Mavzu: Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash texnologiyalari. Reja: 1


Download 152 Kb.
bet1/9
Sana03.12.2023
Hajmi152 Kb.
#1799138
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-mavzu (1)


Mavzu: Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash texnologiyalari.
Reja:
1. Ma’lumotlar bazalari haqida tushunchalar. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining asosiy turlari. Ma’lumotlar bazalari va ularni yaratish modellari.
2. Relyatsion ma’lumotlar boshqarish tizimlari. Ma’lumotlar bazalari va ularni yaratish modellari.
3. MS Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida ma’lumotlar bazasini yaratish texnologiyasi.

1. Ma’lumotlar bazalari haqida tushunchalar. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining asosiy turlari. Ma’lumotlar bazalari va ularni yaratish
modellari.


Ma‘lumotlar bazasi. Hozirgi kunda inson faoliyatida ma‘lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma‘lumotlarni olish uchun albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma‘lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma‘lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda.
Ma‘lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugo’ngi kunda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma‘lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ma‘lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgo’nga qadar, ma‘lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma‘lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala ucho’ngina o‘rinli bo‘lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma‘lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit obyektlari haqidagi ma‘lumotlarga ishlov berishdan iborat.
Keng ma‘noda ma‘lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq obyektlari haqidagi ma‘lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma‘lum bir qismi tushuniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.
Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:

Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling