Obyektning tahlili


Download 66.57 Kb.
bet1/4
Sana20.12.2022
Hajmi66.57 Kb.
#1036601
  1   2   3   4
Bog'liq
BBBT Kutubxona(1)



Obyektning tahlili

Berilganlar bazasi modellashtirish uchun vazifa sifatida:” Kutubxona ” sohasini tahlil qilishdan boshlasak. Biz , “Kutubxona” soha sifatida Respublikamiz hududidagi Kutubxonalardan birini olishimiz mumkin. Chunki, yaratilgan modelimizni yurtimiz bo’ylab tatbiq qilsak bo`ladi. Biz :” Kutubxona ” misolida o`quv loyihamizning “mohiyat – aloqa” modelini yaratamiz. Ushbu modelimizda barcha Kitoblar ro’yxati , kitob turi,Obuna, Arxiv, Blok xaqidagi barcha ma’lumotlar aniq bayon qilingan.


Ana shu to`liq ma`lumotlarni tahlil qilish asosida, biz modelimizdagi asosiy omillarni turlicha nisbiy yondashuv asosida ajratib olamiz:
Birinchi nisbiy yondashuv. Biz “ kitob turi” asosiy omil sifatida olsak , “kitob turi” kesimida model qurishimiz kerak bo`ladi. Bu albatta eng qulay, lekin bazaning soni birmuncha ko`p bo`ladi. Ushbu omil asosida yaratilgan modelimizning ustinligi , har bir kitobning Kitob raqami faqatgina o`zining obyekti ustidagi amallarni bajarish imkoniyatiga ega bo`ladi. Biror Kitob raqami umumiy natijalarni boshqa Kitob raqami ko`ra olmaydi, va tahlil qila olmaydi.Ushbu yondashuv ko`p miqdordagi yetkazish sohasida anchagina qulayliklarga olib keladi.
Ikkinchi nisbiy yondashuv. Kitoblar ro`yxati mohiyatini asosiy omil sifatida kitob turi mohiyatimiz yordamchi mexanizm sifatida ishtirok etadi.Bu yondashuv Kitoblar ro`yxatini hammasini yagona markaziy tuzilmaga jamlash va qolgan tuzilmalarni yordamchilar sifatida qarash mumkin.
Kutubxona tizimi loyixasini modellashtirish uchun , biz ikkinchi nisbiy yondashuvni tanlagan holda , unga yuqoridagi tahlil natijasida kirishi kerak bo`lgan ma`lumotlarning ham bazasiga kiritmaymiz. Lekin bu torroq doiradagi “mohiyat –aloqa” modeli uni yaratish jarayoniga aslo ta`sir ko`rsatmaydi.


Mohiyatlar

“Mohoyat – aloqa” modelini qurishni nomzod mohiyatlarni aniqlashdan boshlash kerak. Hujjatlarda yoki suhbatlarda mohiyatlar odatda ot sifatida taqdim etiladi , ya`ni joy, insonlar, voqealar, asbob-uskunalar va h.k.


Yuqoridagi ma`lumotlarni berilgan modeliga nisbatan , eng muhum so`z yoki ifoda nuqtayi nazardan tahlil qilish natijasida, biz Kutubxona tizimi loyihamizda ishtirok etadigan quyidagi mohiyatlar ro`yxatini taqdim etamiz:

  • Kitob ro’yxati

  • Kitob turi

  • Obuna

  • Arxiv

  • Blok

Berilganlarni modellashtirish jarayonida fan qancha miqdorni tashkil qilsa , san`at ham shuncha miqdorni tashkil etadi. Shuning uchun biz qabul qilgan qarorimiz , ana shunday yechimlardan birini tashkil etadi xalos. Muqobil variantalar orasidan to`g`risini tanlash uchun qo`yilgan talablarga javob beruvchisini hamda berilganlar tizimining tuzilishiga qanday ta`sir ko`rsatishini aniqlash zarur. Ba`zida mohiyatlarni atributlarni ko`rib chiqish juda foydali. Masalan, agarda mohiyatlarda uni aniqlovchi atributdan tashqari hech qanday atribut ishtirok etmasa , bunday mohiyatlardan voz kechish zarur. Shu nuqtai nazardan hosil qilingan har bir mohiyatimizni ko`rib chiqamiz . * - bilan belgilangan so`zlar kalitli maydon hisoblanadi



Download 66.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling