58. Qaysi kelishikdagi so‘zlar yaxlit holatda ravishga aylanishi mumkin?
A) jo‘nalish, chiqish va o‘rin-payt kelishigidagi so‘zlar B) jo‘nalish va o‘rin-payt kelishigidagi so‘zlar
C) tushum, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi so‘zlar D) bosh va qaratqich kelishiklaridan tashqari so‘zlar
NAZORAT QILUVCHI TEST SAVOLLARI
12-mavzu. Ravishlarning yasalishi: affiksatsiya va kompozitsiya usullari bilan ravish yasash. Ravishlarning tuzilish jihatdan turlari: sodda, qo‘shma, juft va takroriy ravishlar
59. Qaysi gapda tub ravish bor?
A) Biz do‘stona yashaymiz va ishlaymiz. B) Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozu.
C) O‘quvchilar sayohatga qisman ketdilar. D) Majlis kechroq boshlandi.
60. Qaysi gapda juft fe’llardan hosil qilingan ravish mavjud?
A) Bu tashvishdan uzil-kesil qutuldim. B) Har jihatdan kuydi-pishdi xodim kerak. C) Ishning kam-ko‘stini tekshirib ko‘r. D) Sizga bor-yo‘g‘imni aytdim-ku, oshna.
61. Ot bilan otning takrorlanishi orqali yasalgan ravishlar berilgan qatorni toping.
A) navbatma-navbat, kundan-kun
B) biyron-biyron, uzundan-uzun C) nari-beri, oldinma-keyin D) o‘z-o‘zidan, taqa-taq
62. Sifatlarning takrorlanishi bilan yasalgan ravishlar berilgan qatorni toping.
A) to‘g‘ridan-to‘g‘ri, uzundan-uzoq
B) bosh-boshiga, gul-gul C) hali-beri, birin-ketin D) o‘zidan-o‘zi, birma-bir
63. Fe’l shakllarining takrorlanishi bilan yasalgan ravishlar berilgan qatorni toping.
A) bora-bora, qayta-qayta B) vaqt-bevaqt, ochiq-oydin C) turib-turib, qota-qota D) A va C
Do'stlaringiz bilan baham: |