1-mavzu: Gavda skeletini tasvirlash. Bosh suyagini tasvirlash. (Old va yon tomondan) Skelet va birikmalar


Download 178.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana15.10.2023
Hajmi178.22 Kb.
#1704228
1   2   3
Tayanch – harakat apparati 
Tayanch – harakat apparatiga skelet, suyaklar, boylamlar – paylar, bo‘g‘imlar va muskullar 
kiradi.
Skelet. 
Skelet 200 dan ortiq suyakdan tashkil topgan bo‘lib, tananing tayanchi hisoblanadi va passiv 
harakat qiladi.
Skeletdagi alohida-alohida suyaklar birikib, organlar joylashadigan bo‘shliq hosil qiladi 
va ularning tashqi ta’sirdan himoya qiladi. Masalan: miya qutisida bosh miya umurtqa kanali 
orqa miya, ko‘krak qafasida yurak, o‘pka, yirik qon tomirlari joylashgan.
Suyakning tuzilishi. Suyak biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan bo‘lib, alohida suyaklar nerv 
tolalari, qon tomirlari bilan ta’minlangan organlar hisoblanadi. Suyak to‘qimasi qattiq 
biriktiruvchi to‘qima bo‘lib, suyak xujayralarida ko‘p to‘siqlar bo‘lib, ular bir-biriga
qo‘shilishdan alohida plastinkalar – govers plastinkalari hosil bo‘ladi. Bu plastinkalar tartib bilan 
ustma – ust joylashishidan govers ustunchalari – minoralari hosil bo‘ladi. Ularning ichi kovak
bo‘lganidan govers kanallari deb ataladi. Bu kanallarda qon tomirlari va nerv tolalari
joylashadi. Har qanday suyakning ustki qismida suyak xujayralari zich joylashib, suyakning
qattiq (kompakt) qavatini tashkil etadi. Bu qavat tagidagi xujayralar siyrak joylashgan bo‘ladi.
Ular murakkab tuzilgan bo‘lib, suyakning pishiqligini oshiradi. Bu qavat g‘ovak qavat deb 
ataladi. U uzun suyaklarning ikki ichida yaxshi ko‘rinadi. G‘ovak qavatda qonning shakli 
elementlari hosil bo‘lganligi uchun qon hosil qiluvchi organ – qizil ilik deb ataladi. YAssi
suyaklarning ba’zi qismlarida, masalan, kurak suyagida bu qavat bo‘lmaydi.
 
Uzun suyaklar qo‘l – oyoqda bo‘ladi. Masalan: elka, bilak, tirsak suyaklari va boshqalar. 
Bu suyaklarning ikki uchi va tanasi bo‘lib, uchlari epifiz, tanasi diafiz deb ataladi.
Kalta suyaklar har xil shakldagi mayda suyaklar bo‘lib, bularga kaft usti, tovon suyaklari 
va boshqalar. YAssi suyaklar serbar lentasimon va boshqa turli shakllarda bo‘lib, ularda 
suyakning g‘ovak qismi kam uchraydi. YAssi suyaklar ko‘krak nafasida va miya qutisida
bo‘ladi.
Aralash suyaklar shaklsiz, har qaysi qismi har xil ko‘rinishda bo‘ladi. Bular chakka
suyaklari, umurtqalar misol bo‘ladi. Bulardan tashqari, skeletda bo‘shliqlarda havo saqlanadigan 
pnevmatik suyaklar uchraydi. Masalan: kalla suyagidan yuqorigi jag‘i, peshona suyagi va 
boshqalar ana shunday suyaklardir. Skeletda ba’zi mayda va erkin suyaklar bo‘lib ular 
sesemasimon suyaklar deb ataladi. Masalan: tizza qopog‘i va boshqalar. 

Download 178.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling