1-mavzu. “Gistologiya va embriologiya” faniga kirish. Epiteliy to‘qimasi tuzilishi


Download 12.91 Kb.
Sana07.06.2020
Hajmi12.91 Kb.
#115861
Bog'liq
Gistologita va embrologiya


1-mavzu. “Gistologiya va embriologiya” faniga kirish. Epiteliy to‘qimasi tuzilishi.

“Gistologiya va embriologiya” fani uni biologiya fanlari tizimida tutgan o‘rni va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi. Fanning maqsad va vazifalari. Fanning asosiy bo‘limlari va tarmoqlari.Gistologiya fanining rivojlanish tarixi. Gistologiya fanida qo‘llaniladigan o‘rganadigan usullar. Qoplovchi to‘qima haqida ma’lumot.To‘qima klassifikatsiyasi, mikrostrukturasi. Epiteliy hujayrasining fiziologik xususiyati. Bir qavatli va bir qatorli hujayralardan tashkil topgan epiteliy . Bezli epiteliy. Bezlarning klassifikatsiyasi.Tashqi sekretsiya bezlarining kanalchalari. Ichki sekretsiya bezlari. Sekretsiya tiplari.



2-mavzu Ichki muhit to‘qimalari.

Qon va limfa. Qon plazmasi va shaklli elementlari. Qon zardobi. Har bir shaklli elementlar vazifalari. Qon zardobi kimyoviy tarkibi. Leykotsitlar xillari. Qonni shaklli elementlar va zardobi tarkibiy tuzilishlari va vazifalari.



3-mavzu Biriktiruvchi to‘qima.

Siyrak biriktiruvchi to‘qima oraliq moddasi va hujayralari. Kollagen elastik va retikulyar tolachalar.Biriktiruvchi to‘qimalarning asosiy o‘ziga xos xususiyatlari. Siyrak biriktiruvchi to‘qima hujayralar elementlari. Zich biriktiruvchi to‘qimalar. Maxsus xususiyatga ega biriktiruvchi to‘qima.



4-mavzu.Tog‘ay to‘qimalari.

Tog‘ay to‘qimalari. Gialin. Elastik va tolador tog‘aylar.Tog‘ay hujayralari va oraliq moddasi. Tog‘ay to‘qimasining tarkibiy qismlari. Xondrogenez.



5-mavzu. Suyak to‘qimalari.

Suyak to‘qimasi va tarkibiy tuzilishi. Osteoblast, osteotsit va osteoklast hujayralari. Suyak to‘qimasi tiplari. Osteogenez. Suyak to‘qimasining organizmdagi vazifalari ahamiyati.



6-mavzu. Muskul to‘qimasi.

Muskul to‘qimasining hujayralari. Muskul to‘qimaning mikroskopik tuzilishi va turlari. Muskullarning morfologik tuzilishi va fiziologik xususiyatlari. Muskullar, morfologik va fiziologik xususiyatlarga qarab xillari: skelet muskullari, silliq muskullar, yurak muskullari.



7-mavzu. Asab to‘qimasi.

Nerv to‘qimasi, tarkibi va xususiyatlari. Asab xujayralari va xillari. Nerv uchlari va xillari. Asab to‘qimasi hujayralari. Akson va dendritlar. Nerv hujayralari o‘simtalarining xillari. Nerv hujayralari sitoplazmasining tarkibiy qismlari. Nerv sistemasining tolalari. Neyrologiya turlari va hujayralari.



8-mavzu. Embriologiya faniga kirish.

Individual rivojlanish biologiyasining asosiy bosqichlari. Preformizm va Epigenez nazariyalari. Evolyutsion embriologiya. Eksperimental embriologiya. Embriologiya tadqiqot usullari. Embriologiya fani yutuqlarini – tibbiyot, biotexnologiya, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, baliqchilik va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida qo‘llash, shuningdek ushbu sohalardagi ayrim dolzarb masalalarni samarali hal etishdagi ahamiyati.



9-mavzu. Ontogenez. Organizmlarning ko‘payishi.

Ontogenez tasnifi. Ontogenez turlari va bosqichlari. Umurtqali va umurtqasiz hayvonlar ontogenezi. To‘liq va chala (metamorfozli) rivojlanish. Odam rivojlanish davrlari.

Jinssiz ko‘payish turlari. Somatik embriogenez va uning xususiyatlari. Regeneratsiya xillari (fiziologik, reperativ). Partenogenetik rivojlanish – jinssiz va jinsiy ko‘payishning oraliq shakli. Partenogenezning sun’iy va tabiiy xillari.

10-mavzu. Gametogenez.

Jinsiy va somatik hujayralar. Ularning o‘xshashligi va farqlari. Ontogenezda birlamchi jinsiy hujayralarning kelib chiqishi. Birlamchi gomotsitlar migratsiyasi. Urug‘ va tuxum hujayralarining xilma-xilligi.

Urug‘ hujayra – spermatozoidning tuzilishi: bosh bo‘yin, o‘rta qism, dum. Spermatozoidlarning rivojlanishi va yetilishi. Spermatogenez bosqichlari. Spermatogenez regulyatsiyasi.

Tuxum hujayraning xususiyatlari. Tuxum hujayralarining klassifikatsiyasi. Tuxum hujayraning qobiqlari, ularni shakllanishi (birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi). Qobiqlarning funksional ahamiyati. Ovulyatsiya. Sariq tananing tuzilishi. Follikulaning rivojlanish bosqichlari (follikulogenez). Ovogenez bosqichlari.



11-mavzu. Urug‘lanish.

Urchish va urug‘lanishga ta’sir qiluvchi omillar. Ichki va tashqi urug‘lanish. Urug‘lanish bosqichlari. Ichki urug‘lanishda spermatozoidning otalantirish joyiga o‘tish mexanizmi. Qo‘shilish davrida spermatozoid va tuxum hujayralarning o‘zaro munosabati va morfologik o‘zgarishlari. Singamiya jarayoni. Mono va polispermiya. Urug‘lanish turlari. Partenogenez. Sun’iy urug‘lanish va EKO usuli. Urug‘lanish ahamiyati.



12-mavzu. Implantatsiya. Maydalanish.

Zigota hosil bo‘lishi. Implantatsiya – ona organizmi bilan homila o‘rtasidagi munosabatlarining murakkab va o‘ziga xos usulidir. Turli hayvonlarda implantatsiya tiplari (sentri, ekssentrik, interssial). Implantatsiya jarayonini nerv-gumoral boshqarilishi. Ektopik implantatsiya. Implantatsiya buzilishi va ahamiyati, ta’sir etuvchi omillar.

Maydalanish jarayoni xususiyati. Maydalanish turlari. Blastula turlari. Poliembrioniya.

13-mavzu. Gastrulatsiya. Organogenez.

Embrion varaqlarining hosil bo‘lishi to‘g‘risidagi (E.Gekkelning gastreya, I.I.Mechnikovning fagotsitella va boshqalar) nazariyalari. Gastrulatsiya tiplari. Mezoderma shakllanishi va selom hosil bo‘lishi. Prezumptiv xarita. Determinatsiya. Embrional induksiya. Ekto-, ento- va mezoderma xosilalari va differensiatsiyasi.



14-mavzu. Provizor a’zolar shakllanishi. Odam embrional rivojlanishi.

Sut emizuvchilar rivojlanishida trofoblast va xarionning paydo bo‘lishi. Yo‘ldosh shakllanishida dastlabki a’zolarning ishtiroki. Turli hayvonlarda yo‘ldoshning tuzilishi. Embrion rivojlanishida har bir dastlabki (provizor) a’zolarning roli. Homiladorlik davrida ona organizmida yuz beradigan fiziologik jarayonlar. Rivojlanishning havfli bosqichlari.
Download 12.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling