75. Hazillashmoq, odatlanmoq fe’llari qaysi nisbat shaklida ekanligini aniqlang.
A) Hazillashmoq – birgalik nisbat, odatlanmoq - majhul nisbat
B) Hazillashmoq - birgalik nisbat odatlanmoq - o‘zlik nisbat
C) Hazillashmoq - aniq nisbat, odatlanmoq - aniq nisbat
D) Hazillashmoq - aniq nisbat, odatlanmoq - o‘zlik nisbat
76. Qaysi qatorda orttirma nisbat shaklidagi fe’l qo‘llangan?
A) Mana, erta-indin, terilsin, deb qolishadi, yalpisiga terimni boshlab yuboramiz.
B) Shu yerga kelganda gapning beliga tepib, shartta to‘xtatishdi.
C) Zayniddin bilan yo‘lga chiqilsa, manzilga horib-charchab borilar edi.
D) Yo‘lga chiqqan bahodirga ota-onasi yo suyuklisi non tishlatgan.
77. Bir kuni chol bechora qo‘li titrab, osh suzib berilgan kosasini sindirdi. Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe’llar berilgan?
A) Aniq, o‘zlik, orttirma nisbatlar
B) Aniq, majhul, birgalik nisbatlar
C) Aniq, majhul, orttirma nisbatlar
D) Aniq, majhul, o‘zlik nisbatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |