1-mavzu: Harakatlarga o`rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari. Reja - O‘rgatish bosqichlarining asosiy yo‘nalishi va xususiyati.
- Dastlabki o’rgatish bosqichi.
- Chuqurlashtirib o`rgatish bosqichi
O‘rgatish jismoniy tarbiya jarayonining bir tomoni ekanligi - Jismoniy tarbiya jarayonida o‘rgatishning asosiy xususiyati - bu o‘rgatishning harakat malakalari va maxsus bilimlarni egallashga qaratilganidir. O‘rgatish shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ta’lim-tarbiya amaliyotining har qanday sohasida bo‘lganidek, jismoniy tarbiya jarayonida ham o‘qitish o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi ijodiy faoliyatlaridan tashkil topadi va bunda, albatta, o‘qituvchi yetakchi rol o‘ynaydi.
- Harakatlarga o‘rgatish umumiy o‘qitish tamoyillariga asoslanadi, bu tamoyillar jismoniy tarbiya sohasida o‘z maxsus ifodasini topadi. Bu maxsuslik harakat ko‘nikmalari va malakalarini hosil qilish qonuniyatlaridan kelib chiqadi.
Harakatlarga o‘rgatishning o‘ziga xos xususiyatlari - O‘quvchiga bilim berishda jismoniy tarbiya ta’limi muhim o‘rinni egallaydi. Bu jarayonda harakat faoliyatini yoki uning ma’lum bo‘lagini bajarishga o‘rgatiladi, jarayon mashq qilish-takrorlash orqali amalga oshiriladi va shug‘ullanuvchida shu harakat haqida nazariy bilimning shakllanishiga, jismoniy sifatlarni rivojlantirish-tarbiyalashga olib keladi. Demak, jismoniy tarbiya jarayonida ta’lim maxsus bilimlarni va harakatni bajara olishni o‘zlashtirish va uni o‘quvchiga, shug‘ullanuvchiga uzatishning uyushtirilishini yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.
- O‘qitish amaliyotida “harakat faoliyati ta’limi”, “harakatga o‘rgatish”, “harakat malakasi”, “harakat ko‘nikmasi”, “nazariy bilim” kabi atamalardan foydalaniladi hamda yuqorida qayd qilinganidek jismoniy ma’lumot berish maqsadi amalga oshiriladi.
- Harakat faoliyatini (yoki jismoniy mashqni) o‘rgatish nisbatan qisqa pedagogik vazifadir. Harakat faoliyatini o‘rgatish atamasi harakat faoliyati aniq bo‘lib, uning nazariy bilimi ham berilganda qo‘llaniladi. Harakat faoliyatini o‘qitishda harakat malakasi shakllanadi, ko‘nikma vujudga keladi, bir vaqtning o‘zida muvofiq jismoniy harakat sifatlari: kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, mushaklar egiluvchanligi va bo‘g‘imlar harakatchanligi rivojlanadi. SHu sababli pedagogik jarayonda e’tibor bir narsaga – ta’limga, ya’ni malakani shakllantirishga yoki harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |