1-Mavzu Haqiqiy sonning moduli va uning xossalar
-Mavzu Cheksiz kata ketma-ketliklar, ularning cheksiz kichik ketma-ketliklar bilan aloqasi
Download 1.08 Mb.
|
Matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aylana va aylana uzunligi Ta’rif
- Ta’rif
3-Mavzu Cheksiz kata ketma-ketliklar, ularning cheksiz kichik ketma-ketliklar bilan aloqasi
4-Mavzu. Ketma-ketliklarning aylana uzunligi va doira yuzini hisoblashga tadbiqlari Aylana uzunligi va doira yuzi Aylana deb tekislikda bir nuqtadan bir xil uzoqlikda joylashgan nuqtalar to'plamiga aytiladi. Har qanday aylanani uzunligini uning diametriga nisbati o'zgarmas son bo'lib π harfi bilan belgilanadi. Ya'ni C:d=π. Bu yerda C-aylana uzunligi, d-aylana diametri, π-irratsional son bo'lib, taqriban π≈3,14 ga teng. Shunday qilib aylana uzunligi: C=πd formula bilan hisoblanadi. Agar d=2r desak,( bu yerda r-aylana radiusi.) C=2πr formulaga ega bo'lamiz. Doira deb tekislikning aylana bilan chegaralangan qismiga aytiladi. Doira yuzi: S=πr2 formula bilan hisoblanadi. Aylana va aylana uzunligi Ta’rif: Tekislikda har bir nuqtasi markaz deb ataluvchi bir nuqtadan teng uzoqlikda turgan yopiq chiziq aylana deb ataladi. Aylananing ixtiyoriy nuqtasini uning markazi bilan tutashtiruvchi kesma aylana radiusi deyiladi. Aylana radiusi odatda r yoki R bilan belgilanadi. Ikki radius orasidagi burchak markaziy burchak deyiladi. Aylananing barcha nuqtalarida bir xil masofadagi nuqta aylana markazi deb ataladi va ko`pincha O harfi bilan belgilanadi. Aylananing ixtiyoriy ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma aylana vatari deyiladi. Aylana markazidan o`tuvchi vatar aylana diametri deyiladi. Diametr odatda D harfi bilan belgilanadi. Aylananing markazi barcha diametrlarning o`rtasidir. Diametr ikki radiusga teng va aylanani teng ikkiga bo`ladi. Ta’rif: Aylana bilan birgina umumiy nuqtaga ega bo`lgan to`g`ri chiziq urinma deyiladi va umumiy nuqta urinish nuqta deyiladi. T e o r e m a. Aylananing urinish nuqtasiga tegishli radius urinmaga perpendikulyardir. Umumiy nuqtaga ega bo`lgan ikkita aylana shu umumiy nuqtada umumiy urinmaga ega bo`lsa, ular bu nuqtada urinadi deyiladi. Agar aylanalarning markazlari ularning umumiy urinmasidan bir tomonda yotsa, urinish ichki urinish deyiladi (a). Agar aylanalarning markazlari ularning umumiy urinmasidan turli tomonda yotsa, urinish tashqi urinish deyiladi (b). b) Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling