Mavzu: Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash texnologiyalari. Reja: 1


Download 152 Kb.
bet9/9
Sana03.12.2023
Hajmi152 Kb.
#1799138
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-mavzu (1)

1. «Таблицы» (Jadvallar) - MO ning asosiy ob’ekti. Unda ma’lumotlar sakdanadi.
2. «Запросы» (So‘rovlar) - bu ob’ekt ma’lumotlarga ishlov berish, jumladan, ularni saralash, ajratish, birlashtirish, o‘zgartirish kabi vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan.
3. «Формы» (Shakllar) - bu ob’ekt ma’lumotlarni tartibli ravishda oson kiritish yoki kiritilganlarni ko‘rib chiqish imkonini beradi. SHakl tuzilishi bir qancha matnli maydonlar, tugmalardan iborat bo‘lishi mumkin.
4. «Отchёты» (Hisobotlar) - bu ob’ekt yordamida saralangan ma’lumotlar qulay va ko‘rgazmali ravishda qog‘ozga chop etiladi.
5. «Макросы» (Makroslar)-makrobuyruqlardan iborat ob’ekt. Murakkab va tez-tez murojaat qilinadigan amallarni bitga makrosga guruxlab, unga ajratilgan tugmacha belgilanadi va ana shu amallarni bajarish o‘rniga ushbu tugmacha bosiladi. Bunda amallar bajarish tezligi oshadi.
6. «Модули» (Modullar) - Microsoft Access dasturining imkoniyatini oshirish maqsadida ichki Visual Basic tilida yozilgan dasturlarni o‘z ichiga oluvchi ob’ekt.
Bundan tashqari, «Страницы» (Sahifalar) nomli alohida ob’ekt ham mavjud. Bu ob’ekt NTML kodida bajarilgan, Web - sahifada joylashtiriladigan va tarmoq orqali mijozga uzatiladigan alohida ob’ektdir.



MOning dastlabki oynasida yuqorida sanab o‘tilgan 6 ta asosiy ob’ektlarning ilovalaridan tashqari, yana 3 ta buyruq tugmachalari mavjud Bular: «Открыть» (Ochish), «Конструктор» (Tuzuvchi), «Создать» (Yaratish) tugmachalaridir.


«Открыть» (Ochish) tugmachasi tanlangan ob’ektni ochadi. «Конструктор» (Tuzuvchi) ham tanlangan ob’ektni ochadi, lekin u ob’ektning tuzilmasinigina ochib, uning mazmunini emas, balki tuzilishini to‘g‘rilash imkonini beradi. Agar ob’ekt jadval bo‘lsa, unga yangi maydonlar kiritish yoki mavjud maydonlarning xossalarini o‘zgartirish mumkin. «Создать» (Yaratish) tugmachasi yangi ob’ektlarni: jadvallar, so‘rovlar, shakllar va hisobotlarni yaratish uchun ishlatiladi.
MS Access dasturi ishga tushirganimizda quyidagi ko‘rinishdagi MS Access dasturining ishchi oynasi paydo bo‘ladi.
Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling