Bipolyar tranzistorlar


Download 64.74 Kb.
bet1/3
Sana21.11.2023
Hajmi64.74 Kb.
#1792033
  1   2   3
Bog'liq
Bipolyar tranzistorlar 173-22 guruh Xushboqov G`ayrat

Bipolyar tranzistorlar

Reja:

1. Bipolyar tranzistor ish rejimlarini elektrodlar toklariga ta`siri;

2. Bipolyar tranzistorning elektr modellari;

3. Bipolyar tranzistorning statik xarakteristikalari.

. Bipolyar tranzistor ish rejimlarini elektrodlar toklariga tasiri. Kollektor va emitter toklarining o‘zaro bog'lanishi baza orqali amalga oshadi. Dreyfsiz ВТ bazasida turli rejimlarda zaryad tashuvchilar konsentratsiyasining taqsimlanishi 4.6-rasmda ko'rsatilgan. Bazaning chap tomoni EO‘dan boshlanib X=0, o‘ng tomoni K 0 ‘ bilan chegaralanadi X=LB. Aktiv rejimda emitterdan asosiy zaryad tashuvchilar bazaga injeksiyalangani sababli, bazaning chap tomon chegarasida, EO‘ga yaqin sohada, konsentratsiyasi n0ni tashkil etuvchi nomuvozanat elektronlar paydo bo‘ladi.

Zaryad tashuvchilarning bazada taqsimlanishini bilish p-n o‘tishlarga berilgan kuchlanishlarning tranzistor elektrodlaridagi toklar qiymatiga ta’sirini grafik ravishda yaqqol ko'rsatish imkonini beradi. Yuqorida keltirilgan zaryad tashuvchilar taqsimlanishi o‘tishlarga berilgan kuchlanishlar ta'sirida baza sohasi kengligining o‘zgarishlarini e’tiborga olmagan holda ko‘rib chiqildi. Real BTlarda p-n o‘tishlarga berilgan kuchlanishlar ta’sirida p-n o‘tish kengligi o‘zgaradi, bu o‘z navbatida baza sohasi kengligi Lg ning o‘zgarishiga olib keladi. Agar p-n o‘tishlar kengaysa, baza torayadi va aksincha bo‘ladi. Ushbu hodisa Erli ejfekti yoki baza kengligi modulatsiyasi deb ataladi. Erli effekti qanday natijalarga olib kelishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

Aktiv rejimda KO‘dagi teskari kuchlanish qiymati UKB ortgan sayin baza kengligi LB kichiklashadi. Bu o‘z navbatida bazaga injeksiyalangan elektronlar konsentratsiyasi gradiyentini oshiradi, natijada emitter toki ortadi. Baza kengligi kamayishi bilan, emitter tokining rekombinatsiya hisobiga yo‘qolishi kamayib, tashish koeffitsienti a r qiymati ortadi. To‘yinish rejimida emitter va kollektordan bazaga elektronlar injeksiyalanadi. Natijada UK ortishi bilan EO‘ning elektronlar toki keskin kamayadi. Em itter samaradorligi ham keskin kamayib, UK = UE bo‘lganda y = 0 bo'ladi. Berk rejimda y = 0. Invers rejimda p-n o ‘tishlar vazifalari almashadi — K 0 ‘ boshqaruvchi bo‘lib, EO‘ boshqariluvchi bo‘lib qoladi.


Download 64.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling