Bipolyar tranzistorlar


Bipolyar tranzistorning elektr modellari


Download 64.74 Kb.
bet2/3
Sana21.11.2023
Hajmi64.74 Kb.
#1792033
1   2   3
Bog'liq
Bipolyar tranzistorlar 173-22 guruh Xushboqov G`ayrat

Bipolyar tranzistorning elektr modellari Umumiy m a’lumotlar. Modellashning asosiy vazifasi BT elektr xarakteristikalari bilan fizik parametrlari orasidagi bog'lanishni aniqlashdan iborat. Buning uchun BT elektr model ko‘rinishida keltiriladi. Uning modeli ba’zan ekvivalent sxema yoki almashlash sxemasi deb ham ataladi. Elektr modelda BT oddiy elementlar (diod, tok manbayi, rezistor va kondensatorlar) yoki to‘rt qutbli bilan almashtiriladi. Tranzistor modellari elektron sxemalar param etrlari va xarakteristikalarini hisoblashda va eng muhimi, integral sxemalarni ishlab chiqarishda, murakkab sxemani sodda va aniq modellar asosida tahlil qilish zarur bo‘lganda ishlatiladi.

Ba’zi modellar tranzistorning statik rejimi uchun, boshqalari esa — dinamik rejimi uchun ishlab chiqilgan. BT elektrodlaridagi kuchlanishlar vaqt bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lgan rejim s atik rejim deyiladi. Bu vaqtda rejimning barcha parametrlari vaqt davomida o‘zgarmas qoladi. Tranzistor ishlaganda, uning elektrodlari zanjirlariga o‘zgarmas kuchlanish manbalaridan tashqari, kuchaytirilishi yoki o‘zgartirilishi zarur bo‘lgan signal manbayi ham ulanadi. Signal berilganda tranzistor elektrodlaridan birida kuchlanish (tok) vaqt davomida o‘zgaruvchan bo‘lib, tranzistor dinamik rejim holatida bo'ladi.

Umumiy holda, tok va kuchlanishlarning o‘zgaruvchan tashkil etuvchilari orasidagi bog‘lanish bilan ularning o‘zgarmas tashkil etuvchilari orasidagi bog‘lanish bir-biridan farq qiladi. Buning ikkita sababi bor. Birinchidan, tranzistor p-n o‘tishlarining barer sig‘imlari mavjud, kollektor va baza sohalari sezilarli hajmiy qarshilikka ega. Shular hisobiga p-n o'tishlardagi kuchlanishlar tranzistor elektrodlaridagi kuchlanishlar bilan sinfaz o‘zgarmaydilar va amplitudasi bo‘yicha elektrodlardagi kuchlanishlarga nisbatan doim kichik qiymatga ega bo‘ladi. Kuchlanishlar qiymatidagi farq signal chastotasi ortishi bilan ortadi. Ikkinchidan, zaryad tashuvchilaming baza orqali o‘tishi, ya’ni E 0 ‘ diffuziya sig‘imining qayta zaryadlanishi inersion jarayondir.


Download 64.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling