4-lekciya. Ma'lumotlar bazasining relyatsion modeli va munosabatlar Ma`lumotlarning modeli


Download 176.5 Kb.
bet1/6
Sana14.11.2023
Hajmi176.5 Kb.
#1772504
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
МБ 4-лекция узб


4-lekciya. Ma'lumotlar bazasining relyatsion modeli va munosabatlar


Ma`lumotlarning modeli — bu ma`lumotlar o`zaro bog`langan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to`plamidir. Modelning shaklli va unda foydalaniladigan ma`lumotlar tuzilishining turi (ma`lumotlar bazalarini boshqarish tizimida unga asos qilib olingan modelning yoki ma`lumotlarga ishlov berish amaliy dasturi yaratiladigan) dasturlash tizimi tilida foydalangan ma`lumotlarni tashkil etish va ishlov berish kontseptsiyasini aks ettiradi.
Ma`lumki, ma`lumotlarning talqini bilan birga ular orasidagi munosabatlarni tasvirlash imkoniyatlari ham ta`minlanishi zarur. Ma`lumotlarni berilgan talablarga mos tarzda talqin etilishning intellektual vositalariga ma`lumotlar modeli deyiladi. Ma`lumotlar modeli – bu ma`lumotlarni abstraktlash vositasidir. U ma`lumotlarning muayyan qiymatlarini emas, balki ularning axborot mazmunini tasvirlash imkonini beradi. Boshqacha aytganda, ma`lumotlar modeli o`rmonni alohida olingan daraxtlar tarzida emas, balki yaxlit o`rmon tarzida tasvirlash imkoniyatini taqdim etuvchi vositadir.
Mavjud modellar tashqi dunyoning turli qirralarini tasvirlashga mo`ljallangan. Fizik modellar fizik xususiyatlarni o`rganish, matematik modellar matematik ifoda va formulalar yordamida ifodalash, iqtisodiy modellar iqtisodiyot an`analarini tasvirlash va uning taraqqiyotini bashorat qilish imkonini beradi. Ma`lumotlar modellari esa ma`lumotlarning xususiy semantikasini tasvirlash imkonini beradi hamda bizni tashqi dunyo haqidagi o`ziga xos bilimlar bilan qurollantirishga xizmat qiladi.
Ma`lumot modelini rivojlanish kontseptsiyasi 5 ta bosqichni ko`rsatishi mumkin:

  1. 60- yillarning 2 – yarmida, bunda asosan ierarxik modellarga e`tibor berilgan;

  2. 70- yillarning 1 – yarmi, tarmoqli modellar;

  3. 70- yillarning 2 – yarmi, relyatsion modellar;

  4. 80- yillarning 1 – yarmi, semantik modellar;

  5. 80- yillarning 2 – yarmi, ob`ektga mo`ljallangan tizim.

Download 176.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling