ladi. O‘zbekistonda dori vositalarin tqayd qiluvchi kompaniyalar etarli darajada. PHARM GROUP kompaniyasi. Sefalosporin qatoridagi antibiotiklar QQS bo‘yicha tarqalmagan imtiyozga ega bo‘lgan dori vositalari ro‘yxatiga kiradi .Ularning bozordagi xajmi o‘sib bormoqda. 2011 yilda 56.253.393 ta qadoqda bo‘lgan 2010 yilga nisbatan 74% ga oshgan. O‘zbekiston Respublikasi dori vositalari bozorining 11% ni (pul ko‘rinishida) egallaydi. Analitiklarni fikricha SHzbekistonda farmatsevtik xajmi 2013 yilda 680 mln.dollarni tashkil etgan.
Download 17.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling