1-mavzu: Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo’llari Reja


Forumlarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud


Download 383.5 Kb.
bet33/35
Sana28.12.2022
Hajmi383.5 Kb.
#1020834
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
1 MAVZU Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini

Forumlarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:

  • umumqatnashchilar ishtiroki – barcha tipdagi qatnashchilar uchun ochiq forumlar;

  • maqsadli – maqsadli auditori ishtirokchilari uchungina mo‘ljallangan;

  • u holda ularning o‘zlarigina materialni o‘qishi, axborot yo‘llashi mumkin. Bunday forumlarda parol orqali ishtirok etiladi;

  • moderlashtirilgan – bunda barcha tipdagi qatnashchilar ishtirok etadilar. Forum qatnashchilari axborotni o‘qishlari va xabar yuborishlari mumkin. Forum xabarlari moderatorning ruxsati bilan nashr etilishi mumkin. Forumda ishtirok etuvchilar moderator va uning ishtirokchilaridir.

Moderator kim?
Moderator – forumning tashkilotchilik, ya’ni administratorlik huquqiga ega shaxs – u ma’lum tajribaga ega, muhokama etilayotgan mavzu mazmunini chuqur, puxta o‘zlashtirib olgan shaxs. Auditoriyada forum qatnashchilari ayrim tajribalarga ega bo‘lishi, ularni qiziqish, xohishlari hisobga olinishi kerak.
Moderator forumni boshqaradi, konsultatsiyalar beradi, savollarga javob beradi, (zarur paytlarda ishtirokchilar javobini zarur g‘oyalarda tuzatadi, qo‘shimcha materiallar taqdim etadi, ya’ni forum ishini to‘g‘ri va maqsad sari boshlaydi.
Moderator forumda faol ishtirok etish, muloqot qilish muhitini yaratadi. Bunday faoliyatni olib borish uchun moderator o‘z bilimini va malakasini doim oshirib borishi zarur.
Moderatorlik rolini rahbar xodimlar, administratorlar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, talabalar va Internetdan foydalana oladigan boshqa shaxslar olib borishi mumkin.
Forum qatnashchilari – qatnashchi – bu shunday shaxski, ma’lum mavzu bo‘yicha o‘z bilimini oshirishi yoki egallagan bilimini berishi mumkin. Muhit interfaol, individual holda ketgani sababli o‘quv predmetini chuqur, o‘z ehtiyojiga mos o‘zlashtirishi mumkin.
O‘quv materialining ochiqligi, qulayligi, ko‘rsatma-ko‘rgazmaliligi, olayotgan bilimini mustahkam egallaydi. O‘ziga ishonch hissi ortadi va uning tinglovchidan faol ishtirokchiga aylanishiga sharoit yaratiladi. O‘quv-bilish jarayoniga, o‘quv mehnatiga shaxsiy ma’suliyati ortadi. Forum ishtirokchilari administratsiya, ya’ni ma’muriyat, o‘qituvchi, o‘quvchilar, talabalar va boshqa Internet ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.
Forumda ro‘yxatdan o‘tgan, hatto o‘tmaganlar ham qatnashishi mumkin.

Download 383.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling