1-mavzu: Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo’llari Reja
Download 383.5 Kb.
|
1 MAVZU Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini
Uzoqlashtirilgan auditoriyalar (unga ko‘ra zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion xarakterdagi ta’lim vositalari keng qo‘llaniladi; bir oliy yurtida tashkil etilayotgan o‘quv kurslari, ma’ruza va seminarlar undan uzoq masofada joylashgan ta’lim muassasalarining o‘quv auditoriyalarga telekommunikatsiya vositalari orqali sinxron teleko‘rsatuv, videoanjuman va radioeshittirish ko‘rinishida uzatiladi; o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi; AQShning Viskonsiya universiteti (Wisconsin University, USA), Xitoyning markaziy radio va televidenie universiteti (China Central Radio and TV Universty)da masofaviy ta’limning ushbu modelidan foydalaniladi).
Loyihalar (u davlat ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturlari doirasida keng qamrovlik loyihani amalga oshirish uchun mo‘ljallanadi; asosiy e’tibor o‘quv materiallarini tayyorlovchi yetakchi mutaxassislar, xodimlar, masofaviy ta’lim kurslarini tashkil etadigan o‘qituvchi va olimlardan iborat ilmiy-metodik markazni shakllantirishga qaratiladi; markaz tomonidan tayyorlangan masofaviy ta’lim kurslari muayyan davlat hududida katta auditoriyaga uzatiladi; bu kabi ta’lim vaqtinchalik bo‘lib, loyiha doirasida rejalashtirilgan ishlar bajarilgach yoki tugagandan so‘ng yakunlanadi; Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlarida turli xalqaro tashkilotlar tomonidan qishloq xo‘jaligi, agrotexnika, ekologiya bo‘yicha tashkil etiladigan ana shu modelga misol bo‘la oladi). Dunyo ta’limi tizimiga masofaviy ta’lim metodi o‘qitishning alohida shakli sifatida jadallik bilan kirib kelmoqda, interfaol ta’lim ietodi sifatida joriy etilmoqda. Masofaviy ta’lim metodi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar asosida kechadigan pedagogik jarayondir. Masofaviy ta’lim metodida o‘qitish o‘quv axborot-resurs markazlari, internet, pochta aloqalari orqali amalga oshiriladi. Masofaviy ta’lim asosan virtual slaydlar orqali beriladi, agar talabalar para orqali virtual sinfga kirsa jarayonga qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masofaviy o‘qitish bu, maxsus psixologik-pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalar muhitida, bir-biridan uzoqda bo‘lgan qatnashchilarning bilvosita aloqasiga asoslangan holda bilim, ko‘nikma, malaka va ularni egallash usullarini uzatish va o‘zlashtirish jarayonidir. Masofaviy ta’lim metodining o‘ziga xos muhim jihatlari. -ta’lim oluvchining axborotni yaratuvchi va uni yetkazuvchi manbaadan uzoqligi, -texnologik jihatdan muloqot muhitining , shuningdek ,psixologik va pedagogik jarayon muhitlarining o‘ziga xosligi, -masofaviy o‘qitish jarayoni qatnashchilarining axborot texnologiyalari vositalari yordamida sinxron va asinxron muloqotiga asoslanganligi, -ta’lim oluvchilarning ta’lim dasturlarini tanlash va o‘qish traektoriyalarini belgilashlaridagi erkinliklari, Ta’lim oluvchining ,asosan mustaqil ravishda ,kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z ustida astoydil ishlashni nazaoda tutilgan. Masofaviy ta’lim metodi shaxsni o‘z-o‘zini rivojlantirishga, kelajakda zarur mutaxassis bo‘lishga yo‘naltiradi. Masofaviy ta’lim metodini joriy qilishning modelini belgilab olish strategik rejalashtirish nuqtai-nazaridan muhim, masofaviy o‘qitishning o‘quv, o‘quv-uslubiy, o‘quv me’yoriy va didaktik materiallarni tayyorlash, ularni optimallashtirish, sistemalashtirish, dizayn, shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil qilish ishlari ilgaritdan tanlangan model loyihalar asosida amalga oshiriladi. Masofaviy o‘qitish jarayoni ta’lim soxasiga nafaqat zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari ,balki bir qator yangi tushuncha va atamalarni olib kirdi. virtual guruh, o‘qitishning ta’minoti, o‘quv telekommunikatsiya loyihalari, teskari aloqa, dialogli texnologiya, kompyuter aloqasi, telekonferensiya, kordinator, moderator, telekonferensiya fasilitatorlari, tyutor. Yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirishda o‘qituvchi shaxsidan ,ta’limda zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan unumli foydalanish, masofaviy ta’limni o‘quv jarayoniga kiritishda quyidavgi axborot kommunikatsiyasi texnologiyalaridan keng foydalanish va amalda joriy etish talab etiladi. elektron darsliklar, tyutorlar, trenajyorlar, laboratoriya amliyotlari, test tizimlaridan iborat, kompyuterli o‘qish dasturlari, personal kompyuterlar, videotexnika, optik diskli axborot to‘plagichlardan foydalanish asosida yaratilgan multimediya texnologiyalari asosidagi o‘qitish tizimlari, turli o‘quv fani, predmetlari sohasida foydalaniladigan intelektual va eksport o‘qitish tizimlari, fan, o‘quv predmeti sohalari bo‘yicha ma’lumot bazalari, elektron pochta, telekonferensiyalar, lokal va aloqa tarmoqlari, ma’lumotlar almashinuvi tarmoqlari, elektron kutubxonalar, markazlashgan va tarqoq, tarmoq holdagi nashriyot tizimlarini o‘z ichiga oladi. Bu maqsadlarni amalga oshirish maqsadida va loyiha dasturlarni yaratish, tarqatish maqsadida multimediya ta’limi dasturlarini rivojlantirish markazi ishlab turibdi. Markaz buyurtmachi sifatida ish yuritadi, muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi. Masofaviy ta’limning o‘quv jarayoniga kiritilishi bilan talabalarda axborot bilan ishlash madaniyati shakllanmoqda. Download 383.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling