112. Aytmagan bo‘lsalar, ana endi eshitamiz. Nima deding, mulla Yo‘ldosh? Gapda qaysi zamon ma’nosi ifodalangan?
A) hozirgi zamon B) hozirgi-kelasi zamon C) o‘tgan zamon D) kelasi zamon
113. Qorong‘ida dala aylanib, nimani ham ko‘rardingiz. Bu gapda qaysi zamon ma’nosi ifodalangan?
A) o‘tgan zamon B) hozirgi zamon
C) kelasi zamon D) hozirgi va kelasi zamon
114. Yozmadim fe’lidagi qo‘shimchalarning turi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) –ma qo‘shimchasi bo‘lishsizlik,
-di qo‘shimchasi zamon, -m qo‘shimchasi shaxs-sonni ifodalaydi
B) -ma qo‘shimchasi zamon, -di qo‘shimchasi bo‘lishsizlik, -m qo‘shimchasi shaxs-sonni ifodalaydi
C) -ma qo‘shimchasi bo‘lishsizlik,
-m qo‘shimchasi zamon, -di qo‘shimchasi shaxs-sonni ifodalaydi
D) -ma qo‘shimchasi bo‘lishsizlik,
-dim qo‘shimchasi shaxs-sonni ifodalaydi
115. O‘tgan zamon shakllarini hosil qiluvchi qo‘shimchalar berilmagan javobni toping.
A) -di B) -gan C) -b D) -ish
116. So‘zlovchining bevosita o‘zi ko‘rgan harakat va holatni bildiradigan o‘tgan zamon shaklini yasovchi qo‘shimcha berilgan javobni toping.
A) -di B) -gan C) -b D) -ib
Do'stlaringiz bilan baham: |