Mavzu: Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash texnologiyalari. Reja: 1


Download 152 Kb.
bet5/9
Sana03.12.2023
Hajmi152 Kb.
#1799138
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-mavzu (1)

2. Obyektning tahlili. Ushbu bosqichda MB qanday ob'ektlardan tuzilishi mumkinligi va ularning xususiyatlari, ya'ni ob'ekt qanday parametrlar bilan aniqlanishi ko'rib chiqiladi. Barcha ma'lumotlarni alohida yozuvlar yoki jadvallar ko'rinishida tasvirlash mumkin. Shundan so'ng, har bir alohida yozuv birligining turi (matnli, sonli va h-zo) aniqlanadi.
3. Model sintezi. Ushbu bosqichda yuqoridagi tahlil asosida MB modeli tanlanadi (Relyatsion, iyerarxik, tarmoqli va h-zo). Modelning yaratilayotgan MB talablariga javob berishligi, qo'yilgan masalani echish imkoniyatiga ega bo'lishligi singari xususiyatlari ko'rib chiqiladi.
4. MB jadvallarining tuzilmasini yaratish. (Hozirgi kunda relyatsion model eng ko'p ishlatilayotganligi bois MB tuzilmasini yaratishni jadval nuqtai nazaridan ko'rib chiqamiz). Tanlangan modelga muvofiq MB sxemasi, jadvallar, jadval maydonlari,


Ma'lumotlarning relyatsion modellari
Iyerarxik va tarmoqli modellaming kamchiliklarini bartaraf etish ustida izlanishlar olib borildi. Natijada, 1970 yil IBM firmasining xodimi E.F. Kodd tomonidan munosabatlaming jn atem atik nazariyasi asosida relyatsion model g'oyasi ishlab chiqildi va u hozirgi paytda eng ko'p tarqalgan model hisoblanadi.
Relyatsion (lotin tilidagi relatio-munosabat so'zidan olingan) modelda ma'lumotlarni saqlash, uni tashkil etuvchi qismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. Ma'lumotlarning jadval ko'rinishida berilishi ma'lumotlarning relyatsion modeli deyiladi.
Relyatsion modelli MBdagi malumotlar oddiy ikki o'lchovli jadvallarda saqlanadi va jadvallar o'zaro bir-biri bilan bog'lanadi. Ular orasidagi o'rnatilgan bog'liqlik qayta ishlash samaradorligini oshiradi hamda bir xil ma'lumotlarning takrorlanishini kamaytiradi. Jadvallarda ustunlar maydonlar yoki atributlar, satrlar yozuvlar deb ataladi. Atributlar MB ning tuzilmasini, yozuvlar esa, unda joylashgan ma'lumotlarni tashkil etadi.
Rеlyatsion modеl jadvalli usul asosida tashkil qilinadi. Bunda tеgishli ma`lumotlar jadvalning ustun va qatorlarida joylashadi. Ustunlar ma`lumotning maydonlarini, qarorlar esa yozuvlarni ifodalaydi.



Bir ustunda ma`lum sohaga tеgishli bo`lgan bir qancha ma`lumotlar joylashadi. Qatorda esa ustunlarda joylashgan ma`lumotlar ko`rsatiladi. Ustun va qator o`rtasidagi bog`lanish munosabat dеb ataladi. Har bir ustun, qator va munosabat o`z nomiga ega bo`ladi.

Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling