Mavzu: Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash texnologiyalari. Reja: 1


Ma‘lumotlar bazasi tuzulmasining asosiy elementlari


Download 152 Kb.
bet4/9
Sana03.12.2023
Hajmi152 Kb.
#1799138
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-mavzu (1)

Ma‘lumotlar bazasi tuzulmasining asosiy elementlari:
Maydon turi, masalan, son (числовой), simvol (символьный), sana/vaqt (дата/время), mantiqiy (логический).
Maydon uzunligi (o‘lchami), masalan, eng ko‘p simvollar sig‘imi;
Maydon aniqligi, (son tipidagi ma‘lumotlar uchun) masalan, sonning o‘nlik kasr qismini aks ettirish uchun o‘nlik raqamdan to‘rtta.
Yozuv –bu mantiqiy bog‘langan maydonlar to‘plami. Yozuv tuzilishi uchun uning tarkibiga kiruvchi maydonlar tarkibi va joylashish ketmaketligi bilan aniqlanib, ularni har biri ichida elementar yozuvlarning nusxasi deb ataladi. Yozuv obyektning biror bir elementi haqida to‘liq ma‘lumotni ifodalaydi.
Fayl (jadval) -bu bir xil tuzilmaga ega bo‘lgan yozuvning nusxalar to‘plamidir.


2. Relyatsion ma’lumotlar boshqarish tizimlari. Ma’lumotlar bazalari va ularni yaratish modellari.
Ma'lumotlar modeli va modellashtirish.
Model (lat. modulus - o'lchov, me'yor) ob'ekt, ob'ektlar majmuasi yoki biron jarayonni matematik munosabatlar, tekst, jadvallar yoki boshqa yo'l bilan formal ta'riflashdir. U, ob'ekt yoki ob'ektlar majmuasining obrazi yoki namunasidir. Masalan, Erning modeli globus, osmon va undagi yulduzlar modeli planetariy ekrani, odam suratini shu surat egasining modeli deyish mumkin.
Model o'rganilayotgan hodisa va jarayonni iloji boricha to'la aks ettirishi zarur. Modelning taqribiylik xarakteri turli ko'rinishda namoyon bo'lishi mumkin. Masalan, tajriba o'tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi, olinayotgan natijaning aniqligiga ta'sir etadi. Samolyotning ob-havo sharoitini hisobga olmay tuzilgan uchish jadvali, aeroflot ishining taqribiy modelini ifodalaydi va h-zo.
Modellashtirish - bilish ob'ektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamda tadqiq qilish, mavjud narsa va hodisalarning modellarini yasash va o'rganishdan iborat.
Modellashtirish uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy-tadqiqot jarayonini osonlashtiradi, ba'zi hollarda esa murakkab ob'ektlarni o'rganishning yagona vositasiga aylanadi. Modellashtirishning, ayniqsa, mavhum ob'ektlarni, olis-olislarda joylashgan ob'ektlarni, juda kichik hajmli ob'ektlarni o'rganishda ahamiyati kattadir. Modellashtirish uslubidan fizika, astranomiya, biologiya, iqtisod fanlarida ob'ektning ma'lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda foydalaniladi.
MBni yaratish bosqichlari. MBni yaratishda quyidagi bosqichlarni ajratib ko'rsatish mumkin:
1. Muammoning qo'yilishi. Ushbu bosqichda MBni yaratish uchun vazifa shakllantiriladi. Unda bazaning tarkibi, nima uchun ishlatilishi, yaratish maqsadi batafsil bayon etiladi. Shuningdek, ushbu MBda qanday turdagi ishlarni bajarish m o'ljallanayotganligi (tashlash, qo'shish, ma'lumotlarni o'zgartirish, hisobotni ekranda chiqarish yoki chop etish va h-zo) sanab o'tiladi.

Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling